A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus tajriba maydonlarida ishlab chiqarish darsi.
Yakuniy ko‘rsatma berish bir necha didaktik va tarbiyaviy maqsadlarga
ega: guruhda jamoaviy va yakka tartibdagi mehnat natijalarini ob’ektiv baxolash, ilg‘or talabalarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish, u yoki bu mehnat operatsiyalarini bajarishda umumiy va yakka tartibdagi xatoliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini izlash va hokazo. Yakuniy ko‘rsatmalarni to‘g‘ri berish talabalarga katta tarbiyaviy ta’sir o‘tkazadi, ularda o`z mexnati natijasi uchun javobgarlik, jamoaviylik, bajarilgan ishdan qoniqish hosil qilish, mehnatga bo‘lgan estetik munosabat hissiyotini uyg‘otadi va shakllantirishga ko‘maklashadi. O‘rganilayotgan materialning maqsadlari va mazmuniga bog‘liq ravishda ishlab chiqarish darslarining quyidagi turlari mavjud: - maqsadi talabalarga o‘rganilayotgan usul yoki operatsiyalarni bajarish uchun ishlab chiqarish - texnik bilim, boshlang‘ich ko‘nikma va maxorat berish bilan mehnat usul va operatsiyalarini o‘rganish bo‘yicha darslar; - maqsadi talabalarni asta-sekin murakkablashib borayotgan o‘quv ishlab chiqarishlari, mexnatni tashkil etish va texnologik jarayonni rejalashtirish, ko‘nikma va mahoratlarni takomillashtirish va mustahkamlash, turli birikmalarda avval o‘rganilgan operatsiyalarni bajarish bilan tanishtirish bilan kompleks ishlarni bajarish bo‘yicha darslar. Maxsus tajriba maydonlarida ishlab chiqarish darsi. O‘quv sharoitlarida ko‘pincha ko‘nikma va maxoratlarni shakllantirish uchun ishlab chiqarishda xaqiqiy vositalardan foydalanishning imkoni bo‘lmaydi. 73 Maxsus tajriba maydonlariga turli xil avtotransport vositalari bilan jixozlangan maydonchalar, qurilish mashinalari va mexanizmlari bilan jihozlangan o‘quv-qurilish maydonchalari, harakatlanuvchan katta yukli kranga ega bo‘lgan ochiq maydonchalar, geologik va geodezik ishlar uchun o‘quv maydonchalari va xokazolar kiradi. Maxsus-tajriba - o‘quv maydonchalarida kasb-xunar kollejlari yo‘nalishlariga qarab, masalan, qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji maydonchasida – qishloq xo‘jalik mashinalarini o‘rganish va ular bilan ishlar, maishiy xizmat kasb-hunar kollejida – tikuvchilik mashinalarini o‘rganish va ular bilan ishlar amalga oshiriladi. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling