A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

2-
mashq. 
Matnni o‘qing. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘yib, 
gaplarni ko‘chiring, ega va kesimning tagiga chizing.
Mehnat insonni ulug‘laydi
Mehnat insonni kamolotga ... . Inson mehnat tufayli ... . Demak, 
mehnatsiz hayotni ... qiyin. Kishining hurmati, obro‘si uning ... 
bo‘lgan munosabati bilan ... . Mehnatsevarlik kishining eng yaxshi 
fazilatlaridan biri ... . Kishi o‘zining butun orzu-umidlariga faqat 
tinimsiz mehnati bilan ... , halol mehnati bilangina ... . Hozirgi bax-
tiyor, go‘zal hayotimiz ham ota-bobolarimizning ... mehnatlarining ... . 
Foydalanish uchun so‘z va so‘z birikmalari: tasavvur qilish, 
mevasidir, erishadi, mehnatga, hisoblanadi, o‘sadi, ulug‘lanadi, 
belgilanadi, qadrlanadi, ulkan.
3-
mashq.
Qavs ichidagi fe’llardan mosini qo‘yib, gaplarni yozing.
1. O‘zbekiston Respublikasining Andijon viloyatida O‘rta Osiyoda 
yagona avtomobil zavodi (qurildi, ish boshladi). 2. Bu zavodda 
turli rusumdagi avtomobillar (ishlab chiqarilmoqda, ishlatilmoqda). 
3. Bu avtomobillardan O‘zbekiston aholisi keng (qo‘llamoqda, 
foydalanmoqda). 4. Aholining turmush tarzi yaxshilanganidan dalolat 
(etiladi, beradi).
Uyga vazifa. „Mehnat baxt keltirar“ mavzusida matn tuzing.
2 - d a r s
3-
topshiriq.
Javoblar mazmunidan kelib chiqib savollar tuzing.
– ... ... ... ?
– Mehnat mahsuli va ularning bunyodkorlari bo‘lgan mehnatkashlarni 
qadrlashimiz kerak.
– ... ... ... ?
– Ona yerdan unayotgan noz-ne’matlar kishilar mehnatining 
samarasidir.
http://eduportal.uz


44
Bilib oling! 
– ... ... ... ?
– Hayotda qoqilmay degan odam biror kasbni yoki hunarni 
mukammal egallashi kerak.
– ... ... ... ?
– Insonni mehnat ulug‘laydi.
Kesim tuzilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: sodda kesim, u bir 
so‘z bilan ifodalanadi. Masalan: Men keldim. Murakkab kesim
u quyidagicha tuziladi:
1. Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasidan iborat bo‘ladi. 
Masalan: Odamlar tarqala boshladi.
2. Sifatdosh va to‘liqsiz fe’ldan iborat bo‘ladi. Masalan: 
Mashg‘ulot haftada bir marta o‘tadigan bo‘ldi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling