A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
Murakkab birikmalar. Murakkab birikmalar yelim yordami
bilan biriktiriladigan birikmalarga murakkab birikmalar deyiladi. Murakkab birikmalar ikki detaldan tashkil topib, biri “tirnoq”, ikkinchisi “quloqcha” deb yuritiladi. Agar tirnoq va quloqchalar ikkitadan ko’p bo’lsa, “ko’p tirnoqli birikma” deyiladi. Bu tirnoqli birikmalar mebelsozlik, shaxmat taxttachalarini, dastgohlarni yasashda qo’llaniladi. Murakkab birikmalarni xillari ko’p bo’lib, qaldirg’och quyruq, o’rtalik birikmalar, yashirin birikmalar deb ataladi. Qaldirg’och quyruq birikmalar ko’proq rom, eshik kesakilarini tayyorlashda, yog’ochdan uylar solishda ishlatiladi. Mixlar bilan biriktirish. Duradgorlikda detallarni oddiy mixlar bilan va burama mixlar, shurup yordamida biriktirish mumkin. Duradgorlikda faqat juda qo’pol buyumlarga metall mixlar qoqiladi. Mixning yo’g’onligi diametri u qoqiladigan detalning qalinligidan oshmasligi kerak. Agar mix ikkala detallardan oshib ketsa unda mixning uchini qayirib qo’yiladi. Mixni qoqishdan avval uning kallasini asta sekin urish kerak, mixning o’zagining yarmi kirgach qattiq zarb bilan urish kerak. Agar mix qiyshiq ketsa yoki bukilib qolsa uni maxsus ombur, kertikli bolg’a va maxsus mix sug’urgich bilan sug’urib olamiz. Qattiq va elastik yog’och mixini maxkamroq ushlaydi, lekin mixni bunday yog’ochga qoqish ancha qiyin. Sanoatda yo’g’onligi, uzunligi va kallaglari har xil mixlar ishlab chiqariladi. Burma mixlar duradgorlik ishlarida, ya’ni eshik va derazalarning oshiq-moshiqlarini o’rnatishda ishlatiladi. Bunday mixlar oddiy mixlarga nisbatan ancha puxta birikma hosil qiladi. Pardozlanadigan buyumlarni burchak birikmalarini mustahkamroq qilish uchun metall burchaklari va uskunalar metall mixlar bilan mahkamlanadi. Burama mix kallak va vintsimon o’yiqlar o’zakdan iborat mahkamlovchi detallardir. Burama mixning kallagida otvyortka uchun ariqcha bo’ladi. Burama mixlar yarim dumaloq, yashirin va yashirin kallaklari shuningdek, o’zaklarning uzunligi bilan farqlanadi. Burama mixni detallarga kiritish ancha qiyin, shuning uchun burama mixlarni kiritishdan oldin bigiz bilan chuqurcha hosil qilinadi. Yashirin kallakli uchn esa kichik parma bilan o’yiqcha ochiladi. Burma mixni shu o’yiqchaga o’rnatib otvyorka bilan soat strelkasining yo’nalishi bo’yicha buraladi. Yo’g’on va uzun burma mixlar uchun teshiklar parma bilan o’yiladi. Uning diametri burma mix o’zagi diametrining 4/5 qismicha bo’lishi, chuqurcha o’zak uzunligi yarimcha parmalanishi kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling