A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
1. 
Kontseptsiyada o`quvchilarni kasb-hunarga 
yo`naltirish jarayonida qaysi tamoyillarning ustuvor o`rin tutishi alohida 
ta`kidlab o`tilgan? 
2. Uzluksiz ta`lim tizimi rivojlanishining hozirgi sharoitida o`quvchilar bilan olib 
boriladigan kasb-hunarga yo`naltirish ishlarini takomillashtirish deganda nimani 
tushunasiz? 
3. Kasbga yo`naltirishning asosiy maqsadi nimalardan iborat? 
4. Respublikamiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida nima 
deya olasiz? 
5. Muammolarning to`laqonli yechimini topishga to`siq bo`layotgan asosiy 
holatlardan biri – tadqiqotlarning odatda qandaydir tartibda belgilanadigan 
o`rtacha olingan o`quvchi shaxsiga yo`naltirilganligi bilan belgilanadi. Buni 
qanday izohlay olasiz? 
6. Respublikamiz ta`lim mazmuni tubdan isloh etilayotgan bugungi kunda 
o`quvchilarning texnik ijodkorlik mashg`ulotlariga qo`yiladigan talablar haqida 
nima deya olasiz? 
7. Umumiy o`rta ta`lim maktablari o`quvchilarini kasb-hunarga yo`naltirish, ularda 
muayyan kasbiy faoliyat bo`yicha ko`nikma va malakalarni hosil qilish borasida 
muayyan yutuqlarga e rishilganligi ko`rsatildi. Buni Siz qanday izohlaysiz? 
8. Loyiha doirasida amalga oshirilgan tadqiqot ishi natijalariga ko`ra qanday 
tavsiyalarni ilgari surishimiz mumkin? 
9. 
O`quvchilarni kasb tanlashga to`g`ri yo`naltirishda ularning qaysi sifatlariga 
e`tibor berish lozim?


47 
3.2. Kasb tanlash, kasbiy layoqatlik, kasbiy o‘z-o‘zini baholash, 
kasbiy maslahatlar va kasbga yo‘naltirish 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
Kasbga yo‘naltirish, faoliyat ko‘rsatish, kasbni to‘g‘ri tanlash, moyillik, 
qiziqish, kasbning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, kasb-hunar sohiblari, kasb 
ehtiyojlari, kasb turlari, kasblarning tasnifi. 
Mustaqil respublikamizning buyuk kelajagini yaratishda yosh avlodni faol 
qatnashishga jalb etish bevosita kasbga yo‘naltirish ishi bilan bog‘liq.
Yoshlarni kasbga yo‘naltirish muammosi bilan pedagoglar, psixologlar, 
shifokorlar, iqtisodchilar, sotsiologlar kabi boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatuvchi 
mutaxassislar shug‘ullanadi. Bu muammo ustida ko‘p soha mutaxassislarining 
shug‘ullanishi uni majmuaviy hal etilishiga sharoit yaratadi. Yoshlarda fan-
texnika, texnologiya asoslari haqida mukammal bilim, kasbiy ish-harakat usullarini 
shakllantirish, ular tomonidan onglilik, mustaqillik, ishbilarmonlik, ijodkorlik kabi 
qobiliyatlarni o‘z mulkiga aylantirishiga erishish uzluksiz ta’lim tizimining barcha 
bo‘g‘inlarini muhim vazifasidir. 
Kasbni to‘g‘ri tanlash-inson hayot-faoliyatidagi muhim ish bo‘lib, u har bir 
shaxsning qiziqishi, mayli, imkoniyatlariga mos kelishi zarur. Mutaxassis o‘zi 
bajarayotgan ishga ijodiy yondoshib, mehnat unumdorligini oshirib borsa, 
faoliyatning ijtimoiy ahamiyatini tushunsa, kasbiy mahorati darajasini oshira 
borsagina mehnatdan qoniqish hosil qiladi. Yoshlarning kasb tanlashi ongli 
zaruriyat va ayni paytda jamiyat manfaatlariga mushtarak bo‘lishi ularning 
kamolot yo‘lidagi shaxsiy muddaolarini qondirishi lozim. Kasbga yo‘naltirish 
ishida iqtisodiy muammolar muhim ahamiyat kasb etadi. Kasbga yo‘naltirishda bir 
tomondan-turli kasblar va ixtisosliklarning mavjudligi, ikkinchi tomondan-
shaxslarning qator hususiyatlari bilan farqlanishi o‘ziga xos muammoli vaziyatlari 
vujudga keltiradi. Umuman ilk kasbga yo‘naltirish ishlari oiladan boshlanib, atrof-
muhit, ota-ona, kattalar, qo‘ni-qo‘shni, mahalladoshlar kabilar ham unga ma’lum 
ta’sirini ko‘rsatadi. 


48 
Kasb-hunar tanlashda har bir shaxs, avvalo, nimani bilishi, xohlashini, 
qo‘lidan nima kelishini, ya’ni nimani uddalay bilishini va jamiyat uchun nima 
qilishi kerakligini bilishi zarur. Bu holatni mantiqan quyidagicha ifodalash 
mumkin. Kerak-xohlayman, bilaman-uddalayman. 
Bilim egallash manbalari: uzluksiz ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari, 
jamiat (oila, mahalla, tanishlar, qarindosh urug‘), hayot faoliyati kabilar. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling