A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Moyillik – ma’lum bir faoliyat bilan shug‘ullanishga undovchi omil.  49


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Moyillik – ma’lum bir faoliyat bilan shug‘ullanishga undovchi omil. 


49 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
MEHNAT PREDMETI BO‘YICHA KASBLARNING TASNIFLARI 
Inson
-
Texnika 
Inson- 
tabiat 
Inson- 
inson 
Inson-belgilar 
tizimi 
Inson-badiiy 
obrazlar 
Texnik tizimlar 
bilan 
munosabatda 
bo‘lish 
talab 
etiladigan 
mehnat faoliyat: 
Asbobsoz-
chilangar, tokar, 
radio-texnik, 
avtomobillarni 
sinovchi, 
ta’mirlovchi 
chilangar va shu 
kabilar 
Tabiat 
bilan 
munosabatda 
bo‘lish 
talab 
etiladigan 
mehnat 
faoliyati: 
Dexqon-fermer, 
asalarichi, 
chorvador, 
zootexnik 
va 
shu kabilar 
Insonlar 
bilan 
munosabatda 
bo‘lish talab 
etiladigan 
faoliyat: 
Tarbiyachi, 
o‘qituvchi, 
to‘garak 
rahbari 
va 
shu kabilar. 
Belgilar tizimi 
bilan 
munosabatda 
bo‘lish 
talab 
etiladigan 
faoliyat: 
Harf 
teruvchi, 
ofset 
bosma 
bosuvchi, 
va 
shu kabilar. 
Rassom, 
kulol, 
kashtado‘z, 
dizayner 
loyihalovchi 
va 
shu 
kabilar. 
 
KASB TURLARI 
Mehnat 
predmeti
Mehnat 
maqsadi
Mehnat 
qurollari
Mehnat
sharoiтлари
Inson xayolan
yoki amalda 
bajarishi 
lozim bo‘lgan 
predmet 
(buyum), 
hodisa 
jarayonlarning 
o‘zaro 
munosabatlari 
va xossalari 
тизими 
Jamiyat va 
davlat 
insondan 
kutayotgan 
va talab 
qilayotgan 
natijalar 
Insonning 
mehnat 
qurolini 
tanlashi va 
unga ta’sir 
o‘tkazish 
qobiliyatlarini
oshiruvchi 
vositalar 
Inson mehnat 
qiladigan 
ijtimoiy muhit 
xususiyatlari 


50 
MEHNAT QUROLLARI BO‘YICHA KASBLARNING TURLARI 
Qo‘l 
mehnati 
bilan bog‘liq: 
asbobsoz-
chilangar, 
avtomobillarni 
ta’mirlovchi 
chilangar, 
bo‘yoqchi, 
suvoqchi vashu 
kabilar 
Mexanizm va 
mashinalarni
ishlatish bilan 
bog‘liq: 
Tokar, 
frezolovchi, 
haydovchi, 
kombaynchi va 
shu kabilar 
Avtomatik 
qurilmalarni 
ishlatish 
bilan 
bog‘liq: 
Dasturli 
stanoklar 
operatori, 
nazorat-
o‘lchash uskunalari 
va 
avtomatik 
qurilmalarni 
ta’mirlovchi 
chilangar 
Maxsus 
qobiliyatlari 
ishga 
solish 
bilan bog‘liq: 
O‘ymakor, 
rassom, 
kulol, 
dizayner, 
musiqachi, 
badiiy so‘z ustasi 
va shu kabilar. 
 
Qiziqish – u yoki bu ob’ektlar bilan yaqindan tanishish, uni bilishga
o‘rganishga bo‘lgan intilish. Insonlarning qiziqishi quyidagi sohalarga bo‘linishi 
mumkinligini fanda isbotlangan: insonlarga, texnika, tabiatga, belgilarga, badiiy 
obrazlar. 
Layoqat – shaxsning tabiiy tug‘ma xususiyatlari bo‘lib, u hayot va tajriba 
davomida rivojlanib, qobiliyat sifatida faoliyat davomida namoyon bo‘ladi. 
Jamiyatning kasb-hunar sohiblariga bo‘lgan ehtiyojlari: tanlangan kasbning 
mehnat mazmuni va istiqbollari haqidagi bilimlarni egallash; tanlangan kasbga 
o‘zining mosligini va shu yo‘nalishdagi o‘quv yurtida o‘qiy olish imkoniyatlarini 
anglab yetish; tanlangan kasbning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini tushunish 
kabilarni belgilaydi. 
O`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish uzluksiz ta`lim tizimining muhim 
bosqichi bo`lgan umumiy o`rta ta`lim tizimida alohida ahamiyatga ega bo`lib, 
yoshlarga o`quv va maxsus fanlar doirasida ishlab chiqarish sohalari, ularning 
o`ziga xos xususiyatlari, mehnat turlari, kasbiy faoliyat borasidagi ma`lumotlar 
beriladi. Natijada o`quvchilarda muayyan turdagi faoliyat yo`nalishiga qiziqish va 
hayotiy ehtiyoj yuzaga keladi. 


51 
Mazkur ehtiyojni qoplash va malakali mutaxassislarni tayyorlash ta`limning 
keyingi bosqichi o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi tizimida amalga oshriladi. Bu 
esa o`z navbatida umumiy o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi uzviyligini 
ta`minlash mexanizmini ishlab chiqish va joriy qilishni talab qilmoqda. 
Respublikamiz ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib 
chiqqan holda qo`yilgan talablar yosh avlodni kasbga yo`naltirishning ilmiy va 
amaliy muammolari echimini topishga qaratilgan tadqiqotlar faollashuviga sabab 
bo`ldi. Bu boradagi tadqiqotlarda yosh avlodni kasb tanlashga tayyorlashning 
amaliy echimini topishga qaratilgan quyidagi asosiy yo`nalishlarini qayd etish 
mumkin: 
- o`quvchilarning kasblar olamida yo`nalish olishiga yordam beruvchi hamda 
o`z individual imkoniyatlarini haqqoniy baholay olish ko`nikmalari zarur 
darajasini ta`minlovchi kasbiy axborotlar tizimini yaratish; 
- o`quvchilarning kasb-hunar tanlashiga yordam berish maqsadida shaxsni 
o`rganishning tashxis metodlarini ishlab chiqish; 
- yoshlarga kasbiy maslahatlar berishning nazariy va metodik asoslarini 
yaratish; 
- kasb tanlashning ijtimoiy ahamiyatli mayllarini asoslash; 
- umumiy o`rta ta`lim maktablarida o`quvchilarni kasb tanlashga yo`llashning 
vosita va yo`llarini aniqlash; 
- bitiruvchi sinf o`quvchilarini kasb tanlashga erkin yo`naltirishning mazmuni, 
shakl va metodlarini belgilash; 
- O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy modelini amaliyotga 
tadbiq etish sharoitida o`quvchilarni kasb tanlashga yo`llashning pedagogik shart-
sharoitlarini aniqlash; 
- alohida olingan hududiy markazlarda yoshlarni kasb tanlashga yo`llash 
ishini boshqarish xususiyatlarini belgilab berish talab etiladi. 
Bola kasbni to`g`ri tanlashda yuqoridagi omillarni o`qituvchi, ota-ona, 
yaqinlari, u unib-o`sgan mahalla bilan olib borilgan tadbirlar va ishlar natijasida bu 
jarayonlarning ko`pini aniqlab olish mumkin. Bolaning to`g`ri tanlagan kasbi 


52 
asosida kollej va akademik litseylarga yo`naltirilishi, ularni tamomlab o`zlari 
hohlagan kasb egalari bo`lishi ta`limning bosqichlarini davom ettirishi, kelajakdagi 
mehnat, ish faoliyatlari davomida yuksak cho`qqilarga erishishiga, o`z tanlagan 
kasblarining yetuk mutaxassislari bo`lishiga yordam beradi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling