A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


E’lon  http://eduportal.uz 42 Bilib oling!


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

E’lon 
http://eduportal.uz


42
Bilib oling! 
Lug‘at
2-
topshiriq.
Matnni o‘qing. Matn yuzasidan topshiriqlarni bajaring.
Mehnat – mehnatning tagi rohat
Mehnat inson hayotini bezaydigan, unga baxt-saodat keltiruvchi
boylik, farovonlik baxsh etuvchi yagona omildir. Qadim-qadimdan 
mehnat inson hayotining mazmuniga aylangan. Insonlarning obro‘-
e’tiborli bo‘lishi halol mehnat orqasidandir.
Halol mehnat insonga zavq-shavq, rohat baxsh etadi, insonni 
ulug‘laydi. Shuning uchun ham „Mehnat – mehnatning tagi rohat“ 
deyiladi. Bu naqlga amal qilgan ota-bobolarimiz farzandlarini yoshlik 
chog‘idan mehnatsevarlikka o‘rgatganlar.
qadim-qadimdan
– испoкон веков
halol mehnat orqasidan
– за счёт честного труда
ulug‘laydi 
– возвеличивает
Matn yuzasidan topshiriqlar
1. Matndan tayanch so‘zlarni toping, ular ishtirokida gaplar tuzing.
2. Halol mehnat deganda nimalarni tushunasiz.
3. Matn mazmunini so‘zlab bering.
Fe’lning turli shakllari orqali ifodalangan kesim fe’l-kesim 
sanaladi. Fe’l-kesimlar quyidagi ko‘rinishlarga ega:
a) sof fe’l-kesimlar: Men maktabga boraman;
b) ravishdosh bilan ifodalangan kesim: Motor gurullab, mashina 
oldinga intildi;
d) sifatdosh bilan ifodalangan kesim: Botir xatni kecha yuborgan.
1-
mashq.
 
Gaplarni yozing. Fe’l-kesimlarni topib, qaysi so‘z turkumi
bilan ifodalanganligini tushuntiring.
1. O‘qituvchining savoliga o‘quvchi o‘ylab, to‘g‘ri javob berdi. 
2. Biz erta bilan ota-onamizga salom berib, so‘ng nonushtaga o‘tiramiz. 
3. 9- „A“ sinf o‘quvchilari jamoat ishlarini yaxshi bajarishadi. 
http://eduportal.uz


43
4. Bugun bizning maktabimizga juda ko‘p mehmonlar kelishgan. 
5. Bobom o‘zi yaratgan bog‘lari bilan faxrlanadi. 6. Mingbuloqning 
o‘zi yaxshi, suvi serob, lekin u qarovsiz. 

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling