A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

Bilib oling! 
Matn yuzasidan topshiriqlar
1. Matnni berilgan lug‘at yordamida ona tilingizga tarjima qiling.
2. Matndan yaxshilik so‘ziga berilgan ta’riflarni topib, izoh 
bering.
3. Matn mazmunini hikoya qilib bering.
4. Matndan donolarning fikrlarini topib, sharhlang.
Uyga vazifa. Yaxshilik haqida maqollar toping va mazmunini tushun- 
tiring.
2 - d a r s
3-
topshiriq.
 
Suhbatni davom ettiring.
– Sening do‘stlaring bormi?
– Ha, mening do‘stlarim ko‘p.
– Ular sening tengdoshlaringmi?
– Ko‘pchiligi mening tengdoshlarim. Ular men bilan bir maktabda 
o‘qiydigan bolalar.
– Eng yaqin do‘sting qanday inson?
– ...
Ega bosh kelishik shaklidagi ot, olmosh va boshqa otlashgan 
so‘zlar bilan ifodalanadi. Masalan: Biz fan cho‘qqilarini 
egallagani keldik. Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar.
3-
mashq.
Berilgan gaplarda harakatning bajaruvchisi kim? (nima?) 
ekan 
ligini aniqlang va yozing. 
Namuna: Gulnoza (kim?) a’lo baholarga o‘qiydi.
1. Gulnoza a’lo baholarga o‘qiydi. 2. Ot kishnadi, xo‘roz qichqirdi,
it vovulladi, yalmog‘iz uyg‘ondi. 3. Uzoqdan to‘plarning gumburi 
eshitilardi. 4. Yer yuzida juda ko‘p daryo va jilg‘alar oqadi. 
5. Navoiy yozgan asarlar butun dunyoga mashhur. 6. Yaxshilik 
chinakam insoniylikdir. 7. Kichiklar kattalardan o‘rnak oladilar.
4-
mashq.
Berilgan gaplarda eganing ifodalanishini tushuntirib 
bering.
http://eduportal.uz


31
1. Mard maydonda sinalar. 2. Yaxshilik nur keltirar, yomon 

lik – zulmat. 3. Yaxshidan bog‘ qoladi. 4. O‘qish – har bir 
o‘quvchining burchi. 5. Yaxshilar ko‘paysin, yomon qolmasin. 
6. O‘qimoq – ulg‘aymoq.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling