41
E’lon biror yig‘ilish, kecha va tadbirga taklif qilish mazmunida
yoziladigan rasmiy ish qog‘ozidir. U har xil shaklda yozilishi
mumkin.
8-
topshiriq.
E’lon
namunasidan foydalanib, sinfingizda yoki makta-
bingizda o‘tkaziladigan yig‘ilish, tadbir haqida e’lon yozing.
Namuna:
Maktabimizda o‘tkaziladigan otalar majlisiga taklif etamiz. Majlis
20-yanvar kuni soat 17.00 da maktabimiz faollar zalida o‘tkaziladi.
Tashkiliy qo‘mita
Mustaqil ish
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Kesim deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring.
2. „Ekologiya“ so‘zining ma’nosini izohlang.
3. Ekologik madaniyat nima?
4. Tabiatni asrash uchun siz nima qilyapsiz?
Uyga vazifa. „Tabiat, sen onamiz“ she’rini yod oling.
MEHNAT BAXT KELTIRAR
(Fe’l-kesim, ularda yordamchi fe’llarning qo‘llanishi)
1 - d a r s
1-
topshiriq.
Suhbat matnini to‘ldiring.
– Mehnat inson uchun nima beradi?
– ... ... ... .
– Mehnatsiz hayotni qanday tasavvur qilasiz?
– ... ... ... .
– Nima uchun mehnat baxt keltirar deymiz?
– ... ... ... .
– Mehnatning tagi rohat deganda nimani tushunasiz?
– ... ... ... .
Do'stlaringiz bilan baham: