A. R. Jo‘raev, A. M. Shoimov, J. E. Pardaboev
Download 4.62 Mb. Pdf ko'rish
|
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
Porsi usulida bog’lash. Duradgorlik buyumlarining sifatini
oshirish maqsadida, ko’pincha, detallarning «bet» qismlari yoki birikma ustidan mixlanadigan (qoplanadigan) chaspaklarning tirnoq va quloqlari porsi usulida (45° burchak ostida) biriktiriladi. Bunday detallarning «bet» qismlariga chorafzal randalar yordamida har xil gullar chiqarilgan yoki faska olingan bo’ladi. Ular to’g’ri burchak hosil qilib biriktirilsa, gullar yoki faskalar bir-biriga mos kelmay birikmaning sifati buziladi. Porsi usulida bog’lashda qismlar bir-biriga tirnoqsiz yoki tirnoqli qilib biriktirilishi mumkin. 5-rasm. Tirnoqsiz porsi birikmalar. Tirnoqsiz porsi usulida bog’lashda, ular zakrovli yoki zakrovsiz bo’lishlaridan qat’i nazar, detallarning uchlari porsi usulida (45° burchak ostida) arralanib, ular bir-biriga mixlab, qirg’og’iga tunuka lenta yoki po’lat burchakli qoplab biriktiriladi (5-rasm). Talab etilishiga qarab detallarning betiga faska yoki gul chiqariladi. Bunday hollarda chorabzal randalar bilan randalash ham mashq qildiriladi. 2. Tirnoq va quloqlarni rejalash. Buning uchun brusoklarning uchidan a o’lchamda tirnoq va quloq uzunligi rejalanib qolgan tomonlarga go’niya yordamida olib o’tiladi. Shuningdek, “bet”larga porsi go’niya yordamida brusoklarning uchlaridan porsi chizig’i (45° burchak ostida qo’shimcha reja) chiziladi. So’ngra xatkashni tirnoq o’lchamiga sozlab, “bet”larga nisbatan brusokning qirralariga reja chiziladi. 4. Reja asosida tirnoq chiqarish va quloq ochish uchun birinchi 139 galda tilish ishi bajariladi. Tirnoq chiqarish uchun tilishda orqa tomondan go’niya chizig’igacha tilinib, “bet” tomondan porsi chizig’iga (45° li rejaga) moslab burchak ostida tilinadi. Buning natijasida orqa tomondan go’niya chizig’i bo’yicha, “bet” dan porsi chizig’i bo’yicha kertib tirnoq chiqariladi. Quloq ochilgandan so’ng “bet” tomondan tirnoqqa moslab porsi chizig’i bo’yicha arralab tashlanadi (kertiladi). Kertish vaqtida arralash porsi qolip yordamida bajarilishi mumkin. 5. Talab etilishiga qarab faska yoki gul chiqarish. Detallarga faska chiqarishda ularning bir xil chiqishini ta’minlash uchun “bet” va ichki qirralarga xatkash yordamida reja chizib olinadi. Reja chizig’igacha randalanadi. Gul chiqarishda chorabzal randalar yordamida payraxa chiqmay qolgunga qadar randalash davom ettiriladi. 6. Tayyor qismlarni o’zaro biriktirib birikma hosil qiliinadi va uning jipsligi ta’minlanadi. Download 4.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling