A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

4-
topshiriq.
 
Matnni o‘qing va matn asosida topshiriqlarni bajaring.
Yaxshilik yerda qolmas
Ari suv ustida uchib yurib, birdan suvga tushib ketdi. Qanotlari 
ho‘l bo‘ldi. Arining uchishga kuchi yetmadi.
Shu payt arini kabutar ko‘rib qoldi. Unga rahmi keldi. Kabutar 
cho‘pni tishlab, suvga tashladi. Ari cho‘pni kema qilib, halokatdan 
qutuldi.
Bir bola tuzoq qo‘yib, kabutarni tutmoqchi bo‘ldi. Ari buni ko‘rib 
qoldi. U shu zahoti kelib, bolaning qu 
log‘ini chaqdi. Bola og‘riqqa 
chidolmay tuzoqni tashlab, qulog‘ini ushladi.
Kabutar uchib ketib, falokatdan qutuldi.
Matn yuzasidan topshiriqlar
1. Matnda qanday fazilat aks etgan.
2. Bola, kabutar obrazlariga tavsif bering.
3. Hayotda shunga o‘xshash voqealarni kuzatganmisiz.
4. Yaxshilik haqida yana qanday asarlarni o‘qigansiz.
Uyga vazifa. Yaxshilik deganda nimani tushunasiz?“ mavzusida 
dialog tuzing.
3 - d a r s
Adabiy o‘qish
5-
mashq. 
Maqollarni to‘ldirib yozing.
Yaxshilik qilolmasang, ... ... .
Yaxshilik ... ... .
Yaxshilik qil ... ... .
Yomonlik qilgan inson, hech qachon ... ... .
Foydalanish uchun so‘zlar: yaxshilik qilmaydi, yerda qolmas, 
suvga ot, yomonlik qilma.
http://eduportal.uz


32
5-
topshiriq.
 
Matnni o‘qing va berilgan topshiriqlarni bajaring.
Rivoyat qiladilarki, Luqmoni hakim avval zolim va badjahl, 
qullariga shafqatsiz bo‘lgan. Ekin paytida bir kuni qishloqda bahorgi 
ishlar qanday borayotganligi bilan tanishish uchun dalaga aylanib 
chiqibdi. Shunda bir dehqonning bug‘doy ek, deb buyurilgan yerga 
tariq sochayotganini ko‘rib qolibdi. Uning jahli chiqibdi: „Hoy, 
ahmoq, to‘xta. Sen jinnimisan? Men gapirganimda karmiding? Nega 
bu yerga tariq sochyapsan, bug‘doy ek, deb aytmaganmidim“, – deb 
do‘q qilibdi.
– Xojam, tariq ekyapman, xudodan tilaymanki, bug‘doy unsin, – 
deb javob beribdi dehqon.
– Nodonsan-da, – debdi Luqmoni hakim. – Shuning uchun qulsan. 
Tariq eksang, bug‘doy o‘rasanmi?! Xudo ekkaningni beradi.
Shunda dehqon:
– Xojam, axir siz bizga doim jabr-zulm qilib, evaziga faqat 
yaxshilik, halol mehnat va mo‘l hosil talab qilasiz-ku, – debdi.
Dehqonning gaplari Luqmoni hakimga qattiq ta’sir qilibdi.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling