A. S. Yuldashev, M. U. Tojiboyev


Download 0.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/88
Sana02.01.2022
Hajmi0.9 Mb.
#187872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88
Bog'liq
2botanikresursshunoslikpdf

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 




 

 

 

AMALIY MASHG’ULOTLAR MAZMUNI 

 

1-mashg’ulot:  Botanik  resursshunoslikda  qo’llaniladigan  ilmiy-tadqiqot  uslublari  bilan 

tanishish va ularni qo’llashni o’rganish. 

 

Mashg’ulotning  maqsadi:  Fanni  o’rganishda  qo’llaniladigan  ilmiy-tadqiqot  usullari  va  ularni 

qo’llash amaliyoti bilan tanishish 



Nazariy qism 

Ekologiyaning  asosiy  metodi  dala  sharoitida  o‘tkaziladigan  qiyosiy  ekologik-geografik 

metod  hisoblanadi.  Bunda  eksperiment  ham  juda  muhim.  Lekin  shuni  esda  tutish  kerakki,  har 

qanday  eksperimentda  tabiiy  holatni  buzishga  to‘g‘ri  keladi,  bu  esa  har  doim  tegishli  tuzatish 

kiritishni talab qiladi. 

Ekologiya  qishloq  xo‘jaligida  katta  ahamiyatga  ega.  Bu  sohadagi  deyarli  barcha 

masalalar  ekologiya  bilan  uzviy  birlashib  ketadi.  Keyingi  yillarda  esa  atrof-muhitni  muhofaza 

qilish  masalalari  ham,  inson  hayotining  ko‘pchilik  problemalari  ham  ekologiya  bilan 

chambarchas bog‘liq holda o‘rganiladigan bo‘ldi. 

 

Barcha tabiiy  fanlar tizimida  bo’lgani  singari o’simliklar ekologiyasi  fanini o’rganishda 



bir  qancha  tadqiqot  usul  (metod)  laridan  foydalaniladi.  Bu  tadqiqot  metodlariga  kuzatish,  dala, 

tajriba  (eksperiment),  matematik  modellashtirish  kabilarni  kiritish  mumkin.  Ulardan  tashqari 

hozirda zamonaviy molekulyar darajadagi metodlardan ham keng foydalanilmoqda.  

 

O’simliklarning  tashqi  ekologik  muxit  ta’siri  bilan  bog’liq  xoldagi  morfologik  farqlari, 



sutkalik,  mavsumiy,  yillik  va  har  xil  yillik  o’zgarishlari,  o’sish  va  rivojlanish  dinamikasini 

o’rganishda fenologik kuzatish metodlardan ham ken foydalaniladi. Turli hayotiy shakl va har xil 

sistematik  guruhlarga  mansub  o’simliklarning  barcha  vegetativ  va  generativ  organlarini 

o’rganishning  fenologik  va  boshqa  metodlari  “Polevaya  geobotanika  (Dala  geobotanikasi)” 

asarida batafsil bayon qilingan.  

 

Botanik resursshunoslik fanida eng ko’p qo’llaniladigan asosiy tushuncha va atamalarga 



quyidagilar kiradi: 

Paykal  (populyatsiya  yoki  uning  yig’im-terim  amalga  oshiriladigan  qismi)  –  o’simliklar 

qoplamining  tarkibida  tarqalgan,  sanoat  miqyosida  yig’ib-terib  olish  uchun  yaroqli  zahiralarga 

ega bir turga kiruvchi o’simlik tuplarining yig’indisi. 

Sanoat massivi – sanoat miqyosida yig’im-terim uchun yaroqli bo’lgan, o’rganilayotgan turning 

bir-biriga yaqin joylashgan paykallari yoki populyatsiyalari. 

Tovar  na’munasi  –  o’simlikning  yig’im-terim  uchun  yaroqli,  yetuk  va  zararlanmagan  tuplari. 

Uning  tarkibiga  (yig’im-terim  yo’riqnomasiga  asosan)  o’simlikning  urug’idan  yoki  vegetativ 

ko’payishi uchun qoldirilgan tuplari kiritilmaydi. 

O’simlik soni – muayyan xududda tarqalgan foydali o’simliklarning umumiy soni. Absolyut va 

nisbiy son tushunchalari farqlanadi. 

Zichlik  –  muayyan  o’lchamdagi  maydon  birligiga  to’g’ri  keluvchi  foydali  o’simlik  tuplari  soni 

(m

2

/dona, ga/dona). 



Proyektiv qoplanish  –  bir turga kiruvchi o’simlik tuplarining  yer ustki qismlarining  hisob-kitob 

maydonchasi yoki paykal doirasidagi qoplanish maydoni foizi. 

Hisob  (o’lchov)  maydonchasi  –  belgilangan  paykal  va  sanoat  massivi  doirasida  tarqalgan 

o’rganilayotgan o’simlikning  hosildorligi, proyektiv qoplanishi,  umumiy  sonini  aniqlash uchun 

o’rnatiladigan  muayyan  o’lchamdagi  maydoncha.  Uning  hajmi  o’simlikning  hayotiy  shakli  va 

o’lchamlariga qarab, 0,25 m

2

 (mayda o’tsimon o’simliklar) dan 2500 m



2

 (yirik daraxt va butalar) 

gacha bo’lishi mumkin. 

Transekta  -  o’rganilayotgan  o’simlikning  hosildorligi,  proyektiv  qoplanishi,  umumiy  sonini 

aniqlash uchun o’rnatiladigan ensiz va to’g’ri burchakli maydon. 



Hosildorlik  (xomashyo  zahirasi  zichligi)  –  o’rganilayotgan  o’simlik  tarqalgan  paykal  doirasida 

muayyan  maydon  birligiga  to’g’ri  keluvchi  xomashyobop  fitomassaning  umimiy  yig’indisi 

(g/m


2

, kg/ga). 

Biologik  zahira  (B.z.)  –  o’rganilayotgan  o’simlik  tarqalgan  ixtiyoriy  xududdagi  yig’im-terim 

uchun  yaroqli  va  yaroqli  bo’lmagan  o’simlik  tuplaridan  iborat  umumiy  xomashyobop 

fitomassasi yig’indisi. B.z. og’irlik (gr, kg, t) o’lchov birliklarida ifodalanadi. 

Ekspluatatsion  (sanoat)  zahirasi  (E.z.)  –  yig’im-terim  ishlari  olib  boriladigan  xududdagi  tovar 

na’muna  o’simlik  tuplarining  xomashyobop  fitomassasi  yig’indisi.  E.z.  og’irlik  (gr,  kg,  t) 

o’lchov  birliklarida  ifodalanadi.  Ekspluatatsion  zahira  hajmi  biologik  zahiraga  nisbatan  oz, 

ammo  uning  asosida  hisoblanadi.  E.z.  bir  va  ko’p  yillik  o’tsimon  o’simliklarning  yer  ustki 

qismlari uchun  b.z.ning 50% ini, daraxt, buta, butacha, yarim  butalar uchun 25% ini,   yer ostki 

qismlari uchun mos ravishda 25 va 10% ini tashkil qiladi. 

Tayyorlov  aylanmasi  (T.a.)  -  xomashyo  zahiralarining  qayta  tiklanishi  uchun  zarur  bo’ladigan 

davr (yil miqdori). 

Yillik  tayyorliv  hajmi  (Y.t.h.)  –  muayyan  xududdan  xomashyo  bazasi  zahirasiga  zarar 

keltirmasdan  bir  yil  davomida  tayyorlanadigan  xomashyo  miqdori.  Bu  miqdor  e.z  ning  t.a.ga 

nisbati bilan aniqlanadi. 

 

 

 




Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling