A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

4-
mashq.
Nuqtalar o‘rniga fe’l-kesimlarni qo‘yib ko‘chiring, ular 
qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganligini ayting.
1. Bolalar katta archa yonida ... . 2. Keksa bog‘bon ko‘m-ko‘k 
ajriq ustida o‘tirib hordiq ... . 3. Mo‘tabar eshikni sekin yopib ... . 
4. Atlas to‘qish Marg‘ilonda juda qadimdan rivojlangan, boshqa joylarga 
shu yerdan ... . 5. Atlasdan ayollar liboslari, ko‘rpa, ko‘rpachalar va 
boshqa buyumlar ... . 6. O‘zbekistonda ko‘mirni sanoat usulida 
qazib olish 1930-yillar oxirida ... .
Foydalanish uchun so‘zlar: boshlangan, chiqib ketdi, to‘xtadilar, 
chiqardi, tarqalgan, tayyorlanadi.
4-
topshiriq.
Matnni o‘qing. Ajratilgan so‘z va so‘z birikmalari ish- 
tirokida gaplar tuzing.
Mehnat mahsuli va ularning bunyodkorlari bo‘lgan mehnatkashlarni 
qadrlashimiz darkor. Har birimiz yoshligimizdan anglamog‘imiz va 
ulg‘ayib bu mehnatga ongli ravishda o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz 
zarur. Daraxtning soya-salqinida yotgan inson, jaziramada mehnat 
qilib meva yetkazgan bog‘bonning qadrini bilmaydi. „Mehnat baxt 
keltirar“ degan naql bejiz aytilmagan. Har kim o‘z mehnati bilan 
xalq olqishiga sazovor bo‘ladi. Inson o‘zining halol mehnati orqali
baxtga erishadi.
http://eduportal.uz


45
5-
mashq.
Maqollarni yozing. Kesimlarning ifodalanishini tushuntiring.
1. Halol mehnat yaxshi odat,
4. Betashvish bosh qayda,
Berur senga saodat. 
Mehnatsiz osh qayda.
2. Mehnatdan qo‘rqma, 
5. Daryo suvini bahor toshirar,
Minnatdan qo‘rq.
Odam qadrini mehnat oshirar.
3. Yer boylikning onasi, 
6. Mehnatdan kelsa boylik
Otasi – mehnat.
Turmush bo‘lar chiroyli.
Uyga vazifa. 5-mashqdagi maqollarni yod oling va mazmunini izoh- 
lab bering.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling