A. S. Yuldashev, M. U. Tojiboyev


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/88
Sana02.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#187872
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   88
Bog'liq
2botanikresursshunoslikpdf

№ 

Turning nomi 

Oilasi 

Hayotiy 

shakli 

Tarqalish 

mintaqasi 

Uchrash 

darajasi 



 

 

 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

3-mashg’ulot:  Madaniy  va  yovvoyi  xolda  o’suvchi  yem-hashakbop  o’simliklar  bilan 

tanishish 

Mashg’ulotning  maqsadi:  O’zbekiston  florasida  tarqalgan  yovvoyi  xolda  tarqalgan  va 

madaniylashtirilgan  yem-hashak  o’simliklari  bilan  tanishish  va  ularning  tavsifi,  tarqalishi, 

ahamiyati, ekologiyasi va zahiralari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish 

Nazariy qism 

Yem-hashak  o’simliklariga  chorva  mollari  hamda  yovvoyi  hayvonlar  uchun  yem  sifatida 

ishlatiladigan  madaniy  va  yovvoyi  holda  o'suvchi  o'simliklar  kiradi.  Yem-hashak  o'simliklariga 

turli  hayotiy  shakldagi  o'simliklar  misol  bo'la  oladi  -  daraxtlar,  butalar,  yarim  butalar,  o'tlar, 

lishayniklar  va  x.zo.  Masalan,  keng  bargli  daraxtlarning  shoxchalarini  yoki  ignabargli 

daraxtlarning  shoxchalarini  vitaminga  va  ozuqaga  boy  yem  sifatida  ishlatish  mumkin.  Ammo 

yem  hashak  sifatida  o't  o'simliklarning  ahamiyati  juda  katta,  birinchi  navbatda  ko'p  yillik 

o'tlarning. Ayniqsa, bug’doydoshlarning (donli ekinlarning) va burchoqdoshlarning yem-hashak 

sifatidagi roli nihoyatda beqiyosdir. 

Yem-hashak o'simliklarning xo'jalik ahamiyati ularning hosildorligi, to'yimliligi,  yeyimliligi 

va ularning yaylovlarda tarqalish darajasi bilan belgilanadi. Yem-hashak o'simliklarning naqadar 

ozuqabopligi  ulardagi  proteinlar  (oqsillar)  ning  va  kletchatkaning  miqdoriga  bog'liq:  qanchalik 

protein  ko'p  va  kletchatka  kam  bo'lsa,  demak  o'simlik  shunchalik  ozuqabop  (to'yimli).  Turli 

o'simliklarda  oqsilning  miqdori  turlicha  bo'ladi,  uning  miqdori  yana  bir  turga  mansub 

o'simliklarda  vegetasiya  fazalariga  qarab  ham  har  xil  bo'ladi.  Shuni  ta'kidlash  kerakki, 

o'simliklarning faqat ozuqabopligiga qarab yem hashaklilik qimmatini aniqlab bo'lmaydi, chunki 

ba'zi  o'simliklar  juda  yaxshi  kimyoviy  tarkibga  ega  bo'lishlaridan  qat'iy  nazar  hayvonlar 

tomonidan umuman yoki qisman yeyilmaydi (masalan, juda achchiq, kuchli hidli, o'ta tukchalar 

bilan  qoplangan,  dag'al  va  b.).  Hattoki  hayvonlar  tomonidan  qanchalik  yaxshi  yoki  yomon 

yeyilishi fasllar bo'yicha ham har xil bo'ladi, bundan tashqari bitta o'simlik turini hayvonlarning 

har xil turlari ham turlicha iste'mol qiladi. 

Ishlatilishiga ko'ra,  yem-hashak o'simliklari quyidagilarga  bo'linadi:  yaylov o'tlari, pichanga 

ishlatiladigan, silosga bostiriladigan hamda konsentrlangan yem uchun ishlatiladigan o'simliklar. 

Yovvoyi  holda  o'sadigan  ko'pchilik  yem-hashak  o'simliklari  madaniylashtirilgan  (Ayniqsa, 

burchoqdoshlarga va bug'doydoshlarga mansub), ular ustida seleksiya ishlari olib borilmoqda va 

yangi navlari yaratilmoqda. Yovvoyi mollar hamda chorva mollari va uy hayvonlari uchun ozuqa 

ba'zasi  hicoblangan  yem-hashak  o'simliklar  cho'ldan  tortib,  to  yuqori  yaylov  mintaqalarigacha 

bo'lgan  maydonlarda keng tarqalgan. Yilning  faqat nam  va  salqin davrida ko'karib, o'zining  bir 

yillik rivojlanish siklini tugallaydigan bir yillik (efemer) va ko'p yillik (efemeroid) o'tlar ayniqsa 

bahor  faslida  barcha  mintaqalarda  juda  ko'p  o'sadi.  Efemerlardan  yaltirbosh,  arpag'on,  chitir, 

no'xatak,  qashqaryo'ng'ichqa,  qo'zigul;  efemeroidlardan  esa  rang,  iloq,  qo'ng'irbosh,  shair  kabi 

o'tlarni ko'rsatish mumkin. 




Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling