A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev


Download 4.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/189
Sana16.11.2023
Hajmi4.62 Mb.
#1777782
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

Nazorat savollari: 
1. Kerak materiallarni tasniflab bering? 
2. Elektrotexnika tushunchasi. 
3. Elektr montajda ishlatiladigan xomashyo va uskunalar. 
13-MAVZU. PLASTMASSADAN YASALGAN DETAL VA 
POLIMER ASOSLI BUYUMLARGA ISHLOV BERISH 
Tayanch so’zlar: polivinilxlorid, plintus, plastmassa, rezina, 
ishlov berish, jarayonlar.
13.1. Polivinilxlorid tutqichlar va plintuslarga ishlov berish 
Polivinilxlorid (PVX, vestolit, xostalit, vinnol, korvik, solvik, 
sikron, jeon, nippeon, lukovil, xelvik, norvik va boshqalar)


121 
vinilxloridning chiziqli termoplastik polimeri, [SN2-SNS1]Plastmassa 
Oq rangli plastik, mol. m. (10—150)103; zichligi 1350–1450 kg/m
3

100° dan yuqorida parchalanib, HCI ajratib chikaradi; choʻzilishga 
chidamlilik chegarasi 600 kg/sm
2
; egilishga chidamlilik chegarasi 
1200 kg/sm
2
; qattiqligi 9,6 kg/mm
2
issiqqa chidamliligi 70°, fiziologik 
zararsiz. Dixloretan, siklogeksanon, xlor- va nitrobenzolda eriydi
benzol, atsetonda oz eriydi, suv, spirt va uglevodorodlarda erimaydi; 
nam, kislota, ishkrr, tuzlar eritmasi, sanoat gazlari, benzin, kerosin, 
yog va spirtlar taʼsiriga chidamli. Vinil-xlorid SN2=SNS1ning 
yoruglik, issiqlik va turli initsiatorlar taʼsirida polimerlanishi 
natijasida hosil boʻladi. Polimerlanish zanjirli mexanizm boʻyicha 
amalga oshiriladi; avtolavkalarda 40—50° va 4,5 at. bosim ostida suv 
emulsiyali usul asosida oʻtkaziladi. 
Plastmassadan 3000 dan koʻproq mahsulot va material ishlab 
chiqariladi. Plastmassaga 10 % plastifikator qoʻshilsa, fizik-mexanik 
xossalari yuqori, —10° gacha muzlashga chidamli material (viniplast) 
hosil boʻladi. Plastmassa tarkibiga 40 % gacha plastifikator qoʻshib, 
—50 % gacha chidamli elastik material (plastikat) olish mumkin. 
Plastmassa elektrotexnika, yengil, oziqovqat, ogʻir mashinasozlik 
sanoatlarida, kemasozlikda, tibbiyotda, qurilishda qoʻllanadi. 
Tabiiy smolalar (kanifol, shellak, bitum va boshqalar) asosida 
olinadigan plastmassa qadimdan maʼlum. Sunʼiy polimer — 
nitrotsellyuloza (sellyuloza nitrati)dan tayyorlangan eng dastlabki 
plastmassa selluloid boʻlib, u 1872 yilda AQSH da ishlab chiqarila 
boshlagan. 1906—10 yillarda Rossiya va Germaniyada tajriba sanoa-
tida 1-reaktoplastlar — fenol-formaldegid smolalar asosida olinadigan 
materiallar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 30-yillarda sobiq SSSR, 
AQSH, Germaniya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda 
termoplastlar, 
polivinilxlorid, 
polimetilmetakrilat, 
poliamid, 
polistirollar ishlab chiqarishi tashkil etildi. Lekin plastmassa sanoati 2-
jaxon urushidan keyingina rivojlandi, 20-asr 50-yillarida koʻpchilik 
mamlakatlarda polietilen plastmassa koʻplab ishlab chiqarila boshladi. 


122 

Download 4.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling