47
Bilib oling!
BURCH VA HUQUQLARIMIZ
(Izohlovchi, uning ifodalanishi)
1 - d a r s
1-
topshiriq.
Suhbat matnini o‘qing va konstitutsiya
moddalari yuza-
sidan suhbatlashing.
– O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi nechanchi yili qabul
qilingan?
– O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda
qabul qilingan.
– Kim O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasini
biladi?
– Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat
muhofazasida bo‘lish huquqiga ega.
– Adolat deganda nimani tushunasiz?
– Adolat – axloq va huquqning me’yoriy kategoriyasi. Adolat
natijasida
tenglikka erishiladi, insonparvarlik ta’minlanadi.
Gapdagi biror shaxs yoki narsa-buyumni boshqa nom orqali
ifodalaydigan bo‘lak
izohlovchi deyiladi. Izohlovchi bosh
kelishikdagi ot bilan ifodalanadi.
Izohlovchi kasb, mashg‘ulot,
amal, unvon, holat, taxallus, laqab kabi ma’nolarni bildiradi:
Shuningdek, izohlovchi geografik nomlar, korxona, muassasa,
gazeta va jurnal nomlarini anglatadi. Masalan:
Bu kishi sobiq
jangchi-oshpaz Ahmad Obidov bo‘ladilar.
O‘xshatish va xoslik ma’nolarini bildirgan izoh
lovchilar bilan
izohlanmish o‘rtasiga tire qo‘yi
ladi. Masalan:
Vatan – ona so‘zi
naqadar laziz. Dalalarda mehnat – hayot boshlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: