A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Yog’och detallarini biriktirish
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
15.2. Yog’och detallarini biriktirish
Yog’och buyumlar ko’pincha ko’pincha bir necha bo’laklardan yasaladi. Buyumni tashkil qiluvchi har bir alohida bo’lakni detal deb ataladi. Buyumni yasash uchun avval uni hosil qiluvchi barcha detallarni tayyorlanadi, so’ngra ularni tegishli tartibda biriktiriladi, har turli buyumlarni tayyorlashda detallarni to’g’ri chiziqlar, to’g’ri burchaklar, o’tkir yoki o’tmas burchaklar hamda shakldan ko’rinishida biriktiriladi. To’g’ri chiziqli biriktirish yog’och detallarni bo’yiga ulab uzaytirish yoki qalinligini oshirish uchun qo’llaniladi. To’g’ri burchakli biriktirish eng ko’p qo’llaniladi. Bunga misollar sabzavot taxtachasi oyoqchalari, suratlar uchun ramka detallari, deraza romlari, eshiklar, mebellar va shu kabilar qo’llaniladi. O’tkir yoki o’tmas burchakli birikmalar turli asbob- uskunalar, mebellar, imoratlar va boshqalarda qo’llaniladi. Shakldor birikmalar musiqa asboblari, agar va bochkalarda qo’llaniladi. Biriktirish shakllari yog’och detallarining mustahkam va aniq biriktirilishi uchun ularning biriktirma sirtlari turli shakllarda tayyorlanadi. Tirnoqlar to’g’ri va qiya sirtli shakllarda bo’ladi. Yelimlash. Yog’ochdan buyumlar tayyorlashda detallarni biriktirishning asosiy usuli yelimlashdir. Yelimlanadigan yog’och detallari quruq bo’lishi lozim. Bu detallarni yelimlab biriktiriladigan sirtlari bir-biriga zich yopishadigan aniq shakllarda tayyorlanib, changlardan tozalanadi. Yelimlab yopishtirilgan yog’och sirtlari orasidagi yelim qatlami hosil qiladigan chokning qalinligi 0,1 mm dan 0,15 mm gacha bo’lishi lozim. Chokning qalinligi bundan yupqa bo’lsa ham, qalin bo’lsa ham yelimli birikma mustahkam bo’lmaydi. Biriktirilayotgan sirtlarga yelim surtilgan detallarni bir-biriga ishqalash yoki presslash usulida biriktiriladi. Ishqalash usulida biriktirilayotgan sirtlarning dastlab ozgina qismini bir-biriga bosib turgan holda asta - sekin kerakli holatgacha surib boriladi. Presslash usulida ikki yoki undan ortiq detallarni bir-biriga biriktiruvchi yelim qatlami quriguncha press ostida tutib turiladi. Kichik reykachalarni bir - biriga yaxshilab yelimlash orqali uzunligi 12 metrgacha bo’lgan yog’och to’sinlar hamda kerakli egri shakldagi katta yog’och detallari tayyorlanadi. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling