A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning
Download 1.4 Mb. Pdf ko'rish
|
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanish uchun so‘zlar
- Uyga vazifa.
1-
mashq. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘yib yozing. 1. Xiva ... Xorazmning noyob qadimiy shahridir. 2. Ravoq tepasi- da ... panno bor. 3. Ulug‘bek madrasasi ... va ... , ... pannolar bilan bezatilgan. 4. Tillakori madrasasi Registondagi eng ... obidadir. 5. Madrasaga ... yulduzlar shaklidagi naqsh tushirilgan. Foydalanish uchun so‘zlar: o‘n qirrali, ko‘hna, oq, ko‘k, zangori, hashamatli, go‘zal. 2- mashq. Berilgan so‘zlar yordamida gaplar tuzing. Ko‘hna, ulug‘vor, qudratli, yodgorliklar, noyob, naqshinkor, qudratli, tarixiy. 3- mashq. Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling. Aniqlovchi- larni o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring. 1. O‘zbekistonning qadimiy yodgorliklarini ko‘rgani juda ko‘p sayyohlar kelishadi. 2. Samarqanddagi ko‘p me’moriy yodgorliklar Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurilgan. 3. Shu me’moriy yodgorliklar XIV–XV asrlarda bunyod etilgan. 4. O‘n beshta kitob o‘quvchilarga http://eduportal.uz 54 tarqatildi. 5. Amir Temur barcha mamlakatlardan mashhur hunarmandlar, me’morlarni keltirib, ushbu madrasa va masjidlarni qurdirgan. 6. Registon ansambli uchta salobatli madrasadan iborat. Uyga vazifa. Shahringizdagi me’moriy obidalardan birini tasvirlab, matn tuzing. 2 - d a r s 3- topshiriq. Suhbat matnini to‘ldiring. Aniqlovchilarni aniqlang. – Nargiza, sen O‘zbekistonning qadimiy shaharlarida bo‘lganmisan? – ... – Qanday me’moriy obidalarni ko‘rding? – ... – Senga ko‘proq qaysi tarixiy obida yoqdi? – ... – Nima uchun? – ... 4- topshiriq. Matnni o‘qing. Matn yuzasidan savollarga javob bering. Me’moriy obidalar Biz yashayotgan ikki daryo oralig‘ida joylashgan zamin O‘z- bekistondir. Yurtimizda qadimiy va navqiron shaharlar ko‘p. Ulardan Samarqand, Buxoro, Xiva kabilar dunyoga o‘zining me’moriy obidalari bilan mashhurdir. Samarqanddagi Registon maydoni, Shohi Zinda ansambli, Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim madrasasi, afsonaviy Buxorodagi Ark qal’asi, Ismoil Somoniy maqbarasi, Chor minor majmualari, Labi hovuz ansambllari, Ko‘hna Xivaning Ichan qal’asi, Juma masjidi, Kaltaminor, Pahlavon Mahmud maqbarasi, Dishan qal’a, Toshhovli va boshqalar bunga misoldir. Bu muzey-shaharlarga dunyoning barcha burchaklaridan har yili minglab sayyohlar kelib, tarixiy yodgorliklarimizni zavq bilan tomosha qiladilar. Ular aynan mana shu obidalarimizni ko‘rib hayratga tushadilar. http://eduportal.uz |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling