A. S. Yuldashev, M. U. Tojiboyev


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/88
Sana02.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#187872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
2botanikresursshunoslikpdf

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 




 

 

KIRISH 

 

 

Ho’jalik  uchun  qimmatli  belgilarga  ega  bo’lgan  o’simliklar,  floristik  va  taksonomik 

taxlili,  ularning  tarqalishi  va  zahiralarini  o’rganish,  ularning  turli  qismlari  va  ular  tarkibida 

uchraydigan moddalarni o’rganish bilan “Botanik resursshunoslik” fani shug’ullanadi.  “Botanik 

resursshunoslik” fani nisbatan yangi, nazariyadan ko’ra, ko’proq amaliyot bilan bog’liq bo’lgan 

yangi  fan  hisoblanadi.    Yevropa davlatlarida  bu  fan  “Tabiiy-ho’jalik  botanikasi”  va  Rossiyada 

“Iqtisodiy  botanika”  deb  ham  yuritilgan.  Hozirda  “Botanik  resursshunoslik”  atamasi  ko’proq 

qo’llaniladi.  

Botanik resursshunoslik fani yirik tarmoqlararo fanlarning bir qismi hisoblanadi. Ho’jalik 

uchun  qimmatli  belgilarga  ega  bo’lgan  o’simlik  resurslari,  ularning  qismlari  va  ular  tarkibida 

uchraydigan moddalar fanning o’rganish ob’yektlaridir.    

Har qanday o’simliklar qoplamida ho’jalik uchun qimmatli  belgilarga ega bo’lgan, keng 

tarqalgan  va  istiqbolli  o’simliklar  ko’pchilikni  tashkil  qiladi.  Ularni  sistematik  jihatdan 

o’rganish, ahamiyatiga ko’ra, guruhlarga ajratish, tarqalish areallari va xususiyatlarini o’rganish, 

zahiralarini, jumladan biologik, ekspluatatsion va yillik tayyorlov miqdorlarini aniqlash,  ulardan 

oqilona foydalanish bo’yicha tavsiyalar berish hamda muxofaza chora-tadbirlarini ishlab chiqish 

ushbu fanning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.  

Fanning  nazariy  qismida  o’zlashtirilgan  materiallarni  takrorlash  va  mustaxkamlashda, 

amaliy  mashg’ulot  topshriqlarini  bajarish  konikma  va  malakalarini  shakllantirishda  amaliy 

mashg’ulotlar katta ahamiyatga ega.   

Biolog mutaxassis tabiiy muxitda tarqalgan foydali o’simliklarni tanishi,  ulardan oqilona 

foydalanish  tamoyillaridan  habardor  bo’lishi,  o’simliklarga  tashqi  muxitning  ekologik  omillari 

ta’sirini bilishi, ulardan oqilona foydalanish uslublarini bilishi, fanda keng qo’llaniladigan asosiy 

tushuncha  va  uslublardan  habardor  bo’lishi  va  fanda  qo’llay  olishi,  foydali  o’simliklarning 

tabiatda  tarqalishi,  areallari  va  zahiralari  haqida  ma’lumotlarga  ega  bo’lishi  hamda  foydali 

o’simliklarni  baholay  olishi  zarur.  Undan  tashqari,  biolog  mutaxassis  foydali  o’simliklarni 

tabiatda  ajrata  bilish,  turlarni  aniqlash,  kartografik  va  boshqa  yordamchi  materiallardan 

foydalana  olish,  resursshunoslikka  oid  ilmiy  safarlar  tashkil  qila  olish,  olingan  natijalarni 

matematik taxlil qila olish, o’simlik resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muxofaza qilish 

chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo’yicha ko’nikma va malakalariga ega bo’lishlari kerak. 

Uslubiy  qo’llanmada  botanik  resursshunoslikka  oid  asosiy  atamalar,  eng  ko’p 

qo’llaniladigan  uslublar,  ho’jalik  uchun  qimmatli  belgilarga  ega  bo’lgan  o’simliklarning  3  ta 

tildagi  nomlanishi,  ularning  tasnifi  va  guruhlari,  bajarish  uchun  amaliy  topshiriqlar,  to’ldirish 

uchun  jadvallar  hamda  mashg’ulotni  bajarish  va  mustaqil  shug’ullanish  uchun  tegishli  adabiy 

manbalar ro’yhati keltirilgan.   


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling