A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
 
1. An`anaviy dars deb nimaga aytiladi? 
2. An`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida kim turadi? 
3. An`anaviy dars o`tish modelida ko`proq qaysi usul turadi? 
4. An`anaviy dars o`tishda mashg`ulotning bosqichlarini qanday rejalashtirish 
mumkin? 
5. An`anaviy ta`lim metodlari qanday afzalliklarga ega? 
6. Modellashtirish metodi haqida nimalarni bilasiz? 


250 
7. Noan`anaviy ta`lim metodlari qanday afzalliklarga ega? 
 
19.3. Darslarni aniq yo‘naltirilgan savollar asosida olib borish 
uslubi, guruhlarni juftlik yoki kichik guruhlarga bo‘lib dars 
o‘tish uslubi, dars jarayonida modellashtiruvchi o‘yinlarni 
qo‘llash, modellashtiruvchi o‘yin usulining afzalliklari, kursni 
o‘rganishda tadqiqot uslubi. 
Tayanch so‘z va iboralar:
Ta’lim jarayoni, tashkiliy shakllar, hususiyatlarga binoan turlanish, asosiy 
o‘ziga hos jihatlar, tizimining ijobiy tomonlari, kasb ta’limining maqsad va 
vazifalari, zamonaviy dars, didaktik talablar, tarbiyaviy talablar, rivojlantiruvchi 
talablar.
Kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilarga ta’lim berishning shakllari xilma-
xildir. Masalan: nazariy bilimlar o‘quvchilarga asosan dars jarayonida 
ekskursiyalar, konsultatsiyalar jarayonida beriladi. Amaliy bilimlar esa, 
o‘qitishning boshqa shakllarini talab etadi. Bunda labaratoriya, o‘quv 
ustaxonalari, yer uchaskasida amalga oshiriladigan amaliy mashgulotlarga kiradi. 
Pedagogik amaliyot ham o‘quvchilarga ilmiy bilimlar berishning eng muhum 
shakllaridan biridir. 
O‘quvchilarga ta’lim berish shakllari qanchalik xilma-xil bo‘lmasin bular 
ichida yetakchi rolni dars o`ynaydi. Dars deb - o‘quvchilarning qat’iy guruhi bilan 
o‘qituvchi rahbarligida o‘tkaziladigan mashg‘ulot turiga aytiladi. Dars qat’iy 
jadval va davlat dasturi asosida o‘tiladi. Dars o‘quvchilarga chuqur bilim 
berishnigina nazarda tutib qolmay, balki ularda ilmiy dunyoqarash, e’tiqodni 
shakllantirishni mehnat ko‘nikma va malakalar berishni ham nazarda tutadi. 
Ta’limning dars shakli fan asoslarini muntazam, chuqur, puxta 
o‘zlashtirishga yordam beradi. O‘qituvchi darsda o‘quvchilarning xilma-xil 
ishlarini ishlarini tashkil qilish orqali yangi bilimlar beradi, ular bilimni qanchalik 
o`zlashtirayotganini nazorat qilib boradi va bu bilan o‘quvchilarning bilimini 
puxta egallashlariga erishadi. 


251 
Kasb-hunar kolleji amaliyotida yuqoridagilardan tashqari kino dars, 
muammoli dars, dars viktorina, dars KVN kabi shakllari ham qo‘llaniladi. 
O‘qituvchi istiqbol rejasini tuzar ekan, o‘quv materialining mazmuni va 
vazifalariga qarab yuqoridagi dars tiplaridan u yoki bunisini tanlaydi. Har-bir 
darsga tayorgalik ko‘rayotganida esa, o‘qituvchi o‘quv jarayoniga qo‘yiladigan 
g‘oyaviy-pedagogik, fizologik-gigenik, psixologik va metodik talablarga so‘zsiz 
rioya qiladi. 
Ta’lim jarayoniga qo‘yiladigan g‘oyaviy, siyosiy, pedagogik talablar, 
avvalo, bilimlarning ilmiy bilishini va o‘quvchilardan ma’naviy va axloqiy 
xislatlar va mustahkam e’tiqodni shakllantirishni nazarda tutadi. Buning ma’nosi 
shuki har bir dars tarbiyalovchi harakterga ega bo`lishi lozim. O‘qituvchi dars 
mazmunidan foydalanib o‘quvchilarda vatanparvar va milliy istiqlol g‘oyasini 
shakllantirish va ularga axloq normalarini singdirib borishi lozim. 
Darsga qo‘yiladigan fizologik-gigenik talablar o‘quvchilarning jismoniy va 
psixologik xususiyatlariga xos gigenik sharoit yaratishni nazarda tutadi. Masalan: 
bo‘yi, ko‘rish va eshitish qobiliyatlariga qarab ularni partaga to‘g‘ri joylashtirish, 
xonani yetarli darajada yoritish va shamollatib turish, kerakli jihozlarni to‘g‘ri 
tanlash va joylashtirish, ko‘rgazmali qurollarning ochiq rangda yozilganligi va 
o‘quvchilarga ko‘rinarli bo‘lishi shular jumlasidandir. 
Darsga qo‘yiladigan psixologik talablarga esa, o‘quvchi tomonidan 
darsning maqsadi va uning amaliy ahamiyatini tushunib yetish, darsni 
o‘quvchilarning yoshi individual xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish, 
har bir dars davomida tegishli tushuncha hukm va xulosalar hosil qilishga erishish 
kabilar kiradi. 
Metodik talablarga esa, darsni to‘g‘ri tashkil etish xilma-xil o‘qitish 
metodlaridan unumli foydalanish, darsning har bir etapini bir-biriga uzviy bog‘lay 
olish, o‘quvchilar diqqatini materialga jalb qila bilish va to‘la tushunib olishlariga 
erinmaslik kabilar kiradi. Har bir dars aniq maqsad va tuzilishga ega bo‘lishi 
lozim. Darsning maqsadi o‘quvchiga qanday va qancha bilim berish shu bilimlar 
asosida ularda nimani tarbiyalash kerak degan savolga javob beradi. Darsning 


252 
aniq maqsadiga ega bo`lish uchun to`g`ri rejalashtirishga olib keladi. Reja asosida 
o‘tilgan dars bilimlar tizimining ketma-ketligiga va ular o‘rtasida uzviy 
bog`lanishni hosil bo‘lishiga imkon beradi. Sizningcha dars samaradorligini 
oshirish uchun nima ishlar qilish kerak? 
Dars tuzilishi deganda uning bosqichlarini va har bir bosqichning to‘g‘ri 
bajarilishini tushunamiz. Darsning tuzilishi o‘quvchilarning ish qobiliyatiga faol 
ta’sir qiladi. Shunday ekan, uni pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilishni o‘ylash 
lozim. Darsning har bir bosqichi uchun ajratilgan vaqt to‘g‘ri va oqilona 
foydalanish dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Dars jarayonida 
mashg‘ulot turini almashtirib turish esa, o‘quvchilar diqqatining barqaror 
bo‘lishini ta’minlaydi. 
Talabalar faolligini ta`minlovchi asosiy omillardan biri hamkorlikda ishlash 
texnologiyalarini ishlab chiqish ekan, “Kichik guruhlar faoliyati qanday tashkil 
etiladi?” degan tabiiy savol paydo bo`ladi. 
Eng avvalo, ta`limning guruhli shakli «ta`lim beruvchi — ta`lim oluvchi» 
dialogidan voz kechishni va «ta`lim beruvchi — guruh —ta`lim oluvchi» 
ko`rinishidagi uch tomonlama o`zaro munosabatga o`tishni nazarda tutadi. 
O`quv guruhi, tarkibi bo`yicha harakatchan kichik guruhlarga bo`linadi va 
ularning har — biri o`zicha o`quv materialini o`zlashtiradi. Tajriba shuni 
ko`rsatadiki, shu tufayli o`qituvchi bilan ta`lim oluvchilar o`rtasida ancha 
mustahkam aloqa o`rnatiladi, shaxsiy va bir vaqtning o`zida ta`lim jarayonida 
jamoaviy ruhiy holat kuchayadi. 
Ta`lim oluvchilarning hamkorlikdagi harakati tashkillashadi, bu esa, o`quv-
bilish jarayonini faollashtirishga, ularda empatiyani, kommunikativlikni 
shakllantirishga ko`maklashadi. 
Vazifani hamkorlikda bajarish jarayonida, ta`lim oluvchilarda, o`rtoqlari 
tomonidan bildirilgan fikrlarni muhokama qilishga motivatsiya paydo bo`ladi. 
Ta`lim oluvchilar bir-biriga savollar beradilar, shuning uchun, ular savollarni 
aniq shakllantirishni bilishlari zarur, javoblarni - argumentlashtirishni, 
tushunishga erishish uchun esa, ular bir birlarini diqqat bilan eshitishlari kerak. 


253 
Guruhlarda ishlash paytida, zarurati bo`lganda, ta`lim oluvchilar yordam 
berishlarini so`raydilar va boshqalarga yordam berishni o`rganadilar. O`rtacha 
qobiliyatga ega yoki xarakteri bo`yicha qo`rqoq bolalar o`z bilimlari va 
mahoratlarini namoyon qilish imkoniyatini oladilar. Kichik guruhlarda ishlash, 
ularni stress holatlardan xalos etadi, ya`ni noto`g`ri javob berganda butun jamoa 
oddida izza bo`lishdan qo`rqishdan holi bo`ladi. Guruh a`zolari, javobni 
do`stona baholab, ularda o`ziga ishonch tuyg`usini uyg`otish imkonini beradilar. 
4-5 kishidan iborat guruhda, qo`rqoq kishi, 25 kishilik guruh oldida o`zini 
tutishga nisbatan, o`zini ancha erkin his etadi. 
Guruhlarda ishlashga tayyorgarlik ko`rish paytida quyidagilarga e`tibor 
berish zarur. 
Birinchidan, guruhlar qanday tuzilganda yaxshi natija beradi? 
• Belgilari bo`yicha: 
- ixtiyoriy yoki noformal belgilari bo`yicha tuzilgan aralash guruhli; 
- yoki o`quv yutuqlari darajasi bo`yicha tuzilgan, ya`ni: baravarlashtirish, 
qo`llab-quvvatlash, rivojlantirish guruhlari; 
- yoki psixologik jihatdan bir-biriga to`g`ri kelish darajasi bo`yicha tuzilgan 
yoki biron-bir boshqa belgilari bo`yicha tuzilgan. 
• Soni bo`yicha: 
- 2 dan to 5 kishigacha uncha katta bo`lmagan vazifalarni bajarish uchun; 
- 5 dan to 7 kishigacha — murakkab vazifalar uchun. 
• Vaqt bo`yicha: 
Kichik guruhlar, belgilangan vazifani bajarish uchun qancha vaqt ajratilgan 
bo`lsa, shuncha vaqt faoliyat ko`rsatadi. 
Albatta, agar muammoli tadqiqot qilish kerak bo`lgan vazifa qo`yilsa, uni 
bajarish uchun bir nechta o`quv mashg`uloti kerak bo`ladi. Demak, guruhlar 
ham bir nechta darslarda faoliyat ko`rsatib, vazifa bajarilgach, hisobot beradilar 
va guruhlar sifatida faoliyatini to`xtatadi. 
Ta`lim oluvchilarni guruhlarda ishlashga o`rgatish o`ta muhimdir. 
Guruhdagi asosiy ishtirok etuvchilar: 


254 
• Ta`lim oluvchilar-guruh a`zolarining majburiyatlarini bilishlari 
va bajarishlari zarur: 
- har bir a`zo o`rtoqlarini fikrini eshitishi lozim. 
- har bir a`zo ishda faol qatnishishi va hamkorlikda ishlashdan 
bo`yin tortmasligi kerak; 
- har bir a`zo, zarurati bo`lganda yordam so`rashi kerak; 
- har bir a`zo, undan yordam so`rashganda, boshqalarga o`z 
yordamini berishi kerak; 
- har bir a`zo guruh ishining natijalarini baholashda ishtirok etishi kerak; 
- har bir a`zo o`zining rolini yaxshi tushunishi va bajarishi kerak; 
- har bir a`zo, konkret vazifani bajarishda, o`zining konkret vazifasini bilishi 
kerak. 
• Yetakchi
Guruhning vazifasi, to`g`ridan - to`g`ri guruh yetakchisi yoki ta`lim 
oluvchining rahbarligi ostida bajariladi. Guruh a`zolaridan bittasini yetakchi 
(skiper, tashkilotchi) etib tayinlash lozim. Uni, teng ravishda, o`z fikrini 
aytmaydigan va past natijalar ko`rsatgan yoki yaxshi o`zlashtiradigan va faol 
ta`lim oluvchilarning ichidan tanlash mumkin. 
O`quv jamoasining yetakchisi guruh yetakchisi rolini bajarishi shart emas. 
Barcha o`quvchilar, yetakchining rolini tushunishiga iqror bo`ling. U, 
turlifunktsiyalarni bajarishi mumkin, lekin, doimo, barcha o`quvchilarni ishni 
bajarishda qatnashishi ustidan nazorat qilishi kerak. 
Yetakchilarga, ularning roli, nafaqat guruh nomidan yakun yasashdan 
iborat emasligini tushunishlariga yordam berish darkor: ularga, guruh vazifalarini 
bajarish usullari, guruhning har bir a`zosini individual ulushi to`g`risida gapirib 
berish kerak. 
Katta guruhlarda bahs yoki munozara uyushtirilganda, boshlovchining roli 
ayniqsa kattadir. CHunki u har bir guruhdagi tortishuvlar va fikr 
almashinuvlarning boshida turmog`i kerak bo`lsa, ular faoliyatini maqsadga 
muvofiq tarzda yo`naltirib turmog`i lozim. Kichik guruhdagidan farqli o`laroq, 


255 
katta guruhlarda boshlovchi u yoki bu ichki guruxga yon bosmasligi yoki ularni 
o`zining shaxsiy fikriga majburan ergashtirmasligi kerak. Aks xolda, u o`zining 
faoliyati bilanboshqalar tashabbusiga salbiy ta`sir ko`rsatishi va bahsning 
yo`nalishini buzib qo`yishi mumkin. SHuning uchun katta guruhlar 
uyushtiriladigan munozarannig mavzusi oldindan tanlangan va unga boshlovchi 
ma`lum ma`noda tayyor bo`lishi shart. 
Guruhlar bilan ishlashda e`tibor berilishi kerak bo`lgan yana bir holat, bu 
vazifaning mazmuni masalasidir. Vazifaning mazmuni o`qitishning an`anviy 
shakllariga qaraganda boshqacharoq xarakterga ega bo`lishi lozim. Masalan 
guruhga darslikdagi ma`lum bir paragrafni konspektini olish vazifa sifatida 
berish maqsadiga muvofiq emas, chunki har bir o`quvchi bu ishni o`zi, mustaqil 
bajarishi mumkin. 
Amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki, muammoni nostandart qo`yilishigina, 
o`quvchilarni bir-biridan yordam olishga, boshqalarning ham fikrini bilishga, 
natijada esa, guruhning umumiy fikrini shakllantirishga undaydi. 
Quyida «Windows operatsion tizimining tashxis dasturlari bilan ishlash» 
mavzusini o`qitishda talabalarning faol munosabatlarini tashkil etish 
uslublaridan ayrimlarini va ularni amalga oshirish texnologiyalarini tavsiya 
qilamiz. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling