A rafiyev, G. Muxamedjanova ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning


Download 1.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/94
Sana06.02.2023
Hajmi1.4 Mb.
#1170397
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94
Bog'liq
96369 88fa6cab4b00ce50c22a21de984fc32b

1-
mashq.
Berilgan gaplarni yozing va ona tilingizga tarjima qiling. 
To‘ldiruvchilarni topib, ifodalanishini tushuntirib bering.
1. Aqlli o‘zini ayblar, aqlsiz – do‘stini. 2. Yaxshiga qora yuqmas
yomonga el boqmas. 3. Onam ularga to‘rttadan non berdilar. 
4. Ko‘rganni eshitgan yengibdi. 5. U bizni sayohatga taklif qildi. 
6. Uning tepa sochi tikka bo‘lishidan qo‘rqdi. 7. Sen meni gapga 
chalg‘itma.
2-
topshiriq.
Matnni o‘qing. Matn yuzasidan berilgan topshiriqlarni 
bajaring.
Muqaddas ayol
Ayol! Bu so‘z zamirida olam-olam ma’no jamlangan. Ayol gul kabi 
chiroyli, mehnatkash, fidokor va mehribon zot. O‘tmish faylasuflaridan 
biri: „Jamiyatning qay dara 
jadaligi ayolga bo‘lgan e’tibor bilan 
o‘lchanadi“, – deya haq gapni aytgan.
Zero, ma’lum ma’noda, ayollarning jamiyatimiz hayo 
tidagi tutgan 
o‘rinlari, izzat-hurmatlari, umuman ayolga bo‘lgan e’tibor mazkur 
jamiyatning ma’naviy darajasini belgilab beradi.
Ayollarimiz o‘z mehnatlari, iqtidorlari bilan ja 
miyati 
mizning 
yuksalishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Hozirgi kunda 
faol xotin-qizlarimizni ja 
moat tashkilotlarida, siyosiy partiyalarda
tadbirkorlar orasida, olim va yozuvchilar orasida uchratish mumkin.
Ular o‘z kasbining mohir ustalari, uyda esa ajoyib beka 
dirlar.
http://eduportal.uz


84
Lug‘at
Ayol haqida gapirar ekanmiz yana bir oddiy haqiqatni eslatib o‘tish 
joizki, u ham bo‘lsa, har bir ayol – ona. Dunyoga daho farzand 
yetkazib berayotgan onani buyuk demay bo‘ladimi!
fidokor
– cамоотверженная
faylasuf
– философ
ma’lum ma’noda
– в определённом смысле
jamiyatimiz hayotida 
– в жизни нашего общества

Download 1.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling