A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Matn yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

Matn yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Matnga sarlavha toping. Matndagi tayanch so‘zlarni aniqlab, 
lug‘at tuzing.
2. O‘zbekiston Qurolli kuchlari haqida yana nimalarni bilasiz?
3. Vatanni yana qanday himoya qilish mumkin?
5-
topshiriq.
Maqollarni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering.
Mаrdlik – mаngulik.
Оnа yurtim – оltin bеshigim.
Vаtаnni sеvmоq – imоndаndir.
Bеgоnа yurtdа sultоn bo‘lgunchа, o‘z yurtingdа chо‘pоn bo‘l.
El bоrki – Vаtаn bоr.
Vаtаn bоrki – el bоr.
Vаtаning tinch – sеn tinch.
Bulbul chаmаnni sеvаr, оdаm Vаtаnni.
http://eduportal.uz


64
4-
mashq.
Berilgan gaplarni o‘qing. Hollarni savol berib aniqlang. 
Mazmunini izohlang va yozing.
1. Imtihonlar yozda bo‘ladi. 2. Manzura opa quvonganidan hech 
gapira olmas edi. 3. Zilola opa bafurja gaplashish maqsadida keldi. 
4. U notiqning gaplarini diqqat bilan tingladi. 5. Xiyobonning chap 
tomonida kutubxona joylashgan. 6. Qish oxirlab, vodiydagi qorlar 
allaqachon erib ketgan. 7. O‘quvchilar dam olishga dala shiyponiga 
ketishdi. 8. Hamdam ikkovini ham bilmadi va yig‘laganicha narigi 
uyga kirib ketdi. (A. Qahhor)
6-
topshiriq.
 
O‘zbekiston xaritasidan foydalanib, berilgan savollar 
asosida „Klaster“ tuzing.
1. O‘zbekistonda nechta viloyat bor?
2. Ularning markazlari qaysi shaharlar?
3. O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan chegaradosh?
Uyga vazifa. Berilgan so‘z va so‘z birikmalari ishtirokida bog‘lanishli 
matn tuzing. Vatanni sevmoq, Vatan himoyachilari, sarhadlarimiz
vatanparvarlik, chegarachi, askar bo‘lmoqchiman, tinchlik uchun xizmat 
qilmoq, Vatanga sadoqat.
3 - d a r s
Adabiy o‘qish
7-
topshiriq. 
Berilgan savollar asosida sinfdoshingiz bilan suhbatla- 
shing va suhbat matnini to‘ldiring.
– Mardlik deganda nimani tushunasiz?
– ... ... ... .
Qanday insonni mard inson deb ataymiz?
– ... ... ... .
Mardlikda ham ehtiyotkorlik zarurmi?
– ... ... ... .
Insonning vataniga bo‘lgan munosabati nimalarda aks etadi?
– ... ... ... .
Mard insonlarni kimlar hurmat qiladilar?
– ... ... ... .
http://eduportal.uz


65

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling