A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

5-
mashq.
Maqollarni o‘qing, mazmunini izohlang, ona tilingizga 
tarjima qiling.
Baliq suv bilan tirik.
Bir yil tut ekkan kishi, yuz yil gavhar teradi.
Bir kishi ariq qaziydi, ming kishi suv ichadi.
Yomg‘ir bilan yer ko‘karar, duo bilan el ko‘karar.
Yer haydasang kuz hayda, kuz haydamasang yuz hayda.
Bitta daraxt kessang, yuzta ko‘chat ek.
Uyga vazifa. Hozirgi kunda dolzarb hisoblangan ekologik muammolar 
haqida ma’lumot yozing.
2 - d a r s
5-
topshiriq.
 
Suhbatni davom ettiring.
– Geografiya darsi munozara shaklida o‘tkazildi.
– Qaysi mavzuda?
– „Biz va ekologiya muammolari“ mavzusida.
– Ekologiya nima degani?
– Hayvonot olami, o‘simliklar dunyosi va odamlarning yashash 
muhiti bilan munosabati haqidagi fandir.
– ...
6-
topshiriq.
 
Matnni o‘qing. Matn asosida savol va topshiriqlarni 
bajaring.
Tabiat muvozanati – hayot muvozanati
Ayrim kishilar butun bahor-u yoz ko‘zimizni yash 
natgan, bahri 
dilimizni musaffo havosi bilan yayratgan barglarni kuzda xazonlardan 
qutulish uchun yoqadilar. To‘kilgan yaproqlarni to‘plab yoqish o‘zlari 
uchun qanchalik zararli ekanini fahmlamaydilar.
Quruq o‘tinni yoqish jarayonida juda xavfli bo‘lgan dioksin moddasi 
ajralib chiqadi. Yoqish o‘rniga yap 
roqlarni bir joyga to‘plab, ho‘llab 
ko‘mish kerak. O‘shanda chiqindilar ma’lum vaqt o‘tgach, tayyorgina 
o‘g‘itga aylanadi. Dioksin oshqozon-ichak yo‘li orqali inson tanasiga 
kirgach, oshqozon osti bezi, o‘pka va immun tizimini zararlaydi. 
Ko‘pincha xavfli o‘sma va og‘ir kasalliklarning kelib chiqishiga 
http://eduportal.uz


39
Bilib oling! 
Lug‘at
sabab bo‘ladi. Inson tabiatning bir qismi ekanini tushunishi, tabiatga 
ko‘rsatayotgan ta’siri qaytib kelib o‘ziga salbiy ta’sir etishini anglashi 
lozim.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling