A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
malakasiga ega bo`lishi lozim
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
malakasiga ega bo`lishi lozim.
O`tkazilgan amaliyotlar natijasida talabalar hisobotlarni tayyorlaydilar va topshiradilar. 278 Ishlab chiqarish amaliyotining aniq tashkiliy faoliyatini yuritish mazkur tizimni boshqaruv tashkiloti va uning me`yoriy hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi. Talabalar amaliyot davrida ta`lim va tarbiya mazmunini yanada takomillashtirish zaruriyatiga, ta`limning ilmiy darajasini oshirish va o`quv jarayonining g`oyaviy yo`nalishini kuchaytirish lozimligiga ishonch hosil qiladilar. Ishlab chiqarish amaliyotining muvaffaqiyatli natijalari amaliyotchilarning ham kirish, ham davomiy yoki operativ tajribaning o`tishiga bevosita bog`liq. Amaliyotchi ishi ustidan muntazam nazorat o`rnatish ham muhim ahamiyatga ega. Faqat ana shunday sharoitlarda amaliyotchilar o`quvchilar tarbiyasida, ularning mustaqil bilim olishga ko`nikmalarni rivojlantirishda, tashkiliy va ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy- ma`rifiy ishlarni jonlantirishda, yoshlarni ijtimoiy foydali mehnatga jalb qilishda rahbar tashkilotlar va mutasaddilarga faol yordamchilarga aylanadilar. Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 1. Ishlab chiqarish amaliyoti deganda nimani tushunasiz? 2. Ishlab chiqarish amaliyoti jarayonida yechiladigan vazifalar nimadan iborat? 3. Ishlab chiqarish amaliyoti qayerda o`tkaziladi? 4. Ishlab chiqarish amaliyotida ishlab chiqarish ta’limi ustasining asosiy vazifalari nimalardan iborat? 5. Ishlab chiqarish ta’limi ustasining kasb faoliyati, avvalombor, talabalar bilan bog‘liqdir. Buni misollar bilan isbotlang. 6. “Usta-talaba” tizimidagi o‘zaro munosabatlar haqida nima deya olasiz? Buni misollar bilan tushuntiring. 7. Ishlab chiqarish ta’limi ustasining motivatsiyali komponenti haqida nima deya olasiz? Buni misollar bilan tushuntiring. 8. Qiziqish mehnat faoliyati sifatida talabalarni ma’lum yo‘nalishda harakatlanishlariga majbur qiladi. Siz bunga qanday qaraysiz? O`z fikringizni bayon eting. 279 9. Kasbiy dunyoqarash deganda nimani tushunasiz? O`z fikringizni bayon eting. 10. Ishlab chiqarish amaliyoti kasbiy tayyorgarlikning qaysi bosqichini tasvirlaydi va qachon o‘tkaziladi? Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling