A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Metodik tavsiyalar: agar talabalar maksimal ravishda faol bo'lsalar, 
mashg'ulotning rivojlantiruvchi, to'g'rilovchi, shakllanti-ruvchi, tarbiyalovchi, ta'lim 
beruvchi vazifalarini amalga oshirishda tarbiyaviy samara yuqori bo'ladi. Guruhdan 
tashqari mashg'ulotda talabalarni faollashtirishda darsdan farq qiladigan alohida 
emotsional muhitni yaratish birinchi darajali ahamiyatga ega. Masalan, 
talabalardan qo'llarini ko'tarish, o'rinlaridan turish talab etilmaydi. Intizomni saqlab 
turish uchun alohida qoidalar joriy qilinadi (kiritiladi): strelka ko'rsatgan, fant 
tushgan talaba javob beradi. Bir masala yuzasidan bir necha talaba o'z fikrini 
bildirishi eng qulaydir. Pedagogning nutqida “to'g'ri”, “balli”, “ofarin” kabi 
rag'batlantiruvchi so'zlarning bo'lmasligi, buning o'rniga xayri-xohlik, his-hayajon, 
pedagogning his-tuyg'ularini ifodalovchi, hayrat bilan aytilgan “ha”, “juda 
qiziqarli”, “yangi xabaring uchun rahmat”, “shundaymi?”, “buni qarang-a!” kabi 
iboralardan foydalanish iliq, xayrixohlik muhitining yaratilishiga yordam beradi. 
Agar, pedagog xulq-atvorni shakllantirishning xilma-xil metodlaridan 
(tarbiyalovchi mashqlardan foydalanish, o'rgatish, topshiriqlar berish) iloji boricha 
ko'p foydalansa, mashg'ulotga turli xil faoliyat tudari: mehnat, ijodiy ishlar, sport 
elementlari va hokazolarni kiritsa, asosiy qismning samaradoriigi oshib boradi. 
Pedagog xilma-xil faoliyat turlarini tashkil etishda talabalarni komandalarga 
birlashtirar ekan, ularni bir-birlari bilan erkin muomalada bo'ladigan qilib 
joylashtirishi, vazifalarni esa har bir ishtirokchi o'zi uchun alohida emas, balki 
o'zini jamoaning bir qismi deb his etadigan qilib taqsimlashi kerak. Topshiriqni 
bajarish uchun vaqt berishda komandaga uni bajarishni muhokama qilishga bir necha 


273 
daqiqa vaqt ajratish va komanda vakilidan tayyorligini so'rash lozim. Shunday 
taqdirdagina talabalarda faoliyatning umumiy maqsadi, xilma-xil vazifalar va 
hamkorlik uchun sabab (motiB)lar bo'ladi. 
Ongni shakllantirish metodlari talabalarda e'tiqodning, amaliy etik (axloqiy) 
tushunchalarning tarkib topishiga yordam berishi kerak. Bu maqsadlarda hikoya 
metodini talabaning axboroti, dokladi tarzida o'zgartirish, tez-tez munozaradan 
foydalanish yaxshi samara beradi. Guruhdan tashqari tarbiyaviy ishlarning 
ommaviy shakllarida talabalami munozara qoidalariga o'rgatish lozim: 
1. Shuni yodda tutingki, bahslashuvchilar haqiqatni izlaydilar, ammo uni 
turlicha tasavvur qiladilar; bahsda umumiy mazmunni aniqlash, keyin esa 
qarashlardagi farqni oydinlashtirish va ularga hurmat bilan munosabatda 
bo'lish kerak. 
2. Munozaraning maqsadi — tomonlardan birining haqligini aniqlash emas, 
balki haqiqatni qaror toptirishdir. 
3. Haqiqatni opponent shaxsiga ayblar qo'yish bilan emas, balki faktlar 
yordamida qidirish zarur. 
4. So'zlovchini avval diqqat bilan tinglash, keyin esa o'z nuqtayi nazarini 
bildirish lozim. 
4. Mashg'ulotning yakuniy qismi. 
Pedagogik maqsad: talabalarni egallagan tajribalarini o'zlarining ta`lim 
muassasasidan tashqari hayotlarida amalda qo'llashga moyil qilish (xohish 
uyg'otish) va mashg'ulot g'oyasini amalga oshirishga qanchalik muvaffaq 
bo'lganligini aniqlash. Shunday qilib, yakunlovchi qism pedagogning talabaga 
boshqa muhitda tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishga imkon beradi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling