A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

4-
mashq.
Gaplarni yozing. Vositasiz to‘ldiruvchilarni toping.
1. Sen ko‘rganni u ham ko‘rgan. 2. O‘quvchilar hozir kitob o‘qishyapti.
3. U Ikromjonni frontga ana shunday kuzatib qolgan edi. (S. 
A) 
4. Bu kitobni ukam uchun oldim. 5. Yaxshini maqtasang yarashur, 
yomonni maqtasang adashur. (Maqol) 6. Qiy-chuv bilan ularni yengib 
bo‘lmaydi. 7. Birni birov beradi, ko‘pni mehnat. (Maqol) 8. Og‘zi 
bo‘shga ishonib bo‘lmaydi.
Uyga vazifa. Vositali va vositasiz to‘ldiruvchilarga to‘rttadan misol 
yozing.
Vositali
Vositasiz
3 - d a r s
Adabiy o‘qish
4-
topshiriq. 
Matnni o‘qing va berilgan topshiriqlarni bajaring.
Odobli bo‘ling
O‘zingizdan kattalarga yo‘l bering. Ularga avtobus va boshqa joy-
larda o‘rin bering. Yoningizdagi kishining biror narsasi yerga tushib 
ketsa, uni darhol olib bering.
Uyda odamlar oldida taltayib yotmang, stul, divanda yastanib 
o‘tirmang, qo‘lni orqaga qilib yoki cho‘ntakka tiqib, kekkayib turmang.
http://eduportal.uz


80
Xushmuomala bo‘ling. Baqirib, jerkib, qo‘lni paxsa qilib yoki 
birovni qo‘l bilan ko‘rsatib so‘zlashmang, qo‘r 
slik qilmang. Har kuni 
ertalab ota-onangizga, aka, opalaringizga salom bering. O‘zingizdan 
kattalarni ko‘rga 
ningizda, albatta, salom bering. Kattalarning gapiga 
ara lashmang, kattalar qo‘l uzatsalargina ular bilan qo‘l be rib ko‘rishing.
„Marhamat“, „rahmat“, „ruxsat eting“, „iltimos qila 
man“, „kechi-
rasiz“, „uzr“ kabi so‘zlarning qachon ayti 
lishini bilib oling. Yomon, 
uyat gaplarni aytmang. Oq 
soq, g‘ilay, soqov va boshqa kamchiligi 
bo‘lgan kishilarni masxara qilmang, boshqalarga laqab qo‘ymang.
(Donolar bisotidan)
Matn yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Odobli bo‘lmoq uchun yana nimalar qilish kerak 
ligini so‘zlab 
bering.
2. Jamoat joylarida yoshlarning o‘zlarini tutishlari haqida nima 
deya olasiz?
3. Barkamol inson qanday bo‘lishi kerak?
4. Matn asosida o‘z fikringizni bildiring.

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling