A s. P. Kostichev b к. A. Timiryazev c ch. Darvin d teofrast


Download 44.13 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi44.13 Kb.
#1531313
  1   2
Bog'liq
test


1. o‘simliklarning yoshiga qarab rivojlanish qonuniyatlarini, morfogenez hamda o‘simliklarni rivojlanishining boshqarish qonuniyatlarini o‘rganadi.
A)Ontogenetik yo’nalish B)Ekologik yo’nalish C)Biofizik yo’nalish D) Tadrijiy yoki solishtirma yo‘nalish
2. ”Agar yashil barg bir necha yilga ishlashni to‘xtatsa, yer yuzidagi barcha jonzot, jumladan insoniyat ham nobud bo‘ladi” Bu fikrning muallifini toping?
A) S.P.Kostichev B) К.A.Timiryazev C)Ch.Darvin D)Teofrast
3. O‘simliklar hujayralari shakli jihatidan nechta va qaysi gruppaga bo‘linadi?
A) Parenxima shaklli va Prozenxima shaklli B) Parenxima shaklli va Xlorenxima shaklli C)Meristema shaklli va Parenxima shaklli D)Meristema shaklli va Xlorenxima Shaklli
4. vegetativ hujayralarida yadroning o'lchami o'rtacha necha mikrongacha boradi?
A)5-25 B)5-15 C)15-25 D)10-15
5. endoplazmatik to‘r va plazmolemma membranalarini tutashtiruvchilik vazifasini Qaysi qism bajaradi?
A) Golji apparatining membranasi B) endoplazmatik to‘r membranasi C)Hujayra membranasi D)Tanoplast
6. Yuksak o‘simliklarning barg hujayralarida necha donagacha plastidalar uchraydi?
A) 20-50 B)40-50 C) 25-55 D)45-55
7. Har bir hujayrada Mitoxondriya nechtagacha uchraydi.
A)bir necha 10tadan 2000tagacha B)1necha 10tadan 3000tagacha C)1necha 10tadan 4000tagacha D)1necha 10tadan 5000tagacha
8. o‘simlik hujayralaridagi mitoxondriyalar har necha kunda yangilanib turadi.
A) 5-10 B)5-15 kunda D)10-15Kunda C)15-20kunda
9. . Yadro membranadan uzilib chiqqan pufakchalar nimadeb ataladi.
A) initsial tanachalar B) initsial pufakchalar C) vakuola D)lizosoma
10. Peroksisomalar diametri necha mkm?
A) 0,2-1,5 B)0.2-0.5 C)0.5-1.5 D)1.5-2.0
11. unayotgan urug‘ hujayralarida hosil bo‘ladigan organoid qaysi?
A) Glioksisomalar B) Peroksisomalar C) Sferosomalar. D)Liposoma
12. energiya elektronlarning kinetik energiyasi hamda elektronlarning bir-biri va atom yadrolari bilan òzaro ta'sirlari natijasida vujudga kelgan energiyalar yiģindisiga teng.
A)Kimyoviy B)Mexanik C)Fizik D)Elektromagnit
13.Xlorofil nimadan hosil bo’lgan?
A)Protoxlorofilid B)Protoxlorofil C)Postxlorofill D)Postxlorofilid
14. Plastidlar hajmining oshishi ularda qanday modda to’PLANISHI BILAN BOG’LIQbilan bog'liq.
A)Oqsil B)Yog’ C)uglevod D)Nuklein kislota
15. U tilakoid membranada xlorofill molekulasini ushlab turuvchi langar vazifasini bajaradi.
A) Fitol spirti B)Fitozol C)Fitotsianin D)Stroma
16. fotoreduksiya qanday jarayon?
A) elektronni qabul qilish B) elektron berish C)Elektron yo’qolishi D)t.j.y
17. Qo’ng’ir suv o'tlarida xlorofillning qaysi turi mavjud?
A) xlorofill c B) xlorofill a C) xlorofill b D) xlorofill e
18. qorong’idan yorug’likka chiqarilsa tezda yashil rangga kira boshlaydigan o’simliklarga nima deyiladi.
A) etiollangan o’simliklar B) etiollofit o’simliklar C)etiollotrof o’simliklar D)etiollobiont o’simliklar
19. pomidor rangini va tarvuz mevalarining rangini belgilaydigan asosiy pigment qaysi?
A)likopen B) karotin C)ksantofil D)xlorofil
20. qaysi pigment qizil va ko'k-yashil suv o'tlar pigmentlarining umumiy nomi bo'lib, ularning safro pigmentlari (safro - o't) bilan yaqin aloqadorligi aniqlangan.
A. Fikobilinlar B. fukoksantin C. fikoeritrin D. Ksantofillar
21. chigitlarda necha % fosfor bo‘lishi mumkin.
A)2.5 B)3.5 C)4.5 D)5.5
22.O’simliklarning Quruq og‘irligiga nisbatan necha % qismini kaliy tashkil qiladi?
A) 0,5 - 1,2%. B) 0,5 - 1,0%. C) 0,6 – 0.8%. D) 0,5 – 0.8%.
23. Kaliyning qari organlardan yosh organlarga siljish (ko‘chish) qobiliyati kuchli bo‘lib, bunga reutilizatsiya deyiladi.
A) reutilizatsiya B)reablizitatsiya C)rekonstruksiya D)reulimitizatsiya
24. Umumiy kaliyning 80% ga yaqini qaysi organoidda bo’ladi?
A)Vakuola B)Mitoxondriya C)Xloroplast D)membrana
25. KALMODULIN nechta aminokislota qoldig’iga ega?
A) 148 B)150 C)158 D)145
26. KALMODULIN nechta kalsiy ioni bilan bog‘langan oqsil.
A)4 B)2 C)6 D)8
27. Professor R.A.Azimovning ko‘rsatishicha kalsiy o‘simliklarning qanday xususiyatini oshiradi.
A) sho‘rlikka chidamligini B)Qurg’oqchilikka chidamliligini C)Sovuqqa chidamliligini D)Mikroorganizmlarga chidamliligini
28. Qanday sabab Barglarning tomirlararo xloroziga olib keladi
A)Ca ORTIQCHASi B)Ca YETISHMASLIGI C)K YETISHMASLIGI D)K ORTIQCHASI
29.Mgning miqdori suvo’tilarda necha %?
A) 3,0-3,5%; B) 2,0-3,5%; C) 2,0-2,5%; D) 2.5-3,0%;
30. Umumiy magniyning taxminan necha%i xlorofill tarkibiga kiradi.
A) 10-12 B)10-15 C)15-20 D)8-12
31. Krebs siklidagi qaysi fermentdan tashqari hamma fermentlar magniy ishtirokida faollashadi.
A) fumaraza B) geksokinaza C) fosfofruktokinaza D) yenolazalar
32.Qaysi element yetishmaganda mitoxondriyalarda va ribosomalarda strukturaviy buzilishi kuzatiladi.
A)Mg B)K C)Ca D)Fe
33. organik anionlar va metallardan tashkil topgan kompleks birikmalarga nima deyiladi?
A) xelatlar B)Xelazalar C) sitoxromlar D) peroksidazalar
34. O‘simliklar tanasida anorganik kremniyni organikka aylantiruvchi maxsus ferment-...............topilgan.
A) silikazalar B)kremenaza C)Silitsidlar D)Silitsidaza
35. Bir va ikki valentli kationlarning bunday har xil va hatto qarama-qarshi fiziologik ta’siriga nima deyiladi.
A) antogonizm B)Anabioz C)Antibioz D)antibiont
36. Ayrim elementlar boshqa elementlarning fiziologik ta’sirini kuchaytirishi ham mumkin. Bunday jarayonlarga nima deyiladi?
A) sinergizm B) antogonizm C)sinergetika D)Simbioz
37. qaysi elementlar nonspesifik funktsiyalarga ega - ular osmotik tartibga solishda, elektronlar muvozanatida va membrana o'tkazuvchanligida ishtirok etadi;
A) K, Mg, Ca, Mn, Cl B) Fe, Su, Zn, Mo C) Se, Br, I, F, Al D) C, H, O, N, P va S
38. - o'simlik va tuproqda xelatlar shaklida mavjud bo’lgan elementlar qaysi
A) Fe, Su, Zn, Mo B) K, Mg, Ca, Mn, Cl C) C, H, O, N, P va S D) Se, Br, I, F, Al
39. organik birikmalar biosintezi substrati sifatida nimalar bevosita ishtirok etishadi?
A) azot, oltingugurt B) fosfor, oltingugurt C) metall ionlari D) t,j,y
40. ildiz hajmining minerallar kiradigan yoki erkin diffuziya natijasida ajralib chiqadigan qismi nima deb ataladi.
A) apoplast B)kinetoplast C)Ildiz tukchalari D)kineoplast
41. Lipid biqatlamlarida eriydigan kichik gidrofobik molekulalarga nima deyiladi?
A) Ionoforlar B)liponoforlar C)protoforlar D)glikoforlar
42. CO2 ning dastlabki o’zlashtirilishi uchun akseptorlik vazifasini nima bajaradi.
A) ribuloza 1,5 difosfat B) ribuloza 1,4 difosfat C) ribuloza 1,3difosfat D) ribuloza 1,2 difosfat
43. C ni ribuloza bifosfatga biriktiruvchi ferment qaysi?
A) Rubisko B) ribulogenaza C)koferment D) C riboksikenaza
44. Fotorespiratsiya nima?
A) Foto nafas olish B) Fotosintez C)fotonastiya D)yorug’lik tomonga o’simlikni o’sishi?
45.O’simlik hujayrasidagi qaysi organoid nafas olish a’zosi hisoblanadi.
A)Mitoxondriya B)Sitoplazma C)golji D)Endoplazmatik tor membranasi
46. O’simliklarning nafas olish jarayonida ajralib chiqqan karbonat angidridning yutilgan kislorodga bo’lgan nisbatiga nima deyiladi?
A) nafas olish koeffisiyenti B) nafas olish miqdori C) nafas olish va nafas chiqarish D) nafas olish soni
47. Nafas olish jarayonida yog’ kislotalari va oqsillar ishlatilsa, nafas olish koeffisiyenti qanday qiymatda bo’ladi.
A) birdan kichik B) birdan katta C)birga teng D)t,j,y
48. Nafas olish jarayonida uglevodlar ishlatilsa – koeffisiyent qanday qiymatda bo’ladi?
A) birga teng B) birdan kichik C) birdan katta D)t,j,y
49. Nafas olish jarayonida organik kislotalar ishlatilsa, nafas olish koeffisiyenti qanday bo’ladi.
A) birdan katta B) birdan kichik C) birga teng D)Aniq qiymatga ega emas
50.otquloq kislotasining biologik oksidlanishida nafas olish koeffisiyenti nechaga teng bo’ladi.
A)4ga B)5ga C)6ga D)7ga
51. urug’lar kislorod kam yoki anaerob sharoitda nafas olganda (suvga botirilib saqlansa) havodan O2 yutilmaydi, lekin CO2 ajralib chiqadi. Bunda nafas olish koeffisiyenti qiymati qanday bo’ladi?
A) birdan katta B) birdan kichik C) birga teng D)Aniq qiymatga ega emas
52. . Donor bilan akseptor birgalikda oksidlanish – qaytarilish tizimini tashkil etadi. O’simliklarda Bu reaksiyalarni boshqaruvchi fermentlarga nima deyiladi.
A) oksidoreduktazalar B) oksidorestriktazalar C) oksidorekombinazalar D) oksidoreplikazalar
53. elektronlarni faqat kislorodga yetkazib beradigan fermentlar?
A) Oksidazalar B)Oksigenazalar C) Oksikarbogidrazalar D)Oksielektronidazalar?
54. Vodorod peroksidning hosil bo’lishida qaysi ferment ishtirok etadi?
A) flavoproteinoksidazalar B) polifenoloksidazalar C) sitoxromoksidazalar D) ksantinoksidazalar
55. Tarkibida 10-12% suvi bo’lgan bir kilogramm arpa urug’i bir sutkada qancha mg CO2 ajratadi.
A) 0,3-0,4 B) 0,3-0,5 C) 0,3-0,6 D) 0,4-0,5
56. Havoda O2 miqdori necha foizdan tushsa o’simliklarda kislorod yetishmasligi kuzatiladi?
A)5 B)7 C)4 D)10
57.makkajo‘xorining etiollangan bargiga yorug‘likning qaysi nurlari bilan ta’sir etganda qorong‘idagi barglarga nisbatan nafas olish jadalligi ikki baravardan ko‘proq ko‘tarilgan.
A)Ko’k spektr B)qizil spektr C)yashil spektr D)Sariq spektr
58.Kartoshka uchun harorat necha gradus bo’lishi kerak?
A) 2-4 daraja B) 0 dan -1 daraja C) +0+1 daraja D) +5 +10 daraja
59. O’simliklarda Anoksiya holati qanday holat?
A) kislorodning bo’lmasligi B) kislorodning vaqtinchalik yetishmovchiligi C) kislorodning ortib ketishi. D) kislorodning yetarli bo’lish miqdori
60.O’simliklarda Gipoksiya holati qanday holat?
A) kislorodning vaqtinchalik yetishmovchiligi B) kislorodning bo’lmasligi C) kislorodning ortib ketishi. D) kislorodning yetarli bo’lish miqdori
61. Qaysi ferment yog‘larning almashinuvida muxim rol o‘ynaydi, shuning uchun moyli o‘simliklarning urug‘ida keng tarqalgan?
A) Izositroza B)Lipaza C)Proteaza D)Izolipaza
62. Kim qachon o‘simlik pigmentlari va ularga yaqin bo‘lgan tabiiy birikmalarni ajratish uchun xromotografiya usulini ishlab chiqdi.
A) 1903 yilda M.S.Svet B) 1870-1892 yillarda Petrov C) 1903 yilda J.Senebye D) 1903 yilda K.A.Timiryazev
63.Endoplazmatik to’r atamasini fanga kim joriy etgan?
A) Porter B) M.S.Svet C) Petrov D) J.Senebye
64.Ribosomalar kim tomonidan ochilgan ?
A) Palada B) Porter C) Petrov D) J.Senebye
65. Kimyoviy sof suvning harorati necha gradus bo‘lganda vodorod va gidroksil ionlarining miqdori o‘zaro teng, ya’ni ularning har birining miqdori 1.10-7 mol/l ga teng bo‘ladi
A) 250C B) 350C C) 200C D) 150C
66. Mevali daraxtlardan 5-7 shoxchasi bo‘lgan olma daraxtida nechta ildiz hosil bo‘ladi.
A) 50 mingdan ortiq B) 100 mingdan ortiq C) 150 mingdan ortiq D) 200 mingdan ortiq
67. Guttatsion tomchilarning hosil bo‘lishi ayniqsa qanday o‘simliklarga xos xususiyat?
A) tropik B) subtropik C)mo’tadil D)quruq mevali
68.Qanday moddalarni o‘simliklarga purkaganda transpiratsiya jadalligi sezilarli darajada pasayadi?
A) Antitranspirantlar  B) Antitransplantlar  C) Antitranspirantazalar  D) Antitranspirantozalar 

69. Hujayralarda umumiy kaliyning % ga yaqini vakuolalarda bo‘ladi.


A)80 B)70 C) 30 D)50
70. Rux dukkakli va g‘allasimonlarning yer usti qismlarida qancha mg/kg quruq massa hisobida bo‘ladi.
A) 15-60 B) 55-60 C) 55-65 D) 65-70
71. Rux qaysi fermentini faollashtiradi?
A) karbongidraza B)Glikogidraza C) lipaza D)Oksigenaza
72. Qaysi olim tuproqning o‘zlashtrish qobiliyatini besh turga ajratadi: 1) mexanik, 2) fizik, 3) fizikoximik, 4)ximik, 5)Biologik.
73. Fotosintezni o‘rganish bo‘yicha birinchi tajribani ingliz kimyogari kim 1771 yilda o‘tkazdi.
A) Dj.Pristli B) Palada C) Senebye D) M.S.Svet
74. Xloroplastlar tarkibida suv ko‘p, o‘rtacha necha % ni tashkil etadi.
A) 75 B)65 C)70 D)60
75.Qaysi moddalar tarkibida kislorod bor va ular asosan sariq rangda ko‘rinadi. Asosiy vakillari lyutein (С40Н56О2) violaksantin (С40Н56О4) .
A) Ksantofillar B) Karotinlar C) Fikoeritrin D)t,j,y
76. Glioksilat sikli birinchi marta kimlar tomonidan bakteriyalar va mog’or zamburug’larida aniqlangan edi.
A) G.L. Korenberg va G.A.Krebs B) G.L. Korenberg va Senebye C) Svet va G.A.Krebs D) Dj.Pristli va G.A.Krebs
77. Tashuvchilik vazifasini bajaruvchi oqsillar membranada bitta erigan moddani o’tkazsa bunga nima deyiladi.
A) unkport B) simport C) antiport D)t,j,y
78.Moddalar tashilishining qaysi turida oqim sitoplazma va plazmodesmalar vositasida harakatlanadi.
A) Simplast B) Apoplast C) Yaqinga tashish D)t,j,y
79. Elaksimon naychalardan ajratilgan shiraning kontsetratsiyasi necha % atrofida bо‘lib deyarli konsentrlangan eritmani tashkil qiladi.
A) 10-25 B) 20-25 C) 20-35 D) 30-35
80. oqim hujayralarining devori orqali harakatlanadi va uchinchi yo‘l – vakuolalar tizimi orqali amalga oshadi.
A) Apoplast B) Simplast C) Yaqinga tashish D)t,j,y
81. Poya, novda va ildizlarning o‘sishi qanday o‘sish turi deyiladi?
A) apikal o‘sish B) peritsikl o’sish C) fellogen o’sish D)Eniga o’sish
82. . Fitogormonlar haqidagi ta’limot XX asrning 30-yillarida kimlar tomonidan yaratildi?
A) N.G.Xolodniy va V.V.Vent B N.G.Xolodniy va Senebye C) Dj.Pristli va V.V.Vent D) N.G.Xolodniy va Dj.Pristli
83. 1938 yilda esa kimlar birinchi marta gibberella zamburug‘idan gibberellinni sof kristall holida ajratib oldilar va gibberellin (GA) deb nom berdilar.
A) T.Yabuta va Sumikilar B) T.Yabuta va G.L. Korenberg C) G.L. Korenberg va Sumikilar D) Senebye va Sumikilar
84. Poyaning uzayishini to‘xtatuvchi moddalar qanday nom bilan ataladi.
A) retardantlar B)Ingibirantlar C)reduksidantlar D)regrezantlar
85. Qaysi moddalar o‘simliklarni o‘sishdan to‘xtatishda va begona o‘tlarga qarshi kurashda ishlatiladi.
A) Gerbitsid B) pestidsid C)fungitsid D)Akaritsid
86. O‘simliklarni tezda quritib yuboradigan kimyoviy moddalar nimalar deyiladi.
A) desikantlar B) pestidsid C)fungitsid D)Akaritsid
87. Qanday – o’simliklarning yerning tortish kuchiga asosan o’sish harakatidir. Ya’ni urug’ yerga qanday tushishidan qat’iy nazar uning poyasi yer o’stiga ildizi pastga qarab o’sadi.
A) Geotropizm B)Geonastik harakatlar C)geonutasiya harakatlari D)geoperiodizm
88. Sitoplazmadagi statolit kraxmali joylashgan tanachalarga nima deyiladi?
A) amiloplastlar B) statositlar C)amilotsitlar D)statoplast
89. Barg plastinkasining quyosh nurlariga perpendikulyar ravishda joylanish qobiliyatiga nima deyiladi?
A) diafototropizm B) termotropizm C) xemotropizm D) Tigmotropizm

Download 44.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling