A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


kesim deyiladi. Ot-kesimlar quyidagicha ifodalanadi:  Ot bilan: O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

kesim deyiladi. Ot-kesimlar quyidagicha ifodalanadi: 
Ot bilan: O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. 
Sifat bilan: Bizning yurtimiz juda go‘zal. 
Harakat nomi bilan: Bizning maqsadimiz a’lo baholarga o‘qish
Olmosh bilan: Bizning maktabimiz – shu. 
Ibora bilan: Tepa sochi tikka bo‘ldi.
1-
mashq.
Quyidagi so‘zlardan foydalanib, gaplar tuzing va kesimni 
aniqlab, ifodalanishini tushuntiring.
Taklif, mutaxassis, dengiz, o‘rmon, ma’lumot, musaffo, olim, ustoz, 
maslahat, loyiha.
http://eduportal.uz


36
2-
mashq.
 
Gaplarni ko‘chiring va ot-kesimlarni aniqlang.
1. Yaxshi ro‘zg‘or – jannat, yomon ro‘zg‘or – do‘zax. 2. Usti yal-
tiroq, ichi qaltiroq. (Maqol) 3. Birniki – mingga, mingniki – tumanga. 
(Maqol) 4. Oltita bolani bag‘riga olgan Mahkam taqachi – shu. 
5. Sizdan umidim ko‘p. 6. Yo‘qoling, siz bilan adi-badi aytishishga 
vaqtim yo‘q. 7. Burchimiz – a’lo o‘qish. 8. Bu qarorni amalga 
oshirishdagi birinchi qadam – o‘qish, o‘qiganda ham a’lo o‘qish edi.
3-
mashq.
Berilgan gaplardan ot-kesimni toping, qaysi so‘z turkumi 
bilan ifodalanganini qavs ichida yozing.
Namuna: Vazifamiz – maktabda yaxshi o‘qish. (harakat nomi)
1. Akam uchuvchi bo‘ldi. 2. Oydin a’lochi qiz. 3. Bizning sinf – 
to‘qqizinchi. 4. Har narsaga qiziqish biz uchun eski odat. 5. Bu –
siz uchun katta sinov. 6. Mehnat qilsang, baxting ochiladi. 7. Inson 
tabiatning bir qismidir.
3-
topshiriq.
 
Matnni o‘qing va berilgan topshiriqlarni bajaring.
Ekologik madaniyat tabiatni barcha go‘zalliklari bilan his 
qilishdan, sevishdan boshlanadi. Har bir inson tabiatdan bahra oladi. 
Ammo bu hali tabiatga muhabbat degani emas. Tabiatga muhabbat 
uni tushunishdan, uning go‘zalliklarini anglashdan, tabiat bilan 
munosabatga kirishishdan boshlanadi. Madaniyatli kishi tabiat va 
jamiyat o‘rtasidagi muvozanatni saqlaydi. Jo‘mraklardan ortiqcha suv 
oqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni 
duch kelgan joyga to‘kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, ko‘chat 
va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, hayvonlarga g‘amxo‘rlik 
qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va xiyobonlarni gulzorga 
aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatning 
eng oddiy ko‘rinishlari sanaladi.
Biz kelajak avlodlarga yaratgan ma’naviy va moddiy boyliklarimizni
bizgacha mavjud bo‘lgan tabiatni, shu bilan birga ekologik mada-
niyatimizni ham meros qoldiramiz.
http://eduportal.uz


37

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling