A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.1. Polivinilxlorid tutqichlar va plintuslarga ishlov berish Polivinilxlorid
Nazorat savollari:
1. Kerak materiallarni tasniflab bering? 2. Elektrotexnika tushunchasi. 3. Elektr montajda ishlatiladigan xomashyo va uskunalar. 13-MAVZU. PLASTMASSADAN YASALGAN DETAL VA POLIMER ASOSLI BUYUMLARGA ISHLOV BERISH Tayanch so’zlar: polivinilxlorid, plintus, plastmassa, rezina, ishlov berish, jarayonlar. 13.1. Polivinilxlorid tutqichlar va plintuslarga ishlov berish Polivinilxlorid (PVX, vestolit, xostalit, vinnol, korvik, solvik, sikron, jeon, nippeon, lukovil, xelvik, norvik va boshqalar) 121 vinilxloridning chiziqli termoplastik polimeri, [SN2-SNS1]Plastmassa Oq rangli plastik, mol. m. (10—150)103; zichligi 1350–1450 kg/m 3 . 100° dan yuqorida parchalanib, HCI ajratib chikaradi; choʻzilishga chidamlilik chegarasi 600 kg/sm 2 ; egilishga chidamlilik chegarasi 1200 kg/sm 2 ; qattiqligi 9,6 kg/mm 2 issiqqa chidamliligi 70°, fiziologik zararsiz. Dixloretan, siklogeksanon, xlor- va nitrobenzolda eriydi, benzol, atsetonda oz eriydi, suv, spirt va uglevodorodlarda erimaydi; nam, kislota, ishkrr, tuzlar eritmasi, sanoat gazlari, benzin, kerosin, yog va spirtlar taʼsiriga chidamli. Vinil-xlorid SN2=SNS1ning yoruglik, issiqlik va turli initsiatorlar taʼsirida polimerlanishi natijasida hosil boʻladi. Polimerlanish zanjirli mexanizm boʻyicha amalga oshiriladi; avtolavkalarda 40—50° va 4,5 at. bosim ostida suv emulsiyali usul asosida oʻtkaziladi. Plastmassadan 3000 dan koʻproq mahsulot va material ishlab chiqariladi. Plastmassaga 10 % plastifikator qoʻshilsa, fizik-mexanik xossalari yuqori, —10° gacha muzlashga chidamli material (viniplast) hosil boʻladi. Plastmassa tarkibiga 40 % gacha plastifikator qoʻshib, —50 % gacha chidamli elastik material (plastikat) olish mumkin. Plastmassa elektrotexnika, yengil, oziqovqat, ogʻir mashinasozlik sanoatlarida, kemasozlikda, tibbiyotda, qurilishda qoʻllanadi. Tabiiy smolalar (kanifol, shellak, bitum va boshqalar) asosida olinadigan plastmassa qadimdan maʼlum. Sunʼiy polimer — nitrotsellyuloza (sellyuloza nitrati)dan tayyorlangan eng dastlabki plastmassa selluloid boʻlib, u 1872 yilda AQSH da ishlab chiqarila boshlagan. 1906—10 yillarda Rossiya va Germaniyada tajriba sanoa- tida 1-reaktoplastlar — fenol-formaldegid smolalar asosida olinadigan materiallar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 30-yillarda sobiq SSSR, AQSH, Germaniya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda termoplastlar, polivinilxlorid, polimetilmetakrilat, poliamid, polistirollar ishlab chiqarishi tashkil etildi. Lekin plastmassa sanoati 2- jaxon urushidan keyingina rivojlandi, 20-asr 50-yillarida koʻpchilik mamlakatlarda polietilen plastmassa koʻplab ishlab chiqarila boshladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling