A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa.
- 41-modda.
- Lug‘at 50-modda.
3-
mashq. Quyidagi gaplarni o‘qing, daftaringizga ko‘chiring. Izohlov- chilarni aniqlab, tagiga chizing. 1. Akademik Pavlov sutga „Tabiat tomonidan tayyorlangan ovqat!“ deb baho bergan edi. 2. Shokir aka yozuvchi Sadriddin Ayniy, Abdulla Qodiriy bilan sirdosh edi. 3. Ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher Navoiy o‘z ijodi bilan o‘zbek ada- biyoti va o‘zbek tilini yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tardi. 4. Bugun sizni kutar maktab — darsxona. 5. O‘zbek shoirasi Zulfiya Neru mukofotini olishga sazovor bo‘ldi. 6. Butun olamni boqib katta qilgan onani — ayolni ko‘klarga ko‘taraylik. Uyga vazifa. „Mening burchim“ mavzusida matn yarating. 2 - d a r s 1-modda. O‘zbekiston — suveren demokratik respub lika. 4-modda. O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir. 5-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tas diq langan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega. 29-modda. Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. 41-modda. Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir. Bilasizmi? 4 – O‘zbek tili 9-sinf http://eduportal.uz 50 Lug‘at 50-modda. Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar. 66-modda. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota- onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar. 3- topshiriq. Matnni o‘qing. Matn yuzasidan berilgan savollarga og‘- zaki javob bering. Burch Burch har bir kishining o‘z vazifalarini to‘liq bajarish, odamlarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish kabi fazilatlarni ifoda etadi. Burch shaxsning jamiyatga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Aql-zakovat, tafakkur asosida va ularga tayanib o‘z burchini bajarish faqat insongagina xos. Burch shaxsning axloqiy faoliyatini ifodalovchi mas’uliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan cham barchas bog‘liqdir. O‘z burchiga sodiqlik har bir kishiga obro‘ hamda shon-sharaf keltiradi. Har bir insonning o‘z burchiga sodiqligi o‘ziga, jamiyatga, Vatanga, oilaga, farzandlariga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi. Burch – muqaddas. Burchga sodiqlik Vatanga sodiqlikdir. O‘z burchiga sodiqlik har bir kishining odobi, axloqini ifodalaydi, ammo o‘z burchini bajarmagan kishilar xalq orasida hurmat topmaydi. Burch o‘z-o‘zidan shakllanmaydi, balki tarbiya jara yonida kamol topadi. Burchni tarbiyalash jarayonida o‘z-o‘ziga talabchanlik rivojlanadi. Natijada har bir kishida o‘z ishiga, bilimiga va kuch- quvvatiga ishonch qaror topadi. O‘z burchini bilgan kishi o‘zining to‘g‘riligi bilan ishdagi kamchiliklarni ochib tashlaydi hamda nojo‘ya harakat qilayotgan kishilarga murosasiz bo‘ladi. Burchiga sodiq kishi birovlarni ranjitmaydi, boshqalarni xafa qilmaydi va sabr-toqatli bo‘ladi. („Vatan tuyg‘usi“ kitobidan) Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling