A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Malakalarning ko`chishi va moslashuvchanligi xususiyatlari


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Malakalarning ko`chishi va moslashuvchanligi xususiyatlari. Mehnat 
ta`limi va tarbiyasi muammosi bilan keng jamoatchilik, jumladan, oilalar, 
maktabgacha tarbiya muassasalari, umumta`lim maktablari, o`rta maxsus va oliy 
o`quv yurtlari jamoasi shug`ullanib kelmoqda. Bugungi kunda o`qituvchilarning 
pedagogik va psixologik mahoratini oshirishga alohida e`tibor berib kelinmoqda. 
Bunda nafaqat o`qituvchilarni, balki shu bilan birga oliy ma`lumotli ishlab 
chiqarish ta`limi ustalarini, mehnat va kasb ta`limi o`qituvchilarini tayyorlashda 
ma`lum muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. 
Umummehnat ko`nikma va malakalarining shakllanishi ma`lum mehnat 
faoliyati tarkibiga kiruvchi harakatlarni egallashning murakkab majmuiy jarayoni 
hisoblanadi. Ularning shakllanishi jarayonida shaxsning har tomonlama 
rivojlanishi, umumiy va kasbiy qobiliyatlari, mehnat faoliyatida talab etiladigan 
iroda xislatlari, ma`naviy va jismoniy sifatlari kamol topadi. Mehnat ko`nikma va 
malakalarining egallanishi o`z-o`zini nazorat qilish va boshqarishga asoslangan 
hamda intellektual, sezgi harakat va iroda xislatlarini o`z tarkibiga oluvchi faol 
idrok etadigan jarayon hisoblanadi. Ko`nikma va malakalarni intellektual va ijodiy 
jarayonlarga qarama-qarshi qo`yib bo`lmaydi, ularni o`zaro bog`liqlikda qarash 
lozim. 
Mashg`ulotlarni talaba tashabbuskorligi va fikrlash faolligini rivojlantiruvchi 
qilib tayyorlash qiyinroq, biroq bunda unga sharoitlarni mustaqil fikrlash asosida 
yechimini topishni talab qiluvchi masalalar taklif etiladi. Murakkabroq masalalarni 
yechishga bosqichma-bosqich o`tiladi, biroq talabalar mustaqilligini dastlabki 
mashg`ulotlardanoq faollashtirib borishi lozim. Mehnat ta`limi amaliyotiga 
muammoli uslublarni tadbiq qilish ham yuqori samara beradi. 


69 
Umummehnat ko`nikma va malakalarning muvaffaqiyatli shakllanishi 
sharoitlarini qarab chiqishda nafaqat ularning mustahkam egallanishi zaruriyatini 
balki malakalar moslashuvchanligi, ya`ni yangi sharoitlarga malakani ko`chira 
olishi va o`zgaruvchan sharoitlarga moslashishini ta`minlashni ham hisobga olish 
zarur bo`ladi. Ma`lumki, yangi malakalarning shakllanishiga talaba to`plagan 
tajribasi katta ta`sir ko`rsatadi. Tajriba qanchalik katta bo`lsa yangi ko`nikma va 
malakalarni egallash osonlashadi, yangi ish sharoitlariga moslashishi tezlashadi. 
To`plangan tajribaning amalda qo`llanilish holatlaridan biri - malakalarning 
ko`chishi, ya`ni ilgari hosil qilingan malakalarning keyingilarini o`zlashtirishiga 
ijobiy ta`sir ko`rsatishidir. Malakalarning ko`chishi, avvalo, ish usullarining 
umumiyligiga ko`ra, ilgari hosil qilingan malakalarning yangi sharoitga 
ko`chishida amalga oshadi. Misol uchun, tokarlik stanogida hosil qilingan 
malakalar boshqa metallga ishlov beruvchi stanoklarda ishlashga o`rganishni 
osonlashtiradi.
Zamonaviy taraqqiy etayotgan ishlab chiqarishning ilmiy-texnik asosi 
ishchilarning turli sohalardagi mehnatini yanada yaqinlashtirib boradi. Shunga 
muvofiq talabalarning o`quv yurtidagi politexnik ta`limi asosida o`zlashtirgan 
ko`nikma va malakalarini turli aniq kasblarga ko`chirishga qulay imkoniyat 
yaratadi. 
Malakalarning ko`chishida ularni o`zlashtirishning anglanganligi muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ma`lum bir malakani o`zlashtirishda talaba nafaqat mos 
ravishdagi harakatlarni, balki uni muvaffaqiyatga olib keluvchi usul va yo`llarni 
ham o`zlashtiradi. Keyingi faoliyatida u ilgarigi tajribadan foydalanishga, yo`l 
qo`yilgan xatolarni takrorlamaslikka intiladi va buning natijasida yangi 
malakalarni o`zlashtirishni osonlashtiradi. 
Malakalar o`zgarib borish xususiyatiga ega: mashqlar takrorlab borilganda 
ular takomillashib boradi, avtomatizmga erishiladi. Mashq uzoq vaqt 
bajarilmaganida - uning noavtomatlashuvi yuz beradi. 
Malakalar moslashuvchanligini ta`minlovchi ikkinchi muhim shart - bu 
malakaning o`zini turli sharoitlarda o`zlashtrish, turli masalalarni hal qilish uchun 


70 
qo`llaniladigan mashqlarni bajarishdan iborat bo`ladi. Bu mashqlar stereotip 
mashqlar ta`sirini kamaytirish uchun bajariladi. Harakatlarni ongli faol boshqarish, 
malakalarning umumiy nazorati ostida o`zgarishi malakaning shakllanishidagi 
dastlabki bosqichlarga qaytishiga olib keladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling