A. S. Yuldashev, M. U. Tojiboyev


Quyidagi jadvalni to’ldiring


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/88
Sana02.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#187872
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   88
Bog'liq
2botanikresursshunoslikpdf

Quyidagi jadvalni to’ldiring 

№ 

Turning nomi 

Oilasi 

Hayotiy 

shakli 

Tarqalish 

mintaqasi 

Uchrash 

darajasi 



 

 

 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 

4-mashg’ulot: Madaniy va yovvoyi xolda o’suvchi dorivor o’simliklar bilan tanishish 



Mashg’ulotning  maqsadi:  O’zbekiston  florasida  tarqalgan  yovvoyi  xolda  tarqalgan  va 

madaniylashtirilgan dorivor o’simliklari bilan tanishish va ularning tavsifi, tarqalishi, ahamiyati, 

ekologiyasi va zahiralari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish 

Nazariy qism 

Ilmiy tibbiyotdagi barcha dorivor o’simliklar va ularning qo’llanilishi xalq tabobati tajribalari 

asosida  kelib  chiqqan.  Ammo  barcha  dorivor  o’simliklar  ham  ilmiy  tibbiyotda  tan  olinmagan. 

Shuning uchun ham ular 2 ta katta guruhga ajratilgan.  

1.  Ilmiy tibbiyot tan olgan dorivor o’simliklar  



14 

2.  Xalq tabobatida qo’llaniladigan dorivor o’simliklar  

Ilmiy  tibbiyotda  qo’llaniladigan  o’simliklar  ham  o’z  navbatida  ilmiy  tibbiyotda  keng 

qo’llaniladigan  (ofitsinal)  va  amaliy  tibbiyotda  qo’llaniladigan  (farmakognostik)  o’simliklarga 

bo’linadi.  Ofitsinal  turlar  deb  kimyoviy  va  fiziologik  xususiyatlari  chuqur  o’rganilgan  va 

Davlat farmakopeyasi ro’yhatiga kiritilgan turlar ga aytiladi. 

Farmakognostik  turlar  unchalik  darajada  chuqur  o’rganilmagan  turlar  hisoblanadi,  lekin 

davolash amaliyotida ulardan ham foydalaniladi. Ular dorixonalarda sotiladi, kundalik davolash 

amaliyotida  qo’llanish  uchun  tavsiya  qilingan  turlardan  tayyorlangan  dorivor  xomashyolar 

hisoblanadi.  Dorivorlik  xususiyatini  namoyon  qiluvchi  o’simliklarning  asosiy  qismida 

alkaloidlar  va  glikozidlar  mavjud.  Hozirda  tibbiyotda  80  dan  ortiq  alkaloidlardan  keng 

foydalaniladi.  Ulardan  atropin,  morfin,  kokain,  xinin,  kofein,  garmalin  kabi  eng  nomdorlari 

hisoblanadi. 

Dorivor  o'simliklar  -  o'zida  odam  va  hayvon  organizmlariga  ta'sir  qiluvchi  biologik  faol 

moddalarni  saqlovchi,  tibbiy  maqsadda  foydalaniladigan  o'simliklardir.  Dunyo  bo'yicha  21000 

tur o'simlik  dorivorlik  xususiyatiga  ega.  Ayniqsa,  xalq  tabobatida  ishlatiladigan  turlarning  soni 

ko'p (arab, xind, xitoy, tibet tibbiyotida). Tibet tibbiyotida 400 ga  yaqin tur o'simlik  ishlatiladi. 

Ishlab  chiqarish  sanoati  miqyosida  ishlatiladigan  dorivor o'simliklar  va  dorivor  vositalar  davlat 

reestriga kiritiladi. Ularda turli biologik faol moddalar (BFM) to'planadi (alkaloidlar, glikozidlar, 

vitaminlar,  achchiq  moddalar,  oshlovchi  moddalar,  polisaxaridlar,  flavonoidlar,  efir  moylari  va 

boshqalar). 

Dorivor o’simliklardan olingan vositalar organizmga ta’siriga ko’ra ham tasniflanadi va 15 ta 

guruxga bo’linadi. 


Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling