A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Hozirgi zamon o`qitish vositalarining yaratilishi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

19.1. Hozirgi zamon o`qitish vositalarining yaratilishi
tavsifnomasi, o`qitish vositalarining rivojlanish istiqbollari, 
kasbiy ta`limda turli pedagogik uslublarni qo`llashning 
ahamiyati, zaruriyati. 
Tayanch so‘z va iboralar:
Muloqot va munosabat, o‘qitishning texnik vositalari, vositalridan 
foydalanish, texnikaviy-pedagogik talablar, ko‘rsatmalilik tamoyili, tasviriy 
ko‘rsatmalar, ko‘rsatmali qo‘llanmalar, texnik muammolar.
Hozirgi paytda ta’lim-tarbiya tizimida o‘qituvchining tahsil oluvchilar bilan 
jonli muloqot va munosabati muhim ahamiyatga ega bo‘lganligiga qaramay, u 
yagona axborot manbai bo‘la olmasligi hayotiy haqiqat. Shuning uchun ham 
ta’lim-tarbiya ishini osonlashtiradigan va samaradorligini oshirish omillaridan 
keng foydalaniladi. Ana shunday omillardan biri o‘qitishning texnikaviy 
vositalaridir. 
O‘qitishning 
texnik 
vositalari 
deganda 
ta’lim-tarbiya 
jarayoni 
ishtirokchilarining hamkorlik faoliyatini ta’minlab, uning samaradorligini 
oshirish, ta’minlash maqsadida foydalaniladigan qurilmalar tizimi tushuniladi. 
Barcha o‘qitishning texnik vositalarini shartli ravishda uch asosiy guruhga 
bo‘lish mumkin: 
1) audiovizual vositalar (kinoproeksiya, diaproeksiya va epiproeksiyalar, 
ovoz yozib olish, televidenie, radio); 
 
 
O’quv maqsadi 
Hozirgi zamon o`qitish vositalarining yaratilishi
tavsifnomasi
 
mazmuni, an`anaviy va noan`anaviy dars 
berish uslublamazmuni darslarni aniq yo‘naltirilgan 
savollar asosida olib borish uslubi, guruhlarni juftlik yoki 
kichik guruhlarga bo‘lib dars o‘tish uslubi, dars jarayonida 
modellashtiruvchi o‘yinlarni qo‘llash, modellashtiruvchi 
o‘yin usulining afzalliklari, kursni o‘rganishd

tadqiqot 
uslubi mazmuniga oid ma’lumotlarni nazariy jihatdan 
o’rganish



242 
2) jihozlar, uskuna va asboblar
3) dasturli (kompyuterli) ta’lim vositalari. 
O‘qitishning texnik vositalaridan ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etuvchi 
komponentalari bilan uzviy bog‘liqlik va munosabatlarini hisobga olgan holda 
foydalanish zarur. Aks holda mashg‘ulot samarasini umuman yo‘qqa chiqarish 
ham mumkin. 
Mashg‘ulotda o‘qitishning texnik vositalridan foydalanish yordamchi 
harakterga ega bo‘lib, ularni tanlash, ishlatish vaqti va joyi darsning umumiy 
rejasida maqsadlarga muvofiq ravishda belgilanadi. 
Hozirgi paytda ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchining jonli muloqoti 
muhim ahamiyatga ega bo‘lganligiga qaramay, u yagona axborot manbai bo‘la 
olmasligi xayotiy haqiqat. 
O‘quv xonalarini o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlashda quyidagi 
texnikaviy-pedagogik talablar qo‘yiladi: 
1) o‘quv xonalarini o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlashda o‘quv 
jarayonida ulardan majmuaviy tarzda foydalanishni hisobga olish zarur; 
2) o‘quv xonasining istalgan joyidan yaxshi ko‘rish va eshitish 
imkoniyatining mavjudligi; 
3) o‘quv xonasida, shovqin, yoritilganlik, namlik va kabilar me’yorini 
ta’milashi; 
4) oddiy, arzon, xavfsiz, uzoq muddat buzilmay ishlashi. 
Ta’lim-tarbiya ishida texnik vositalardan foydalanish, avvalo, didaktik 
tamoyiloarga amal qilishni ko‘zda tutadi. Masalan, ko‘rsatmalilik tamoyilinireal 
ob’ekt bilan mavhum tasavvurning birligini ifodalaydi.
Real ob’ekt yoki uning tasvirini ko‘rish (idrok etish) inson uchun uni 
bilishning dastlabki va eng oddiy akti hisoblanadi, aniq tasavvurlar va mavhum 
tushunchalar hosil qilish uchun asos vazifasini o‘taydi. 
Ta’lim-tarbiya ishida ko‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish zaruriyati 
insonning fikrlash hususiyatidan kelib chiqadi. Insonning fikrlash hususiyati 
ma’lumdan mavhum tomon rivojlanadi. Tushuncha va mavhum qonun-qoidalar 


243 
aniq kuzatishlarga asoslansa, ularning mohiyat mazmuni ancha oson va tez 
shakllanadi. Inson tafakkurining rivojlanishi uning yoshiga, hayotiy tajribasi 
kabilarga bog‘liq bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida hisobga olinishi, aniq dalillar va 
obrazlardan ajralib qolmasligini talab etadi. 
Tasviriy ko‘rsatmalardan quyidagi hollarda foydalaniladi: 
- o‘rganiladigan ob’ekt juda katta yoki kichik bo‘lganda; 
- o‘rganiladigan ob’ektni bevosita ko‘rish mumkin emas; 
- tushuncha va hulosalarni grafik tarzda ifodalash mumkin bo‘lganda; 
- murakkab ob’ektlarni soddalashtirish yoki ishlash tartibini ko‘rsatish zarur 
bo‘lganda; 
- ob’ektning eng harakterli zamon va makondagi holatni qayd etish va 
ko‘rsatishda va shu kabilarda. 
Ko‘rsatmali qo‘llanmalarga quyidagi talablar qo‘yiladi: 
- barcha talabalarga yaxshi ko‘rinadigan darajada katta bo‘lishi; 
- o‘quv xonasining istalgan joyidan bemalol o‘qilishi; 
- muhim detallar va yozuvlarning boshqa diqqatni o‘ziga tortuvchi rang 
bilan alohida bo‘yalishi; 
- tasvirlar imkon qadar ob’ektning asl rangiga mos bo‘lishi; 
- tasvirlarning estetik did bilan rasmiylashtirilishi; 
- matnning haddan tashqari ko‘p bo‘lmasligi; 
- tasvirlangan ob’ektlarning tabiiy vaziyatda ko‘rsatilishi; 
- masshtabga rioya qilishi; 
- arzon, qulay, uzoq vaqt o‘z holatida saqlanishi va shu kabilar. 
Shu o‘rinda ko‘rsatmali qo‘llanmadan foydalanish maqsad bo‘lmay, balki 
natijaga erishish vositasi ekanligini unutmaslik zarur. 
Ko‘rsatmali qo‘llanmalardan foydalanishda o‘quv materialining mazmuni 
va vaqtini hisobga olish zarur. Mashg‘ulotda ko‘rsatmali qo‘llanmalardan haddan 
tashqari ko‘p ham foydalanish yaxshi natija bermaydi. Namoyish qilinayotgan 
materiallarni idrok etish jarayonida tahsil oluvchilar sezgi organlarining (ko‘rish, 
eshitish, hidlash, ta’m bilish) ko‘proq jalb etish zarur. O‘qituvchining so‘zi bilan 


244 
ko‘rsatmalilikning uyg‘unligi katta ahamiyatga ega. Ko‘rsatmali qo‘llanmadan 
foydalanishganda beriladigan izoh. Tahsil oluvchilar diqqat-e’tiborini asosiy 
materiallarga qaratilishini ko‘zda tutadi. 
Ushbu vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, maxsus soha va 
usullarga mos holda tanlash muhim o‘rin tutadi. Eng muhimi shundaki, amaliyot 
o‘qituvchisi o‘quv va ko‘rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga 
muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan 
foydalanilayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila oladigan 
bo‘lishi lozim. Masalan: tikuv mashinasi ishida sodir bo‘ladigan nuqsonlarni 
bartaraf eta bilishi, asosiy sozlanishlarni bajarishi va mashinani ishchi holatiga 
keltira olish kerak, ya’ni o‘z kasbiy sohasining mohir ustasi bo‘lishi kerak.
Amaliyot o‘qituvchisi o‘z kasbiy sohasi uchun qanday materiallar, qanday
yangiliklar borligiga, shuningdek, qaysi maxsus sohalarda uning o‘zi yangiliklar 
qila olishi mumkinligi yuzasidan umumiy tushunchaga ega bo‘lishi lozim. 
Ko‘pincha o‘qituvchilar doska tasvirlari, flipchart tasvirlari va proektor 
slaydlari kabi vizual vositalarni o‘zlari ishlab chiqadilar. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling