A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
MAVZU 16. O‘QUV USTAXONALARIDA MASHG‘ULOTLARNI
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
MAVZU 16. O‘QUV USTAXONALARIDA MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISH. 16.1. O‘quv ustaxonalarida xavfsizlik texnikasi qoidalari, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘quv ustaxonasidagi ish o‘rni, asbob uskunalar, moslamalar ularni saqlash va unga qo‘yiladigan talablar. Tayanch so‘z va iboralar: O‘quv ustaxonalari, tajribalar o‘tkazish xonalari, jihozlar, asboblarning tuzilishi, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, himoya vositalarini, baxtsiz hodisa, elektr sxemalari, ish o‘rinlari, yonish o‘chog‘i, chang tutqich qurilmalari. O‘quv ustaxonalarida xavfsizlik texnikasi qoidalariga e`tibor berish, ish o‘rinlarida mikroiqlim sharoitlarini aniqlash va o‘lchash usullarini hamda o‘lchov asboblarini to`g`ri tuzish va ishlash tamoyillarini, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘quv ustaxonasidagi ish o‘rni, asbob uskunalar, moslamalar ularni saqlash va unga qo‘yiladigan talablarni to`g`ri o‘rganish, shu bilan birga binolarda va ish o‘rinlarini yoritilganligini o‘lchash va tahlil qilish, ish o‘rinlarida shovqin va titrashni tahlil qilish, uni o‘lchash, elektr xavfsizligi bo‘yicha tahlillar va yong‘in O’quv maqsadi O‘quv ustaxonalarida xavfsizlik texnikasi qoidalari, o‘quv ustaxonalarida o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatishni tashkil qilish usullariga oid ma’lumotlarni nazariy jihatdan o’rganish 219 xavfsizligini ta’minlovchi texnik vositalar bilan tanishish va ishlash pritsiplarini o‘rganish asosiy vazifalardan biridir. Usta xona ishlarini bajarishda, oliy va o‘rta ta’lim muassasalarining tajribalar o‘tkazish xonalarida, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘quv ustaxonasidagi ish o‘rinlarida va usta xona binolarida, mehnat muhofazasi hamda texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlardan o‘tgandan keyingina talaba - o‘quvchilarga mustaqil mashg‘ulotlarni bajarishga ruxsat etiladi. Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlardan o‘tganligi to‘g‘risida talaba - o‘quvchilar va yo‘l-yo‘riqni o‘tkazishga tashkilotning mas’ul shaxsi, “yo‘l-yo‘riqdan o‘tganligi to‘g‘risida qaydnoma daftari”ga qayd etilishi va imzolanishi shart. Navbatdagi ustaxona ishini bajarishda o‘quvchi jihozlarni, asboblarni tuzilishi va ulardan foydalanish bilan tanishib, usta xona ishini bajarishga huquq beruvchi, bilimlari bo‘yicha navbatdagi nazoratdan o‘tgandan keyingina kirishishi mumkin. Usta xona qurilmalarida ishlarni bajarish jarayonida quyidagi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari vujudga kelishi mumkin: - elektr qurilmani yuqori kuchlanish bilan ta’minlanishi; - havoning changlanishi; - zaharli gazlarni ajralishi; - to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushuvchi yorug‘lik bilan ko‘zni ko‘rishiga zararli ta’sir etishi; - yuqori sathli shovqin va tebranishlar; - ochiq alanga, portlash xavfi va boshqalar. Usta xona qurilmalari va tajriba o‘tkazish xonalarida xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini xavfsiz ko‘rsatkichlariga keltirish uchun quyidagi himoya vositalarini ko‘zda tutish lozim bo‘ladi: - nol o‘tkazgich va elektr qurilmani avtomatik o‘chirish; - chang, gaz ajralib chiquvchi joylarni mahkam berkitish (germetiza-siyalash); - yong‘inga qarshi kurash texnik vositalari; - so‘ruvchi umum havo almashtiruvchi shamollatgich; 220 - yorug‘likdan himoya ekrani; - tovushdan himoyalovchi (izolyatsiyalovchi); - shovqin kamerasi. Usta xona xonasida qo‘yidagilar bo‘lishi shart: - tibbiy yordam ko‘rsatish uchun dori qutisi (aptechka) bilan ta’min-langan (jihozlangan) bo‘lishi; - usta xona xonasining har 50 m 2 maydoni hisobidan bitta o‘t o‘chirgich OU- 5 bo‘lishi; - xonaga avtomatik yong‘in xabarchilari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda talaba - o‘quvchi jabrlangan kishiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni bilishi va amalga oshirishi shart. Usta xona ishini bajarish jarayonida mehnat muhofazasi qoidalari buzilgan taqdirda talaba - o‘quvchilar javobgardirlar. Barcha nazarda tutilgan himoya vositalari va o‘t o‘chirgichlarni mavjudligi va ishga yaroqliligini tekshirish lozim. Ish joyida elektr qurilmalarni ajratib ulagichiga va tajriba xonasidagi umum- elektro-rubilnikka (elektro ajratgichga) ulanishga imkoni bor, yo‘qligini tekshirish lozim. Ishga aloqador bo‘lmagan asboblar va ish joyidagi ortiqcha predmetlarni yig‘ishtirib olinganligini tekshiring. Usta xona darslarida professor - o‘qituvchilarning topshirig‘ini yoki tajriba (eksperiment) dasturida ko‘zda tutilgan ishlarni bajarish lozim. Faqatgina soz tajriba qurilmasi, o‘lchov asboblari va uskunalar bilan ishlashga ruxsat etiladi. Elektr sxemalarini yig‘ish (o‘rnatish) faqat belgilangan elektr jihozlarida o‘tkaziladi. Tok o‘tkazuvchi simlarni ulashda (biriktirishda) uning sirti ishonchli izolyatsiyalangan (himoyalangan), ularning uchlari yaxshi (mustahkam) kavsharlangan bo‘lishi shart. 221 Elektr jihozlar yerga ulangan yoki nol o‘tkazgichga ulangan taqdirdagina ularga kuchlanishni uzatish mumkin. Elektr tokidan jarohatlanishning oldini olish uchun qo‘l bilan klemmaga (o‘tkazgich) va boshqa tok o‘tkazuvchi detallarga tegish taqiqlanadi. Faza nol tugunlarida qarshilikni o‘lchash dielektrik qo‘lqopda, rezina gilamchada yoki dielektrik oyoq kiyimlari o‘tkaziladi. Agarda asboblar, jihozlar ishlayotganida biror bir nosozliklar vujudga kelsa, tezda ular o‘chiriladi (ishdan to‘xtatiladi). Usta xona xonasidagi ko‘rgazmali boksni ya’ni idishni havo - mexanik ko‘pik mahsulotlari bilan ¾ hajmdan ko‘p bo‘lmagan holda to‘ldirish talab qilinadi. Usta xonadagi ish o‘rinlarida yong‘in chiqadigan holatni vujudga kelishining oldini olish uchun chekish, ochiq alangadan foydalanish taqiqlanadi. Yong‘inni o‘chirish jarayoni bo‘yicha usta xona ishini, tajriba xonasidan tashqarida ochiq maydonlarda o‘tkazish tavsiya etiladi. Elektr qurilmasining qobig‘iga kuchlanish paydo bo‘lganligi sezilsa, tezda uni tokdan ajratish lozim. Bu to‘g‘rida esa professor - o‘qituvchiga tezda xabar berish talab qilinadi. Yonish o‘chog‘idagi olovni o‘chirishda o‘t o‘chirish vositasi ishlamay qolgan holatda, tezda olovni o‘chirish uchun, yonish kamerasining qopqog‘ini bekitish bilan amalga oshiriladi. Baxtsiz hodisa sodir bo‘lganda jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Asboblar, jihozlar elektr ta’minotidan ajratiladi (o‘chiriladi). Ish joyi tartibga keltirilib, ma’lumotnomalar, uslubiy va boshqa adabiyotlar, asboblar, uskunalar professor - o‘qituvchiga yoki laborantga topshiriladi. Ish joyining harorati, atmosfera bosimi, nisbiy namligi va havoning harakatlanish tezligi aniqlanadi. O‘quv ustaxonalarida havoni changdan tozalash uchun har xil chang tutqich qurilmalaridan foydalaniladi. Ularning ish uslubi, ko‘rinishi, o‘lchamlari va changni tutish imkoniyatlari ham turlicha. Shuning uchun changni fizik 222 o‘lchamlari va kimyoviy xususiyatlariga qarab kerakli chang tutqich qurilmasi tanlab olinadi. O‘quv ustaxonalarida foydalanish uchun tavsiya qilingan chang tutqich qurilmalarni tozalash darajasi bo‘yicha dag‘al va mayin tozalagichlarga ajratiladi. Ish joylarining yoritilganlik me’yorlari va yoritilganlikni aniqlovchi asboblar bilan tanishish, ish joylari yoritilganligini aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish lozim. Ishlab chiqarish xonalari va ish joylarini yoritish sun’iy va tabiiy usulda amalga oshiriladi. Ish joylarini sun’iy yoritishning asosiy ko‘rsatkichlariga yoritilganlik, yorug‘lik oqimi, yorug‘lik kuchi, ravshanlilik, yorug‘likni yutish, qaytarish, o‘tkazish koeffitsientlari, yoritilganlikni pulsatsiya va notekislik koeffitsienti, fon, kontrast kabilar kiradi. Tabiiy yoritilganlik esa, tabiiy yoritilganlik koeffitsienti bilan baholanadi. Yoritilganlikning me’yoriy miqdori ishning turiga va ish razryadiga bog‘liq holda belgilanadi. Yuqori xavfli xonalar unda quyidagi sharoitlardan birining mavjudligi bilan xarakterlanadi: -tok o‘tkazuvchi pollar (metall, tuproq, beton); -namlik (havoning nisbiy namligi) 75% dan yuqori yoki tok o‘tkazuvchi changlar; -havo haroratining yuqoriligi (+30 0 S dan yuqori); -ishchilarni bir vaqtda elektr uskunasining metall korpusiga va binoning yerga biriktirilgan metall konstruksiyalariga va uskunalarga tegishi mumkinligi. -havoning nisbiy namligi 100 % ga yaqin; -kimyoviy aktiv muhitlar (kislota va ishqorlar bug‘lari); -bir vaqtda yuqori xavfli xonalar uchun ko‘zda tutilgan sharoitlardan ikki yoki undan ortig‘ini mavjudligi; Bu kategoriyalarga xonadan tashqarida, ochiq maydonda ishlatilayotgan elektr qurilmasini ham tenglashtirish mumkin. Yuqori xavfli bo‘lmagan xonalarga yuqori xavfli va o‘ta xavfli xonalardagi sharoit belgilari bo‘lmagan xonalarni kiritish mumkin. 223 Ko‘pchilik qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish xonalari yuqori xavfli xonalarga (poli tuproqli xonalar) yoki o‘ta xavfli (molxonalar, chuchqaxonalar, issiqxonalar va boshqalar) xonalarga bo‘linadi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling