A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
bo‘yicha hisobot ishlari, to‘garak qatnashchilarining
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekskursiyalar
bo‘yicha hisobot ishlari, to‘garak qatnashchilarining
rejalarini tuzish, to‘garak qatnashchilarining faolligini oshirish yo‘llari. Tayanch so`z va iboralar: Ekskursiyalar, rahbarlik qilish, intizomga qat’iy rioya qilish, loyixalash vazifalari, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlari, faoliyat tizimini, tarbiyaviy ishlar rejasi, zamonaviy tashkil etish, ijodiy jarayon. Ekskursiyalar. Noan’anaviy dars shakllaridan biri hisoblangan ekskursiyalar sinf-dars tizimi, shuningdek, amaliy mashg‘ulotlardan tubdan farq qiladi. Bu farqlar quyidagilardan iborat bo‘ladi: ta’lim oluvchi rejalashtirilgan va o‘tkaziladigan barcha ekskursiyalarga rahbarlik qilsa ham, u ekskursiya obyektlarining barcha detallarini yaxshi bilmasligi mumkin, bunday hollarda maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lgan ekskursovod ish olib boradi; ekskursiya muddati turlicha bo‘lib, unda doimiy o‘quv jadvali talablariga amal qilish mas’uliyati mavjud; ta’lim beruvchi yoki ekskursovodning rahbarlik usuli va ta’lim oluvchilar faoliyati turlicha bo‘lishi mumkin. Ekskursiyalar to‘rt yo‘nalishda uyushtiriladi. Ekskursiya davomida ta’lim oluvchilardan intizomga qat’iy rioya qilish talab etiladi. Ta’lim oluvchilar obyektni kuzatish jarayonida vaqti-vaqti bilan savollar beradilar, zarur ma’lumotlarni yozib boradilar. Ekskursiya davomida ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarning bugungi kuzatganlarini avval o‘zlashtirilgan materiallarga bog‘lab suhbat o‘tkazadi. Ekskursiya materiallari asosida ta’lim oluvchi hisobot, bayon yoki insho yozadi. O‘quvchilarning darsdan tashqari faoliyatini loyixalash vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: - ijtimoiy moslashuv doirasini tashkil etish va o‘kuvchilarning ijtimoiy harakatchanligini ko‘rsatish; 261 - bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratish; - o‘quvchilarni mustaqil ravishda ta’limni davom etgirishga yo‘naltirish; - har bir o‘quvchining qobiliyati, qiziqishi va ishtiyoqlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; - o‘quvchilarga bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishni va dam olishni o‘rgatish. Darsdan tashqari faoliyat tizimi ko‘p komponentli bo‘lib, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlari quyidagi tarkibda, tartibda, shaklda va joylarda amalga oshirilishi mumkin: - o‘quv guruhi tarkibida; - o‘quv yurti jamoasi tarkibida; - individual (yakkama-yakka) tartibda; - ijtimoiy birlashmalarda va tashkilotlarda; - klublarda, to‘garaklarda, muzeylarda; - mehnat jamoalarida; - alohida fanlarni chuqur mustaqil o‘rganish chog‘ida; - ta’lim muassasasidan tashqaridagi madaniy dam olishning turli shakllarida. O‘quvlarning darsdan tashqari faoliyat tizimining o‘ziga xosligi shundaki, uning har bir komponenti alohida loyihalashtiriladi va har doim ham pedagogik ta’sir doirasi bilan qamrab olinmaydi. O‘quvchilarning darsdan tashkari shakllari: - o‘quv yurtining ish rejasi; - o‘quv yurtining o‘quvchilar bilan olib boradigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi; - o‘quv guruhlari o‘quvchilari bilan olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasi va boshqalar. O‘quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar rejasini tuzishning asosiy tartiblari va qoidalari: - diagnostik asos yaratish; 262 - o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini, jamoaning mahorat darajasi va shakllanganligini hisobga olish; - tarbiyaviy jarayonda asosiy mazmuniy komponentlarga muvofiq faoliyatani qo‘yish ishlarini belgilash; - tadbirlarni o‘tkazish muddatlarini, kunlarini, ishtirokchilarini aniq belgilash; - tarbiyaviy ishlar rejasining qulayligi, hayotiyligi va aniqligi; - tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishda o‘quvchilarning shaxsan ishtiroki. Darsdan tashqari faoliyatni zamonaviy tashkil etish ijodiy jarayon bo‘lib, tarbiyachidan chuqur bilim, malaka va hohish talab o‘quvchilardan ham ularning intilishlari va ehtiejlarini talab etadi. O‘quvchilar va tarbiyachi qiziqishlarini birlashtirish, tarbiyada mualliflik tizimini shakllantirishning yagona yo‘lidir. Bu holda, tarbiya shaxs kamolotini boshqarish jarayoni, uning ijtimoiylashuvi va rivoji uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish mezoni sifatida qaraladi. Darsdan tashkari faoliyat (dam olishni tashkil etish) esa, shaxsning ijodiy imkoniyatlarini yuqoriga ko‘tarish (birinchi navbatda, tarbiyachining), uning ijtimoiy faolligini amalga oshirish maydoni sifatida tushunilishi mumkin. Hordiq – insonning yangilanish, tiklanish, uning jismoniy va ma’naviy kuchini ko‘paytirish, dunyoqarashini boyitish, ijodiy faolligini oshirishni amalga oshirishga mo‘ljallangan va shu asosda rejalashtirilgan shaxsiy vaqtning bir qismidir. Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy jarayonni tashkil qilish asosiga ilg‘or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va mezonlar, xalq pedagogikasi, marosimlar, bayramlar, o‘yinlar va boshqalar qo‘yilishi kerak. Ularni tashkil etishda va o‘tkazishda tarbiya texnologiyalaridan yoki inter faol uslublaridan foydalanish o‘quvchida o‘z yurtiga mexr-muhabbat, oilaparvarlik, kasbiy fidoiylikni shakllantirishga yordam beradi. To‘garaklar talaba-yoshlarning optimal yechimlarini izlab topishga oid ko‘nikma va malakalarini, egallangan bilim, kunikma va malakalarni amaliyotga tabid eta olish kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan Ilmiy-ijodiy uyushma sifatida qiziqishlari uzaro yaqin bo‘lgan bir guruh talabalarining ma’lum fan va 263 yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi va unga kafedra va bo‘linmalarning tajribali professor-o‘qituvchilari rahbarlik qilishadi. Zarur hollar- da bu ishga sohaning taniqli vakillari tashqaridan taklif etilishi mumkin. To‘garak kafedra mudiri, fakultet dekani tavsiyasi asosida rektorning buyrugi bilan tashkil etiladi. Unga tajribali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qiladi va yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul prorektorlar nazorati ostida fakultet dekanlari tomonidan boshqariladi hamda fakultet Kengashiga muntazam hisobot beradi. To‘garak rahbarining vakolatlari: - ilmiy va ijodiy to‘garak Nizomiga o‘zgartirishlar va to‘ldirishlar kiritish tashabbusi bilan chiqadi; - to‘garak a’zolarining sonini (ishtirokchilar soni 10 nafardan kam bo‘lmasligi kerak) belgilaydi; - to‘garak vakolatlarini va uning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilaydi; - to‘garak a’zolari va yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garak a’zolari tomonidan taqdim etilgan dasturiy xujjat, loyiha va konsepsiyalarni muhokama qiladi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi; - to‘garak faoliyatini takomillashtirishga doyir turli taklif va tashabbuslar bilan chiqadi. To‘garak raxbarlarida kuyidagi me’yoriy-xuquqiy xujjatlar bo‘lishi lozim: - OTMda qabul qilingan Nizom asosida ishlab chiqilgan to‘garak Nizomi; - to‘garak dasturini tuzish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar; - institut soxa prorektori hamda fakultet Kengash tomonidan tasdiqlangan to‘garakning yillik ish rejasi; - ishtirokchilarning davomatini qayd qilish jurnali; - to‘garak ish jadvali; - to‘garak ishtirokchilarining ro‘yxati; - to‘garak faoliyatiga oid xisobotlar. To‘garak yig‘ilishlari uning xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Xar qanday xolatda ham uning haftasida kamida bir marta yigilishi shart. 264 To‘garak kafedra mudiri, fakultet dekani tavsiyasi asosida rektorning buyrugi bilan tashkil etiladi. Unga tajribali professor-o‘qituvchilar rahbarlik qiladi va yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul prorektorlar nazorati ostida fakultet dekanlari tomonidan boshqariladi hamda fakultet Kengashiga muntazam hisobot beradi. To‘garak rahbarining vakolatlari: - ilmiy va ijodiy to‘garak Nizomiga o‘zgartirishlar va to‘ldirishlar kiritish tashabbusi bilan chiqadi; - to‘garak a’zolarining sonini (ishtirokchilar soni 10 nafardan kam bo‘lmasligi kerak) belgilaydi; - to‘garak vakolatlarini va uning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilaydi; - to‘garak a’zolari va yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garak a’zolari tomonidan taqdim etilgan dasturiy xujjat, loyiha va konsepsiyalarni muhokama qiladi va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qiladi; - to‘garak faoliyatini takomillashtirishga doyir turli taklif va tashabbuslar bilan chiqadi. To‘garak raxbarlarida kuyidagi me’yoriy-xuquqiy xujjatlar bo‘lishi lozim: - OTMda qabul qilingan Nizom asosida ishlab chiqilgan to‘garak Nizomi; - to‘garak dasturini tuzish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar; - institut soxa prorektori hamda fakultet Kengash tomonidan tasdiqlangan to‘garakning yillik ish rejasi; - ishtirokchilarning davomatini qayd qilish jurnali; - to‘garak ish jadvali; - to‘garak ishtirokchilarining ro‘yxati; - to‘garak faoliyatiga oid xisobotlar. To‘garak yig‘ilishlari uning xususiyatidan kelib chiqib belgilanadi. Xar qanday xolatda ham uning haftasida kamida bir marta yig`ilishi shart. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling