Venn diagrammasi” grafik


Download 0.55 Mb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi0.55 Mb.
#1053136
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Q7SFqV0MRqifVTlKnM7qZrNkMpRXW89NGC01Zxev


Mavzu: Davlat va huquq fanini o‘qitishda ta’lim texnologiyalarning o‘rni va roli




Venn diagrammasi” grafik organayzeri
Ta’lim oluvchilarda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o’zlashtirish (sintezlash) ko’nikmalarini hosil qilishga yo’naltiriladi. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema bo’yicha amalga oshiriladi.

Grafik organayzeri quyidagi sxema (grafik tasvir)ga ega bo’lib, topshiriq shu sxema asosida bajariladi:
Grafik organayzer ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilgan o’zaro yaqin nazariy bilim, ma’lumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Undan muayyan bo’lim yoki boblar bo’yicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir.

Keys-stadi” texnologiyasi


―Keys-stadi (ingliz tilida ―case – metod, ―study – muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) texnologiyasi ta’lim oluvchilarda aniq, real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. U ta’lim oluvchilarni bevosita har qanday mazmunga ega vaziyatni o’rganish va tahlil qilishga o’rgatadi.
Texnologiyaning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi.
Bular quyidagilardir: ta’lim shakllari, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, ta’lim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to’plash, ularni o’rganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o’qituvchi va ta’lim oluvchi o’rtasidagi ta’limiy aloqaning usul va vositalari, o’quv natijalari.
Konseptual jadval” grafik organayzeri
Ta’lim oluvchilarni o’rganilayotgan mavzu (masala yoki muammo)ni ikki yoki undan ortiq jihatlari bo’yicha taqqoslashga o’rgatadi. Undan foydalanishda ta’lim oluvchilarning mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlash, ma’lumotlarni tizimli bayon qilish qobiliyatlari rivojlantiriladi.

Mashg’ulotlar chog’ida grafik organayzeridan quyidagicha foydalaniladi:

Baliq skeleti” grafik organayzeri


Ta’lim oluvchilarda mavzu yuzasidan muayyan masala mohiyatini tasvirlash va echish qobiliyatini shakllantiradi. Uni qo’llashda ta’lim oluvchilarda mantiqiy fikrlash, mavzu mohiyatini yorituvchi tayanch tushuncha, ma’lumotlarni muayyan tizimga keltirish, ularni tahlil qilish ko’nikmalari rivojlanadi.
Insert” grafik organayzeri
Yangi mavzu bo’yicha o’quvchi (ta’lim oluvchi)larning muayyan tushunchalarga egaliklarini aniqlash, ularda matnga nisbatan tahliliy yondashish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Klaster” GO


Klaster (g’uncha, to’plam, bog’lam) grafik organayzeri puxta o’ylangan strategiya bo’lib, uni ta’lim oluvchilar bilan yakka tartibda, guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlarda qo’llash mumkin. Klasterlar ilgari surilgan g’oyalarni umumlashtirish, ular o’rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
Munosabat” metodi
Texnologiya ta’lim oluvchilarga ular tomonidan mavzu bo’yicha o’zlashtirilgan bilimlarni erkin bayon qilish, mazmunini o’z fikri, hayotiy misollar yordamida yoritilishini ta’minlashga xizmat qiladi.
O’quv jarayonida texnologiyadan foydalanish o’rganilayotgan muammo bo’yicha muayyan masalalarni hal etish, ma’lum jarayon (voqelik, hodisa)ning kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish yo’llarini topish asosida ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish, fikrini isbotlash va turli vaziyatlardan chiqa olish ko’nikma, malakalarini hosil qiladi.
Texnologiya tarbiyaviy xarakterga ega bo’lib, ta’lim oluvchilarga o’zlarida ijobiy fazilatlarni ko’proq shakllantirish, salbiy xislatlardan esa voz kechishlarida yordam beradi.

Nilufar guli” grafik organayzeri


Texnologiya didaktik muammolarni yechishning samarali vositalaridan bo’lib, nilufar guli ko’rinishiga ega. Asos, unga birikkan to’qqizta gulbarg (kvadrat, to’rtburchak yoki aylanalar)larni o’z ichiga oladigan bu metod yordamida asosiy muammo va uning mazmunini yoritishga imkon beradigan xususiy masalalar hal etiladi.
Reja” metodi
Metod ta’lim oluvchilar tomonidan muayyan bo’lim yoki boblar bo’yicha o’zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida pedagogik faoliyatni tashkil etishga oid rejani ishlab chiqish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Uni qo’llash ta’lim oluvchilardan o’rganilayotgan mavzu mazmunini puxta o’zlashtirish, asosiy g’oyalarni umumlashtirish, ma’lum tizimga solish layoqatiga ega bo’lishni taqozo etadi.
Metod ta’lim oluvchilar faoliyatini juftlik, guruh va jamoa asosida tashkil etish imkonini beradi. Uni ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, volontyorlik harakatlarini olib borish, pedagogik amaliyotni tashkil etishda qo’llash yanada samarali hisoblanadi.
Odatda rejani ishlab chiqishda pedagogik vaziyat, ta’lim oluvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari, ma’naviy-ma’rifiy ishning yo’nalishi, mazmuni hamda samaradorlikka erishish imkoniyatiga egalik inobatga olinadi.

T-jadval” grafik organayzeri


Grafik organayzertayanch tushunchalarni bir-biri bilan o’zaro solishtirish, qiyoslash asosida o’rganilayotgan mavzu yoki masalaning muayyan jihatini bir necha asosiy belgilarga ko’ra batafsil yoritish maqsadida qo’llaniladi. Ko’p hollarda grafik organayzer mavzu mazmunida yoritiladigan bir necha holatlarning afzallik yoki kamchiliklarini, samaradorli yoki samarasizligini, bugungi kun va istiqbol uchun ahamiyatini taqqoslash maqsadida qo’llaniladi.
SWOT-tahlil” strategiyasi
Strategiya muammoning asosiy to’rt jihatini yoritishga xizmat qiladi. Ta’lim oluvchilar mavzuning mazmuniga mos muammolarni atroflicha o’rganish orqali mohiyatini yoritadi, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni izlab, hal qilish imkoniyatlarini topadi.



U yordamida muammoning quyidagi to’rt jihati tahlil qilinadi:









FSMU”strategiyasi


Grafik organayzer ta’lim oluvchilarda o’rganilayotgan mavzu yuzasidan fikrlarni mustaqil bayon etish, shaxsiy mulohazalarni dalillash (misollar bilan asoslash), bahslashish qobiliyatini shakllantirishga xizmat qiladi.
Ta’lim oluvchilarga quyidagi sxema bilan ishlash tavsiya etiladi:



Tushunchalar

(F)

(S)

(M)

(U)

1.

Ta’lim metodlari













2.

Ta’lim vositalari













3.

Ta’limni tashxis qilish













Qarama-qarshi munosabat” strategiyasi


Strategiya o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlarni tahlil hamda sintez qilish asosida mavzuni yoritishda ahamiyatli bo’lgan tayanch tushunchalarni asosiy va ikkinchi darajali sifatida guruhlarga ajratish imkonini beradi.
Ta’lim oluvchilar faoliyatining samaradorligini ta’minlash uchun ularning e’tiboriga quyidagi jadvalni taqdim etish maqsadga muvofiq.
Qarorlar shajarasi” (“qaror qabul qilish”) strategiyasi
Strategiya muayyan fan asoslariga oid bir qadar murakkab mavzularni o’zlashtirish, ma’lum masalalarni har tomonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, muammo yuzasidan bildirilayotgan bir nechta xulosa orasidan eng maqbul hamda to’g’risini topishga yo’naltirilgan texnik yondashuvdir. U avvalgi vaziyatlarda qabul qilingan qarorlarni yana bir bora tahlil qilish, uni mukammal tushunishga xizmat qiladi.
Ta’limda strategiyani qo’llash o’rganilayotgan muammo yuzasidan oqilona qaror qabul qilish (xulosaga kelish) uchun ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilayotgan har bir variantni tahlil qilish, maqbul va nomaqbul jihatlarini aniqlash imkoniyatini yaratadi.
Unga ko’ra mashg’ulotlarda ta’lim oluvchilar quyidagi chizma asosida ishlaydi (u yoki bu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan foydalanadi).
Aqliy hujum” metodi
Davlat va huquq fanini o’qitish jarayonida qo’llanishi maqsadga muvofiq bo’lgan zamonaviy interfaol metodlardan biri – Aqliy hujum metodi hisoblanadi.
―Aqliy hujum metodi bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida eng ko’p qo’llanilayotgan metodlardan biri bo’lib, dars jarayonlarida undan maqsadli va to’g’ri foydalanish o’quvchi yoshlarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga katta yordam beradi.
Aslida Aqliy hujumni uyushtirish nisbatan sodda bo’lib, undan ta’lim mazmunini o’zgartirish jarayonida, ishlab chiqarish muammolari yechimini topishda ham foydalanish mumkin.
Dastlab guruh yig’ilib, ularning oldiga muammo qo’yiladi. Bu muammoning yechimi to’g’risida ishtirokchilar o’z fikrlarini bildirishadi. Bu bosqichda hech kimning o’zgalar g’oyasiga ― hujum qilishi yoki baholashiga haqqi yo’q. Aqliy hujum metodi orqali o’quvchilarga savollarni berish bilan o’qituvchi avvalo o’tgan darslarni mustahkamlaydi, yangi mavzuni oydinlashtiradi, mavzulararo bog’lanishga erishadi, qolaversa, o’quvchilarda erkin fikr, mustaqil dunyoqarashni shakllantirib, fikrlarni zudlik bilan jamlash, tez, aniq va lo’nda javob berish, vaziyatni to’g’ri baholash kabi ko’nikmalarni uyg’otadi. O’quvchilarning mustaqil dunyoqarashi, erkin tafakkurini rivojlantirish maqsadida dars jarayonlarida ushbu metoddan foydalanish kutilgan samarani berishi shubhasiz.
Pedagogik texnologiyalarning nazariy tahliliga oid ko’pgina manbalarda mutaxassislar, ―Aqliy hujum qoidalarini quyidagicha belgilashadi:

  • olg’a surilgan g’oyalar baholanmaydi va tanqid ostiga olinmaydi;

  • ish sifatiga emas, soniga e’tibor qaratiladi, g’oyalar qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi;

  • istalgan g’oyani mumkin qadar mukammallashtirish va rivojlantirish mumkin;

  • har qanday g’oyalar ham qo’llab quvvatlanadi;

  • barcha g’oyalarning asosiy mavzulari(farazlari) yozib olinadi;

  • ―hujum vaqti aniqlanadi va unga rioya qilinishi shart;

  • savollarga qisqacha(asoslanmagan) javoblar berish ko’zda tutiladi.

Shu o’rinda qisqacha Aqliy hujum metodining vazifasiga to’xtalib o’tish lozim. Bu metod qiyin vaziyatdan qutulish choralarini topishga, fikrlar xilma-xilligiga erishishga va muammoning chegarasini hamda tafakkur doirasini kengaytirishga imkon beradi. Eng asosiysi, muammoni yechish jarayonida ijodiy hamkorlik kuchayib, guruh (auditoriya yoki sinf) yanada jipslashadi.
―Aqliy hujum metodi qo’llanish maqsadiga ko’ra, universal hisoblanib, ilmiy izlanishlar jarayonida yangi muammoni yechishga imkon yaratadi, o’qitish jarayonida o’quv materiallarini tezkor o’zlashtirishga yordam beradi, fikrni mustahkamlashda asqotadi, ya’ni o’quvchida o’z-o’zini boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi.
Aqliy hujum metodi bo’yicha o’quvchilar mustaqil o’qib, izlanishlari va muayyan ma’noda bilim va tasavvurlarga ega bo’lishlari uchun o’tgan darslarda ular mazkur mavzu yuzasidan kerakli adabiyotlar yoki o’qituvchi tomonidan tayyorlangan tayanch ma’ruza matni bilan ta’minlanishlari zarur.
Davlat va huquq fani mavzularini Aqliy hujum metodidan foydalanib o’qitishda quyidagi omillarga e’tibor berish maqsadga muvofiq:

    • imkon qadar ko’proq fikr va g’oyalarni to’plash;

    • o’quvchilarning erkin fikrlashlariga zamin hozirlash;

    • bolalarda bir-birini fikrini hurmat qilish hissini tarbiyalash;

    • o’quvchilar tomonidan bildirilgan noto’g’ri fikrlarni tanqid qilmaslik, bir-birining fikriga tolerantlik bilan qarash;

    • munozara yakunida fikr bildirgan barcha o’quvchilarni rag’batlantirish;

    • to’plangan fikr va g’oyalarni guruhlashtirish;

    • fikrlarni tahlil qilib, muammoning echimiga daxldor bo’lganlarini tanlab olish.

Mashg’ulotni o’tkazish uchun avvalo o’qituvchi aynan ushbu metod orqali yoritilishi mumkin bo’lgan mavzuni tanlaydi. Chunki, Davlat va huquq fani mavzularining barchasida ushbu metodni qo’llash maqsadga muvofiq emas. Tanlangan mavzu o’qitiladigan kuni o’quvchilar bahs munozaraga taklif etiladilar.
―Aqliy hujum metodining yozma va og’zaki shakllari mavjud bo’lib, o’qituvchi o’quvchilarga muayyan muammoni Aqliy hujum usulida yechishni vazifa qilib yuklar ekan, uni qaysi shaklda o’tkazish tartibini ham belgilab olishi zarur.
Davlat va huquq fanini o’qitishda Aqliy hujum metodidan foydalanish orqali o’qituvchi o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishadi va o’z o’quvchilarida quyidagi bilim, ko’nikm va malakalarni yanada mustahkamlashga erishadi:
Birinchidan, o’quvchi tanlangan mavzuning mohiyatini, ma’no — mazmunini chuqurroq o’rganadi, bilimlari yanada boyiydi, mustaqil dunyoqarashi, tafakkuri rivojlanib boradi;
Ikkinchidan, o’zining fikrini dadil, erkin, mustaqil bayon etish ko’nikmasiga ega bo’ladi;
Uchinchidan, erkin tafakkur qilishi natijasida faolligi oshadi.
Bunyodkorlik ishlariga ilhomlantiruvchi omil, vositalarini bila boradi;
To’rtinchidan, yangicha fikrlash, tashabbuskor va shiddatkor bo’lish qobiliyatiga ega bo’ladi;
Beshinchidan, qalbida mustahkam e’tiqod, mustaqil dunyoqarash asoslarini shakllantirish, rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Shu o’rinda haqli savol tug’ilishi tabiiy: nechanchi sinfda va qaysi mavzularni o’qitishda ushbu metodni qo’llash mumkin?
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralarning mazmun va mohiyatini anglatish uchun
―Aqliy hujum metodidan foydalanish mumkin.

Yalpi fikriy hujum” metodi


Mazkur metod J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, uni bir necha o’n (20, 40 va 60) nafar ta’lim oluvchilardan iborat guruh (sinf)larda qo’llash mumkin. Ushbu metod ta’lim oluvchilar tomonidan yangi g’oyalarning o’rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar ta’lim oluvchilarni o’z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo’lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar beriladi. Topshiriq va ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqda guruh a’zolaridan biri axborot beradi. Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o’qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg’ulot yakunida o’qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o’ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi. Mashg’ulot jarayonida guruh a’zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko’ra baholab boriladi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling