A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, “O‘zbekiston”, 2017 yil, 488 bet. 2. 2017-2021yillarda O‘zbekistan Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekistan Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni. 3. Abdiquddusov O., Rashidov H. Kasb-xunar ta’limi pedagogikasi. O‘quv 275 qo‘llanma. O‘MKHTTKMOvaUQT instituti, T. – 2009. 120 b. 4. Azizxo`jaeva N.N. O`qituvchi mutaxassisligiga tayyorlash texnologiyasi – Toshkent, 2000 5. Nishonaliev U.N. Kasbiy ta’lim pedagogikasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: TDPU, 2007y. 6. Olimov Q. T. Kasb ta’limi uslubiyati. O‘quv qo‘llanma. –T.: 2006. 164 b. 7. Olimov Q.T.,Uzoqova L.P. va boshqalar. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. Ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.- Toshkent: Fan, 2004. – 119 b. 8. www.inter-pedagogika.ru 9. www.didaktika.ru 10. www.School. edu. uz 11. www.Ppsy. ru 12. www.Bank/referat. ru MAVZU 21. KASB TA’LIMI TIZIMIDA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI. 21.1. Ishlab chiqarish amaliyotining maqsad va vazifalari, aktiv va passif amaliyot. Tayanch so‘z va iboralar: Ishlab chiqarish amaliyoti, kasbiy tayyorgarlik, ishlab chiqarish korxonasi, amaliyotga raxbarlik qilish, ta’limi ustasi, tarbiyaviy ishlar, kasb faoliyati, “Usta-talaba” tizimi, tarbiyaviy faoliyat. O’quv maqsadi Ishlab chiqarish amaliyotining maqsad va vazifalari kasb – hunar kolleji bilan tanishish, o‘quv yurti rahbarlari ishlarini o‘rganish ga oid ma’lumotlarni nazariy jihatdan o’rganish 276 Ishlab chiqarish amaliyoti kasbiy tayyorgarlikning yakuniy bosqichini tasvirlaydi va o‘qitishning sunggi oylarida o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida yechiladigan vazifalarga quyidagilar kiradi: - talabalarning ishlab chiqarish sharoitlariga ijtimoiy, psixologik va fiziologik jihatdan moslashishi; - kasbiy bilim, ko‘nikma va maxoratlarni takomillashtirish; - tanlangan kasb bo‘yicha ixtisoslashtirish; - murakkab ishlab chiqarish ishlarini bajarishda mustaqil ishlash tajribasini to‘plash; - progressiv texnologiyalar va zamonaviy jihozlarni, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalarini o‘rganish; - yuqori unumli asbob va moslamalarni, ishlab chiqarish ilg‘orlari tajribasini o‘zlashtirish; - korxona texnik va texnologik hujjatlarni, ish o‘rinlarida mexnatni ilmiy tashkil qilish masalalarini o‘rganish; - ko‘nikma va maxoratni shakllantirish, bilimlarni amaliyotda qo‘llash, murakkab ishlab chiqarish vazifalarini yechishdan iboratdir. Ishlab chiqarish amaliyoti tayanch ishlab chiqarish korxonasi ish o‘rinlarida tashkil etiladi. Korxona odatda, amaliyotga rahbarlik qilish uchun muhandis-texnik xodimlar va malakali mutaxassislarni ajratadi. Ta’lim olishning bu davrida talabalar korxonada mustaqil ishlashga to‘liq tayyorlanadilar. Kasbiy faoliyat ob`ektlarini ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr kasb faoliyatining ob`ektlariga kasb-hunar kolleji va akademik litseylardagi o`qituvchilar, o`quv tarbiyaviy jarayonlar, pedagogik texnologiyalar va o`qitish uslublari hamda davlat aktsioner va xususiy firmalar, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy- tadqiqot tashkilotlari, davlat boshqaruv tizimi tashkil etadi. Kasbiy faoliyat turlari boshqa faoliyat turlari bilan birgalikda asosan o`qituvchilik va o`quv-uslubiy sohaga qaratilgan bo`lib, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda tasdiqlangan o`quv dasturi asosida umumixtisoslik, ixtisoslik fanlaridan o`qituvchilik faoliyatini bajaradi. 277 Ishlab chiqarish amaliyoti bo`yicha talabalar tanishuv(passiB) va malakaviy (faol) amaliyotlarni o`tadilar. Ishlab chiqarish amaliyoti tanishuv (passiB) amaliyotida: ishlab chiqarish muassasasi tuzilmasini; ishlab chiqarish muassasalariga oid direktiv me`yoriy hujjatlarni; ishlab chiqarish muassasalarining tayyorlov yo`nalishlarini; ishlab chiqarish muassasalarida olib boriladigan ish asoslarini; ishlab chiqarishni tashkillashtirish usullarini; ishlab chiqarish ishchilarining ishlarini kuzatish va tahlil qilishni; ishlab chiqarish muassasasida o`quv-tarbiyaviy ishlarni o`tkazishni; ishlab chiqarish muassasasida ishchilarning kasbiy bilim, ko`nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashga qo`yilgan talablarni; ishlab chiqarish muassasasida mutaxassislarning ish samaradoriligini oshirish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi. Ishlab chiqarish amaliyoti bo`yicha talabalar malakaviy(faol) amaliyotda: ishlab chiqarish muassasalari tuzilmasi bo`yicha faoliyat ko`rsatayotgan xodimlar ishlarini kuzatish, tahlil qilishni; me`yoriy hujjatlarni o`rganib, ulardan amaliyotda foydalana olishni; ishlab chiqarish o`quv tarbiyaviy ishlar bo`yicha nazariy va amaliy bilimlarni; tanlagan kasbi bo`yicha olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish; ixtisoslik bo`yicha olingan texnologiyalarni amaliyotda qo`llash bo`yicha; tayyorlov yo`nalishlaridagi kasbiy mahorat bo`yicha; ishlab chiqarish amaliyotlariga rahbarlik qilish bo`yicha; o`tkazilgan amaliyotlar natijasida hisobotlar tayyorlash; ixtisoslik bo`yicha faoliyatini boshqarish va nazorat qilish, baholash Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling