A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Kasb – hunar kolleji bilan tanishish, o‘quv yurti rahbarlari
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
21.2. Kasb – hunar kolleji bilan tanishish, o‘quv yurti rahbarlari ishlarini o‘rganish. Tayanch so‘z va iboralar: Uyg`unlashtirish, islohotlar, yangilanish jarayonlari, davlat ta`lim standartlari, malaka, ko`nikma va qobiliyatlarni shakllantirish, professional adaptatsiyalashuv, mashg`ulotlar uzviyligi, pedagogik negizlarini shakllantirish, mustaqil faoliyat, kasbiy tayyorgarlik, pedagogik amaliyot davrida. Respublikamizda Milliy ta`lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg`unlashtirish asosida jahon andozalari va ko`nikmalari darajasiga chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Bugungi kunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash ta`lim va bilim berish tizimi, hayotimizda, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqindan chambarchas, har tomonlama bog`langan bo`lishi lozim. YAngi talablarga javob bera oladigan pedagog kadrlarni tayyorlash, davlat ta`lim standartlarini joriy etish va yangi o`quv dasturlari ustida ishlash, kasb-hunar kolleji va akademik litsey tizimiga uslubiy-metodologik zamin tayyorlash, uzluksiz ta`lim-tarbiyaga asos soladigan tadbirlarni amalga oshirish kabi masalalar bizning oldimizda turibdi. Muhandis-pedagoglarning muvaffaqiyatli mustaqil pedagogik faoliyati, ularning kasbiy tayyorgarligi, g`oyaviy-ma`naviy mavqeining hozirgi zamon o`quv-tarbiya jarayoniga qanchalik javob berishiga bog`liq. «Kasb ta`limi (bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha) talabalari ijtimoiy- siyosiy, umumtexnikaviy va maxsus muhandislik kasb-hunarlarini o`rganish bilan birga o`z bilimlarini psixologik va pedagogik yo`nalishdagi fanlar bilan 280 bog`laydilar. Bu o`z navbatida talabalarning dars mashg`ulotlariga tayyorlashni va uni o`tkazish bo`yicha malaka, ko`nikma va qobiliyatlarni shakllantiradi, o`kuvchilarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni ta`lim va tarbiyasi hamda o`quv materialining adekvat (aynan o`xshash ma`nodagi) mazmuni, uslub va vositalarini izlab topishga yordam beradi. Talabalarda muhandis-pedagogning kasbiy malaka va ko`nikmalarining shakllanishi pedagogik amaliyotlar jarayonida yaqqol namoyon bo`ladi. Muhandis malaka tavsifnomasiga daxldor amaliyotchi talaba shaxsiy sifatlarining shakllanishi, amaliy mashg`ulotlarga tayyorgarligi, ularni tashkil etilishi va o`tkazish darajasi va saviyasi bilan chambarchas bog`liq. YUqorida keltirilganlarni umumlashtirib pedagogik amaliyotning maqsad- mohiyatini quyidagicha ifodalash mumkin: Amaliyotda muhandis-o`qituvchilarni tayyorlash tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Professional adaptatsiyalashuv (moslashuB) o`quv- tarbiya jarayonining borishi va tarkibini chuqur o`rganish imkonini beradi. SHuningdek o`quvchilar shaxsiyatini shakllantirishga bilimlarni oshirishga va ta`limning progressiv shakl va yo`nalishini, hamda uslub vositalarni qo`llagan holda darsdan tashqari mashg`ulotlar va tarbiyaviy ishlarni tayyorlash va o`tkazish, o`quvi va ko`nikmalarini shakllantirishga poydevor yaratiladi. Ta`lim, fan, ishlab chiqarishni samarali integratsiyalash mexanizmlarining mazmuni va usullarini talabalarda shakllantirish maqsadida o`qitishni ilmiy- tadqiqot bilan qo`shib olib borish, fanlar bo`yicha bilimlar majmuasini o`zlashtirish, amaliy-nazariy mashg`ulotlar uzviyligi, pedagogik negizlarini shakllantirishni ta`minlash maqsadida pedagogik amaliyot talaba ko`z o`ngida mustaqil shakllanadi. Pedagogik amaliyotda bo`lajak muhandis-pedagoglarning mustaqil faoliyati va kasbiy tayyorgarligida eng muhim bosqichlardan biri sifatida ta`limning quyidagi tarbiyaviy vazifalarini bajarishga qaratilgan: talabalar tomonidan psixologiya, pedagogika, o`qitish metodikasi va shuningdek, maxsus muhandislik fanlarini o`rganish bo`yicha olingan 281 nazariy bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish; dars maqsadi, turi, tarkibi, o`qitish uslubi, o`quv jihozlari mavjudligiga muvofiq nazariy bilimlarni o`quv materialiga aylantirishga o`rgatish; Kasb ta`limi (bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha) talabalari amaliyotini to`g`ri tashkil qilish va o`tkazish, bo`lajak muhandis-pedagoglarni tayyorlash sifatini oshirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Talabalar amaliyotini tayyorlash va o`tkazish jarayonida quyidagi kishilar doirasi o`zaro hamkorlikda harakat qiladilar: OO`YU professor-o`qituvchilari, talabalari, uslubshunoslari, kasb-hunar kollejlari o`qituvchilari, ishlab chiqarish ta`limi o`quv ustalari, guruh rahbarlari, direktor, o`quv va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarlari. Pedagogik amaliyot davrida muhandis-pedagog shaxsining shakllanishi o`quv jarayonining barcha ko`rinishlarini qanchalik muvaffaqiyatli va aniq tashkil etilganligiga bog`liq. Pedagogik amaliyotda muhandis-pedagog shaxsining shakllanishi, pedagogik jarayonning barcha tarmoqlaridagi hamkorlik ishining qanchalik aniq tashkil etganligiga bog`liq. Talabalarning kasb-hunar kollejlardagi pedagogik amaliyotining birinchi haftasi ular faoliyatining yangi sharoitlariga moslashuv rejasi alohida ahamiyat kasb etadi. Talaba o`qituvchi, tarbiyachi rolida o`zining «men»ini his qilishi lozim. Darhaqiqat amaliyotning birinchi haftasida talabaning kommunikativ aloqalari va notanish kishilar bilan o`zaro munosabat malakalari shakllanadi (o`quvchilar va muhandis-pedagog xodimlar bilan). Pedagogik amaliyot davrida oliy o`quv yurti uslubchisi, kasb-hunar kolleji o`qituvchisi, amaliyotchi talaba bir-biri bilan ishchan, uzviy aloqani saqlab turishi, hamkorlikda faoliyat ko`rsatishi juda muhim rol o`ynaydi. Pedagogik amaliyot davrida quyidagi ko`p tarmoqli kommunikativ bog`lanishlar tizimining umumiy ta`sir ko`rsatishi va yaxshi natijalar berishi lozim. Bu hamkorlik bog`lanishlar tizimida quyidagi mas`ul xodimlar ishtirok etadilar: OO`YUdan: uslubshunos (rahbar), pedagog, psixolog, amaliyotchi-talaba; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling