Venn diagrammasi” grafik
Download 0.55 Mb.
|
Q7SFqV0MRqifVTlKnM7qZrNkMpRXW89NGC01Zxev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman”
- Zigzag” strategiyasi metodi
- Komandada o’qitish” metodi
- O’z o’rningni top” metodi
- Idrok xaritasi” (Konseptual xarita) metodi
- Nima uchun” grafik organayzeri
- Qanday” ierarxik diagrammasi (Muammoni hal qilish usuli va vositasi)
- Beshinchisi ortiqcha” metodi
- Atamalar zanjiri” metodi
- Xulosalash” (Rezyume, Veer) metodi
Arra metodi (E.Aronson,1978)
Pedagogik amaliyotda mazkur metodda kichik guruhlar 6-8 ta o’quvchidan tashkil topadi. Dars davomida o’rganiladigan mavzu mantiqan tugallangan qismlarga ajratiladi. Har bir qism yuzasidan o’quvchilar bajarilishi lozim bo’lgan o’quv topshiriqlari tuziladi. Har bir o’quvchilar guruhi mazkur topshiriqlarning bittasini bajaradi va shu qism bo’yicha mutaxassisga aylanadi. So’ngra guruhlar qayta tashkil etiladi. Bu guruhlarda har bir qism (blok yoki modul) «mutaxassis» bo’lishi shart, mazkur «mutaxassis»lar o’zlari egallagan bilimlarni xuddi «arra» tishlari ketma-ket kelganidek navbat bilan o’rtoqlariga bayon qilishadi. Mazkur guruhlarda o’quv materiali mantiqiy ketma-ketlikda qayta ishlab chiqiladi. 1986-yili R.Slavin ― arra metodini qisman o’zgartirib ―arra-2 metodini yaratdi. Mazkur metodga ko’ra kichik guruh 4-5 o’quvchidan tashkil topadi. Barcha guruh a’zolari o’quv materiali yuzasidan tuzilgan yagona topshiriq ustida ishlaydi. Guruh ichida o’quvchilar topshiriqlarni qismlarga ajratib, bo’lib oladilar. Har bir o’quvchi o’ziga tegishli qismini puxta o’zlashtirib mutaxassisga aylanadi. Dars oxirida har bir kichik guruhdagi ―mutaxassislar uchrashuvi qayta tashkil etilgan guruhlarda o’tkaziladi. O’quvchilar bilimi test savollari yordamida individual tarzda o’tqazilib nazorat qilinadi va baholanadi. Guruh a’zolarining ballari jamlanadi, eng yuqori ball to’plagan guruh g’olib sanaladi. “Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman” Sinf o’quvchilari beshta guruhga bo’linadilar, guruhlar nomlanadi. Yozuv taxtasi uch qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga ―Bilaman, ikkinchi bandning yuqori qismiga ―Bilib oldim, uchinchi bandning yuqori qismiga esa ―Bilishni xohlayman degan so’zlar yoziladi. So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan mavzu yuqasidan qanday ma’lumotlarga ega ekanliklarini so’raydi va bildirilgan fikrlarni ―Bilaman nomli bandga yozib qo’yadi. Ushbu harakat guruhlar tomonidan fikrlar to’la bayon etilganga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlarning barcha a’zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O’quvchilar tomonidan bildirilayotgan noto’g’ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday xarakat o’quvchilarning faolligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi). Keyingi bosqichda o’quvchilarga mavzuga oid matnlar tarqatiladi Ushbu matn mavzu bo’yicha eng asosiy tushunchalarni o’z ichiga oladi. O’quvchilar matn bilan tanishib chiqqandan so’ng fikr yuritishlari hamda mavzuga oid yana qanday ma’lumotlarni o’zlashtiriganliklarini aniqlashlari lozim. O’quvchilar o’z xulosalari asosida fikrlarini bayon etadilar, ushbu fikrlar «Bilib oldim» nomli ustunga yozib boriladi. So’nggi bosqichda o’qituvchi o’quvchilaridan yangi mavzu bo’yicha qanday ma’lumotlarni o’zlashtirish istagida ekanliklarini so’raydi va o’quvchilarni yana o’ylashga da’vat etadi. Guruhlardan navbati bilan fikr so’raladi. O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman»nomli ustunga yozib boriladi. Namuna sifatida quyidagi jadvalni keltiramiz: Masalan: Matn o’quvchilarga tarqatiladi. O’quvchilar yakka tartibda (7 minut) matn bilan tanishadilar. So’ngra guruhlarda yuqorida qayd etilgan jadvalni to’ldiradilar. “Zigzag” strategiyasi metodi Sinf o’quvchilari 7 ta guruhga bo’linadilar va guruh nomlanadi. Guruhlarda yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O’quvchilar matnlarni diqqat bilan o’rganadilar va gapirib beradilar. Vaqtni tejash maqsadida guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa ular tomonidan bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari tomonidan to’ldirilishi mumkin. Barcha guruhlarning o’quvchilari o’zlariga topshirilgan matn mazmuni xususida so’zlab berganlaridan so’ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga bir necha matnlar taqdim etiladi. Shu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o’rganib chiqilgach o’quvchilar o’tilgan mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o’zaro mantiqiy bog’liqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan g’oyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab chiqiladi. So’ngra o’zlashtirilgan bilimlar asosida o’quvchilarning o’zlariga shunday sxemalarni ishlab chiqish vazifasi topshiriladi. “Komandada o’qitish” metodi Komandada o’qitishda o’quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzuda ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e’tiborni qaratadi. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo’lgan R.Slavinning ta’kidlashicha, o’quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko’rsatma berilishi yetarli emas. O’quvchilar o’rtasida tom ma’nodagi hamkorlik har bir o’quvchining qo’lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o’quvchining kundalik natijasi avval qo’lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o’quvchilar o’zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishni anglagan holda mas’uliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko’nikma va malakalarni puxta o’zlashtirishga intiladi. “5x5x5” metodi Sinf o’quvchilari 5 nafardan bo’lib 5 ta guruhga bo’linadilar. Mavzuning umumiy matni 5 qismga bo’linib, har bir qism har bir guruhga beriladi va guruhlarga matnni o’rganib chiqish vazifasi topshiriladi. Matn guruhlar tomonidan o’rganilgandan so’ng, guruhlar qayta tashkil etiladi (ushbu o’rinda har bir guruhda avvalgi beshta guruhning bir nafar a’zosi bo’lishi shart). Guruhlar qayta tashkil etilgandan so’ng har bir o’quvchi o’zi o’zlashtirgan ma’lumotlarni qolgan o’quvchilarga hikoya qilib beradi. Shu tarzda mavzu matni o’quvchilar tomonidan o’zlashtiriladi. “O’z o’rningni top” metodi Agar auditoriyada u yoki bu mavzu buyicha tortishuvlar vujudga kelsa bu metod yordamida muammoning yechimini topish mumkin. Undan ko‘pincha darsning kirish qismida foydalanishadi va o‘tilayotgan mavzuni o‘rganishga turli xil yondashuvlar mavjudligi namoyish etiladi. Bu bir tomondan. Ikkinchi tomondan, o’quvchilarga o‘z fikrini bayon qilishga, muloqot ko‘nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. Uchinchidan, dars so‘nggida o‘qituvchi tomonidan mavzuni o‘zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi. Auditoriyaning qarama-qarshi burchaklariga ikkita plakat osiladi. Ularning biriga «roziman», boshqasiga «rozi emasman» degan so‘zlar yozilishi kerak. Plakatlarda ba’zi bir mavzuga oid savollar bo‘yicha bildirilgan qarama-qarshi fikrlar ham yozilishi mumkin. Masalan: «anjir gullaydi va meva tugadi», yoki «anjir gullamasdan meva tugadi». Darsni tashkil etish qoidalari muhokama qilinadi. Qaralayotgan muammo yuzasidan o‘z fikrlariga mos keladigan plakat yoniga borish zarurligi o’quvchilarga taklif etiladi. Bo‘lingan o’quvchilardan o‘z qarashlarini asoslash so‘raladi. Bu paytda bir guruhdan ikkinchi guruhga o‘tish ruxsat etiladi va shu tarika sinf o’quvchilarining hammasi jalb etildi. Muammo buyicha fikrlar bildirilgach, o’quvchilar ichida munozara davomida o‘z nuqtai nazarini o‘zgartirganlar va boshqa guruhga o‘tuvchilar bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda ular o‘z o‘rnini o‘zgartirish sabablarini asoslashi kerak bo‘ladi. Ishtirokchilardan opponentlari ichida muammo yuzasidan eng ishonchli fikr aytgan o’quvchilarni aniqlash so‘raladi. “Idrok xaritasi” (Konseptual xarita) metodi ―Idrok xaritasi (Konseptual xarita) adabiyotda turli nomlar bilan uchraydi: ―Idrok xaritasi, ―Konseptual xarita, ―Kartografiya konsepsiyasi, ―Intellekt-xarita - fikrlarni taqdim qilish va bog’lash usuli bo’lib, u o’quvchilarda tassavvur qilish va fikrlarni tizimlashtirish, o’rganilayotgan mavzudagi bo‘sh g’oyalar yoki asosiy tushunchalarni, birlamchi tushunchalarni izohlashga yordam beruvchi ikkilamchi va uchlamchi g’oyalar yoki tushunchalarni ajratish ko’nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan. Taklif etilayotgan usul yangi bilim va axborotlarni konspektlashtirishning standart chizmasini ishlashga xizmat qiladi va darsning uzundan uzoq konspektini yozish yukidan xalos etadi. Xaritani tuzish o’quvchiga: asosiy, ikkilamchi, uchlamchi (va h.k.) shoxchalar (chiziqlar) larni ishlatish hisobidan ierarxik tartibda mavzuning asosiy g’oyalarni strukturalashga; ravshan va rangli obrazlar orqali g’oyani kuchaytirishga; ular orasidagi bog’liqlikni namoyish etishga; rang, shrift razmeri, bo’rttirish va h.k.lar bilan konsepsiyalarni ajratishga; maxsus belgilar yordamida g’oyalarni baholash va izohlashga imkon beradi. “Assesment” –texnologiyasi ―Assesment – bu markaz, shaxsga nisbatan o’z-o’zini baholash texnologiyasi hisoblanadi. ―Assesment- angl. assessment «baholash». Maqsadi – o’quvchilarning bilimini bir necha xil yondashuvlar orqali baholash, tahlil qilish, sinab ko’rishdan va o’z-o’zini baholashga imkoniyat berishdan iboratdir. “Nima uchun” grafik organayzeri “Nima uchun” sxemasi - muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo’yicha fikrlar zanjiri bo’lib, o’quvchilarning tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashini rivojlantiradi va faollashtiradi. Buning uchun o’quvchilar avvalo ―Nima uchun sxemasini tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik gurhlarda muammoni ifodalaydilar. ―Nima uchun so’rog’ini beradilar va chizadilar, shu savolga javob yozadilar. Bu jarayon muammoning dastlabki sababi aniqlanmagunicha davom etadi. Kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o’zlarining chizmalarini to’ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar. Ish natijalarini taqdimot qiladilar. ―Nima uchun? chizmasini tuzish qoidalari: Aylana yoki to’g’ri to’rtburchak shakllardan foydalanishni o’zingiz tanlaysiz. Chizmaning ko’rinishini - mulohazalar zanjirini to’g’ri chiziqlimi, to’g’ri chiziqli emasligini o’zingiz tanlaysiz. Yo’nalish ko’rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni: dastlabki holatdan izlanishgacha bo’lgan yo’nalishingizni belgilaydi. “Qanday?” ierarxik diagrammasi (Muammoni hal qilish usuli va vositasi) ―Qanday? diagrammasi muammo to’g’risida umumiy tasavvurlarni olish imkonini beruvchi mantiqiy savollar zanjiri bo’lib, muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va ―Qanday savoliga javob topish orqali muammo hal qilinadi. ―Qanday? savollarining izchil berilishi quyidagilar imkonini beradi: muammoni yechish nafaqat bor imkoniyatlarni, balki ularni amalga oshirish yo’llarini ham tadqiq qilish; quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich bo’ysunadigan g’oyalar tuzilmasini aniqlash. Diagramma strategik darajadagi savollar bilan ishlashni boshlaydi. Muammoni yechishning pastki darajasi birinchi galdagi harakatlarning ro’yxatiga mos keladi: Barcha g’oyalarni o’ylab o’tirmasdan, baholamasdan va taqqoslamasdan tezlikda yozish kerak; Diagramma hech qachon tugallangan bo’lmaydi: unga yangi g’oyalarni kiritish mumkin; Agarda chizmada savol uning ―shoxlarida bir necha bor qaytarilsa, unda u biror muhimlikni anglatadi. U muammoni yechishning asosiysi bo’lishi mumkin; Yangi g’oyalarni grafik ko’rinishda: daraxt yoki kaskad ko’rinishidami, yuqoridan pastgami yoki chapdan o’ngda qayd qilinishini o’quvchining o’zingiz hal etadi; Agarda ishtirokchi o’ziga savollarni to’g’ri bersa va rivojlanish yo’nalishini namoyon bo’lishida ishonchni saqlasa, diagramma uning har qanday muammoni amaliy jihatdan echimini topishini kafolatlaydi. “Beshinchisi ortiqcha” metodi Mazkur metoddan quyidagi tarzda foydalanish mumkin. Bunda o’qituvchi doskaga mavzuga oid to’rtta so’z va mavzuga oid bo’lmagan beshinchi so’zni yozadi. Masalan:―Istiqlol, hurriyat, farzand, ozodlik, obodlik – o’quvchilar mavzuga oid bo’lmagan, ya’ni ― ortiqcha bo’lgan beshinchi so’zni topadilar. O’qituvchi shu tariqa so’zlar ketma ketligini yozishda, o’quvchilar esa ortiqcha so’zni topishda davom etadilar. Bu metod o’quvchilarining o’zlashtirgan nazariy bilimlarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo’llashlariga imkon yaratadi. “Atamalar zanjiri” metodi Davlat va huquq fanini o’qitish jarayonida o’quvchilar tomonidan tushuncha va atamalarni mustahkam o’zlashtirishga zamin tayyorlash muhim o’rin tutadi. Shu sababli har bir bob va mavzular mazmunidagi tushuncha va atamalarni ―Atamalar zanjiri tizimiga keltirish muhim ahamiyatga ega. ―Atamalar zanjiri bu atamalar va ularning ta’riflari bo’lib, ulardan o’qituvchi o’tgan mavzuni yakunlash, yangi o’rganilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimlarini mustahkamlash maqsadida darsning bir qismida foydalanganligi sababli, lokal texnologiyalari guruhiga kiritish maqsadga muvofiq hisoblanadi. “Xulosalash” (Rezyume, Veer) metodi Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling