A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Nazorat savollari: 
1. Polivinilxlorid nima? 
2. Plastmassa materiallaridan tayyorlanadigan buyumlar 
3. Etak taxta (plintus)lar
4. Plintuslar tayyorlanadigan materiallar 
14-MAVZU. DETALLARDA UCHRAYDIGAN ASOSIY 
NUQSONLARNI ANIQLASH VA UNGA ISHLOV BERISH 
TEXNOLOGIYASI 
 
Tayanch so’zlar: detall nuqsonlari, yeyilish, xossalar, 
birikmalar, rezbali birikmalar. 
14.1. Detallarda uchraydigan asosiy nuqsonlarni aniqlash va unga 
ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqish 
 
Ajraladigan, ajralmaydigan va podshipnikli birikmalarni 
ta`mirlash 
Ajraladigan birikmalarni ta`mirlash. Rezbali birikmalar keng 
tarqalgan ajraladigan birikmalardan bo`lib, bunda bolt teshikka tirqish 
bilan kiritiladi va birikma mustahkamligi gaykani qotirish bilan 
ta`minlanadi. Bunday holda gayka tortilayotganda va ishlatish vaqtida 
markazlashtirish buzilishi mumkin. 
Rez`bali birikmalarda quyidagi nuqsonlar uchraydi: 
- tebranish yoki ajratish – yig’ish natijasida rezba yeyiladi; 
- ish yuklamasi yoki kuchli tortish natijasida rezba eziladi
- bo`ylama ish yuklamasi yoki tortish kuchi ta`sirida rez’ba qadami 
o`zgarib, bolt sterjeni uzayadi; 
- katta o`lchamli kalit ishlatish natijasida bolt kallagi yeyiladi; 
- oddiy shayba yeyiladi, purjinali shaybalar ezilib sinadi. 
Bolt, vint, shpilka, gayka, shaybalar sezilarli yeyilganda 
yangisiga almashtiriladi. Yirik detallarni vint, shpilka yordamida 
biriktirganda, masalan, elektrodvigatelni separator staninasiga 
o`rnatishda, faqat teshik qayta tiklanib, shpilka va vintlar yangisiga 
almashtiriladi. Ichki rezbali kichik teshiklar qayta tiklanganda, 
teshik DSt bo`yicha keyingi katta o`lchamga moslashtirilib, qayta 
teshiladi va yangi rezba chiqariladi. 


125 
Rezbali birikmalarda detallar o`zaro zichroq yopishishi uchun 
ular orasiga ip-gazlama, karton yoki qog’oz zichlagichlar surik 
bo`ktirib qo`yiladi. Detallarni biriktirganda odatda bolt kallaklari bir 
tomonda, rezbali qismi ikkinchi tomonda bo`lishi lozim. So`ngra 
gaykalar engil tortilib, detallar holati tekshirilib, gaykalar mahkam 
tortiladi. Gaykalar ochilib ketmasligi uchun kontrgayka, maxsus 
shayba, tojli gaykalar va shplintlar ishlatiladi. 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling