A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

3-
mashq.
Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling. Hollarni 
o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring.
1. Bola epchillik bilan turdi, qisqa va lo‘nda javob berdi. 2. Oilada 
osoyishtalik, hayotda farovonlik, dunyoda tinchlik bo‘lsin. 3. Shamol 
g‘ir-g‘ir esyapti. 4. U ariq bo‘yida o‘tirib, kelgusidagi rejalari haqida 
ko‘p o‘yladi. 5. Sobir bizning fikrimizga qo‘shilib, ma’nodor kulib 
qo‘ydi. 6. Biz universitetda o‘qigan vaqtimizda ularning yoniga tez-
tez borar edik. 7. Bizning oilamiz Toshkentda yashaydi.
4-
topshiriq.
Matnni o‘qing va berilgan savol va topshiriqlarni 
bajaring.
http://eduportal.uz


63
1991-yilning 31-avgust kuni „O‘zbekiston Respublikasi davlat 
mustaqilligining asoslari to‘g‘risida“gi O‘zbekiston Respublikasining 
Qonuni qabul qilindi. Ushbu muhim hujjat yosh respublikamizga 
o‘zining harbiy siyosatini yuritish huquqini berdi. Shu kuni e’lon 
qilingan „O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari 
to‘g‘risida“gi bayonot esa milliy Qurolli Kuchlarimizni tashkil etish 
uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.
1992-yilning 14-yanvardagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken-
gashining „O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy 
qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘g‘risida“gi qarori juda muhim 
tarixiy ahamiyatga egadir. Mazkur qarorga ko‘ra davlatimiz hududidagi 
harbiy tizimlar respublika tasarrufiga olindi.
1993-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 
qarori bilan 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni deb belgilandi. 
Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni 
vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz 
va ertaga xizmatga boradigan navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul 
qilindi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling