A. S. Makarenko fikricha, tasodifiy ravishda o„qituvchi bo„lib qolgan, lekin u bu ishga qiziqib ketib badiiy adabiyotni ko„p o„qigan M. Gorkiyni o„zining ustozi deb uni asarlarini o„rganishga kirishgan. A. S. Makarenko


Download 21.68 Kb.
bet3/4
Sana01.03.2023
Hajmi21.68 Kb.
#1238298
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu qobilyat va pedagogik qobiliyati haqida tushuncha

Bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatlar. Bunday qobiliyatga ega bo„lgan o„qituvchi fanni o„quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi. O„z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi.
Tushuntira olish qobiliyati - o„quv materialini o„quvchilarga tushunarli qilib bayon eta olish, o„quvchilarda mustaqil ravishda faol fikrlashga qiziqish uyg„otish qobiliyati.
Kuzatuvchanlik qobiliyati - o„quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish qobiliyati, o„quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy xolatini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog„liq bo„lgan psixologik ko „ zatuvchanlikdir.
Nutq qobiliyati - nutq yordamida, shuningdek, imo - ishora vositasida o„z fikr va tuyg„ularini aniq ifodalash qobiliyati. Bu o„qituvchilik kasbi uchun juda muhim.
Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan, o„quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan, o„z ishini to„g„ri uyushtirishni nazarda tutadi.
Obro‘ orttira olish qobiliyati - o„quvchilarga bevosita emotsional - irodaviy ta’sir ko„rsatish va shu asosda obro„ qozona olish. Obro„ faqat shu asosdagina emas, balki o„qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va hokazo.
To‘g‘ri muomala qila bilish qobiliyati - bolalarga yaqinlasha olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazaridan juda samarali o„zaro munosabatlar o„rnata bilish, pedagogik nazokatning mavjudligini bildiradi.
Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati - o„z harakatlari oqibatini ko„ra bilishda, o„quvchining kelgusida qanday odam bo„lishini tasavvur qila olishida, tarbiyalanuvchilarda qanday fazilatlarni taraqqiy ettirish lozimligini oldindan ayta olish.

Download 21.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling