A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Asosiy o‘quv, mexnat va kasbkorlik jarayonlari tushunchalari


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

5.1. Asosiy o‘quv, mexnat va kasbkorlik jarayonlari tushunchalari, 
ishlab chiqarish jarayoni strukturasi, mehnat usullari, 
umummexnat va kasbkorlik ko‘nikma va malakalarni tarkib 
toptirish. 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Ta`lim va tarbiya jarayoni, o`qitish jarayoni, kasbiy ko`nikmalar, ko`nikma 
va malakalar faoliyati, malakaning harakterli jihati, inson faoliyati, umummehnat 
va kasbiy malakalar, muvaffaqiyatli shakllanish, o`zgarib borish xususiyati.
Talabalar umummehnat ko`nikma va malakalarining tarkibiy qismlari 
va ularni rivojlantirish jarayoni. Inson o`z hayotining ma`lum davrida 
boshqariladigan va aniq maqsadga yo`naltirilgan ta`lim va tarbiya jarayonida 
ishtirok etadi. Shu paytdan boshlab u maxsus faoliyat turi - o`qitishning 
sub`yektiga aylanadi, o`qitishning maqsadi esa bilim egallashdan iborat bo`ladi. 
O`qitish jarayoni ikki bosqichdan iborat:
1. Har qanday foydali faoliyat uchun zarur bo`lgan, dunyo haqida qayd 
etilgan va ilmiy tan olingan axborotlar olish.
2. Malakalar hosil qilish – ya`ni aniq sharoitlarda amalga oshadigan usullar va 
avtomatlashgan operatsiyalarni egallash. 
Qo`yilgan maqsadga mos keluvchi bilim va malakalarning zarur faoliyat bilan 
bog`lanishi ko`nikma asoslarini tashkil etadi. O`qitish faoliyati shunday alohida 
xususiyatlar bilan harakterlanadiki, bunda insonning faoliyati aqliy maqsadga 
bo`ysundiriladi, ya`ni ma`lum bilim, ko`nikma va malaka egallanadi. 
Talabaning kasbiy ko`nikmalarni tez va oson o`zlashtirishi uning nafaqat 
umumiy qobiliyatlari, balki shu asosda shakllangan maxsus kasbiy qobiliyatlarning 
ham yuqori darajada ekanligini bildiradi. 
Ko`nikma va malakalarni faoliyat tavsifiga ko`ra tasniflash mumkin. Misol 
uchun, bir guruhni intellektual ko`nikma (eshitish qobiliyati, kitob bilan ishlash, 
insho yozish, reja tuzish, o`z ishini rejalashtirish, uni qulay tashkil etish) va 
malakalar (yozuv savodxonligi, ifodali o`qish) tashkil qiladi.


65 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling