A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Tipik xatolar: bu qism umuman inkor qilinadi yoki, “Yoqdimi?”, “Nimalarni 
bilib oldingiz?” qabilidagi ikki savoldan iborat bo'lib qoladi. 
Tavsiyalar: dastlabki natijalarni aniqlash uchun krossvord, kichik viktorina, 
berilgan savolga uzoq o'yiamay tez javob qaytarish, o'yin vaziyatlari kabi talabalarni 
qiziqtiradigan test xarakteridagi kontrol topshiriqlar; talabalarning egallagan 
tajribalarini shaxsiy hayotlarida qo'llashga doir turli tavsiyalar berish. Bu esa 


274 
mazkur muammoga doir kitoblarni ko'rsatish, talabalarning mashg'ulotda egallagan 
bilim, malaka va ko'nikmalarini qo'llashi mumkin bo'lgan vaziyatlarni muhokama 
qilish bo'lishi mumkin. Hosil qilingan tajribani qo'llashga doir talabalarga 
maslahatlar: ular o'z yaqinlariga nimalarni gapirib berishlari, mazkur mavzu 
yuzasidan nimalar haqida so'rash mumkin; qayerga borish, u yerda nimalarga 
e'tibor berish, qanday o'yinlar o'ynash, mustaqil ravishda nimalar qilish mumkin va 
hokazo. Yakunlovchi qismda mashg'ulot mavzusini kelgusida yana yoritib berish 
zarurati bormi, bor bo'lsa, buni qanday yo'l bilan amalga oshirish mumkinligini 
aniqlash maqsadga muvofiqdir. Mashg'ulotning yakunlovchi qismidan pedagog 
bundan keyingi guruh mashg'ulotlarini o'tkazishda talabalar tashabbusini 
rivojlantirish uchun ham foydalanishi mumkin. 
Guruhdan tashqari tarbiyaviy ishlarning individual va ommaviy shakllarini 
tashkil etish va o'tkazishda ota-onalar bevosita ishtirok etsalar, ularning tarbiyaviy 
ta'siri ancha samarali bo'ladi. 
 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari 
 
1. O’quvchilar tarbiyasida darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarnini o’rni qanday? 
2. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning qanday shakllari mavjud? 
3. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarda to’garaklarning o’rnini izohlang. 
4. To’garak turlariga nimalar kiradi? 
5. Darsdan tashqari tarbiyaviy ishlarning asosiy xususiyatlariga nimalar kiradi? 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling