A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 


230 
 
MAVZU 17. O‘QUV-ISHLAB CHIQARISH ISHLARINI 
ME’YORLASHTIRISH. 
 
 
 
 
 
 
 
17.1. Me’yorlashtirish maqsadlari va metodlari, o‘quvchilar 
ishiga vaqt me’yorini belgilash, shogirdlik vaqt me’yorini 
belgilash, me’yorlashga qo‘yiladigan talablar. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Nazorat qilish, o‘zlashtirishlar kiritish, me’yorlar doirasi, me’yoriy hujjatlar
majmui, klassifikator, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, ta’lim bosqichlari, 
davlat ta’lim standartlari, tarmoq standarti, majburiy fanlar bloklari, kasbiy 
faoliyat, o‘quv rejasi, ta`lim omillari. 
Asosiy amalga oshirish bosqichida o‘z imkoniyati, shart-sharoiti mavjud 
bo‘lgan ko‘plab boshqa omillarni hisobga olgan holda amaliy xatti-harakatlar 
amalga oshirilib, ma’lum natijaga erishiladi. 
Nazorat qilish va o‘zlashtirishlar kiritish bosqichida ko‘zlangan maqsad 
bilan olingan natija qiyoslanadi va kerakli xulosaga kelinadi. Kerakli hollarda reja 
va amalga oshirish bosqichlarining mazmuni, tuzilmasi va shakliga o‘zgartirishlar 
kritilib, ish-harakat usullari takomillashtiriladi. 
Kishilar (inson) tomonidan amalga oshiriladigan barcha jarayonlar kabi 
ta’lim-tarbiya ishlari ham ushbu yuqoridagi qonuniyatga to‘liq bo‘ysunadi. Demak 
ta’lim-tarbiya ishi ma’lum me’yorlar doirasida amal qiladi. Bu me’yorlarsiz 
ta’lim-tarbiya ishi mazmun, shakl, zamon va makon hamda natijalar tekisligida 
 
 
O’quv maqsadi 
Me’yorlashtirish maqsadlari va metodlari, o‘quvchilar 
ishiga vakt me’yorini belgilash, shogirdpik vaqt 
me’yorini belgilash, me’yorlashga qo‘yiladigan 
talablar
i
ga
 
oid ma’lumotlarni nazariy jihatdan 
o’rganish



231 
samarasiz bo‘ladi. Aslini olganda maxsus ta’lim muassasalarida amalga 
oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar aniq maqsadni ko‘zlab, reja asosida kechadi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy 
rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi kadrlar tayyorlash tuzilmasi va 
mazmunini qayta tashkil etishni zarur qilib qo‘ydi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi 
qonunning joriy etilishi yangi o‘quv rejalari, dasturlari, darsliklarni hamda 
zamonaviy didaktik ta’minotni ishlab chiqishni va tadbiq taqozo etdi. 
Shu nuqtai nazardan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim jarayoni
mazmunini isloh qilish asosan me’yoriy hujjatlar majmui (davlat ta’lim standarti,
o‘quv rejalari va dasturlari) asosida, kadrlarga ta’lim va tarbiya berish milliy 
istiqlol g‘oyalariga muvofiq amalga oshirilishi alohida ta’kidlab o‘tilgan. 
Klassifikator 
– 
bu 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
axborotlarni
kodlashtirish va tartibga solish yagona tizimining tarkibiy qismidir. 
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari (klassifikatori) tasniflagichi-Oliy 
ma’lumotli kadrlar tayyorlash uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 
magistratura mutaxassisliklarining tizimlashtirilgan ro‘yxati. Unda quyidagi 
sakkizta bilim sohasi ko‘zda tutiladi: 
1. Ta’lim
2. Gumanitar fanlar va san’at
3. Ijtimoiy fanlar, biznes va huquq
4. Fan
5. Muhandislik, ishlov berish va urilish tarmoqlari
6. Qishloq xo‘jaligi
7. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
8. Xizmatlar. 
Klassifikatorda ta’lim bosqichlari (bakalavriat, magistratura), bilim va ta’lim 
sohalari, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari yettita raqamli kod bilan 
belgilanadi. 
- mutaxassislik kodi; 
- yo‘nalish kodi; 


232 
- ta’lim sohasi kodi; 
- bilim sohasi kodi
- ta’lim dasturlari bosqichi kodi. 
Ta’limning xalqaro standart klassifikatsiyasiga binoan ta’lim bosqichlari 
bakalavriat yo‘nalishlarida 5 raqami, magistratura mutaxassisliklarida – 5 A 
(raqam va harf)bilan belgilanadi. Masalan: bakalavriat kodi 5140100, 5211300, 
5520400 va hokazo; magistrlar 5 A 140101, 5A211301, 5A520403 va hokazo. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling