A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Biriktirish va bog’lash usullari
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dasta bet bog’lash yoki kertmak usuli
Biriktirish va bog’lash usullari. Duradgorlik yo’li bilan
tayyorlanadigan buyumlarning, mebellarning qismlari bir-biriga turli usullar bilan biriktiriladi. Birikmalar hosil qilishda har xil yelimlar va 134 biriktiruvchi materiallardan foydalaniladi. Duradgorlik birikmalari hosil qilishda bir necha bog’lash usullari qo’llaniladi. Buyumning qanday materialdan tayyorlanishiga va qanday maqsadlarda ishlatilishiga, unga qanday sifat berilishiga qarab detallar o’zaro oddiy yoki murakkab ko’rinishda biriktiriladi. Birikmalar hosil qilishda qo’llaniladigan bog’lash usullari: dasta bet bog’lash, prizmatik yoki to’g’ri tirnoqli birikmalar (bir tirnoqli yoki ko’p tirnoqli), porsi usulida bog’lash, zakrovli birikmalar, chokli birikmalar, “qaldirg’och quyruq” tirnoqli birikmalar, maxfiy va yarim maxfiy tirnoqli birikmalar va boshqalardan iborat. Dasta bet bog’lash yoki kertmak usuli. Dasta bet bog’lash duradgorlik birikmalari hosil qilishning eng oddiy va oson usuli. Bu usul binokorlik ishlarida, parnik xo’jaligida yog’och qismlarni o’zaro biriktirishda, oddiy qoplama ramkalar, vitrinalar va boshqalar tayyorlashda qo’llaniladi. Birikmaning o’lchamiga qarab detallar bir- biriga mixlash yo’li bilan, burama mix, bolt yoki changak yordamida qotiriladi. Dasta bet bog’lashda detallar “G” simon, “T” simon shaklda to’g’ri va “qaldirg’och quyruq” li qilib biriktirilishi mumkin (1- rasm). 1-rasm. Tirnoqli birikma turlari. a) “G”simon, b) “T”simon, v) “Qaldirg’och quyruq” va g) “Taroq”simon birikmalar. 6. Birikmaga mos yog’och tanlanadi, randalashda undan payraxa chiqishini hisobga olib ma’lum qo’yim bilan material arralab olinadi. 7. Tayyorlangan materialni randalab ixtiyoriy l uzunlikda eni a, qalinligi h bo’lgan ikkita brusok tayyorlanadi. 135 8. Kertmaklarni rejalash uchun brusoklarning uchlarini go’niya asosida arralab to’g’ri burchakli qirqimlar hosil qilinadn, so’ngra rejalanadi. Buning uchun brusoklarning uchidan o’lchamda “bet” larga kertmak uzunligi rejalanadi va go’niya yordamida qolgan tomonlarga olib o’tiladi. So’ngra xatkash yordamida kertmak qalinligi rejalanadi. Buning uchun xatkashni h/2 o’lchamga sozlab “bet” larga nisbatan brusoklarning yon chetlari (qirralari) va ko’ndalang qirqimlariga a uzunlikda reja chiziladi. 9. Dasta bet bog’lashda brusoklarni ustma-ust qo’yib biriktiriladi. Shuning uchun brusoklarda hosil qilinadigan kertmaklarning biri «bet» tomondan, ikkinchisida orqa tomondan ochiladi. Buning uchun kertmaklarda reja chiziqlarining yarmini saqlagan holda oldin tilinadi, so’ngra ko’ndalangiga arralab qirqiladi (kertiladi). 10.Hosil bo’lgan kertmaklarni ustma-ust qo’yib mix yoki burama mix yordamida biriktiriladi. Har qanday birikma hosil qilinganda detallarning «bet» larini birikmaning bir tomonida bo’lishiga e’tibor berish kerak. Birikmaning jipsligi, sifati talabga javob beradigan darajaga yetgunga qadar mashq qilish davom ettiriladi. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling