A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

 
 
O’quv maqsadi 
Kasb-hunar ta’limi jarayonlari taxlili va asosiy 
didaktik tushunchalar, 
 
umumdidaktik tamoyillar: 
onglilik va faollik, ilmiy va sistemalilik, nazariya 
va amaliyot birligi, ta’lim - tarbiya birligi, 
ko`rsatmalilik
 
davlat siyosatining asosiy 
tamoyillari va ularni kasb- hunar ta’limida 
qo‘llash mazmuniga oid ma’lumotlarni nazariy 
jihatdan o’rganish
 


76 
- M.N.Skatkin ta’lim tamoyillarini quyidagicha belgilaydi: ilmiylik, har 
tomonlamalik, hayot bilan aloqadorlik, tabaqalashtirish, tizimlilik, o‘quv fanlari 
orasidagi o‘zaro aloqadorlik, tabaqalashtirish, tizimlilik, joriylilik; 
- M.G.Ogorodnikov esa, o‘z tadqiqotlarida ilmiylilik, g‘oyaviylik, tarixiyik, 
tizimlilik, nazariya va amaliyotning birligi, ta’limning hayot bilan aloqasi kabi 
ta’riflarni asosiy sifatida tamoyillarini ajratadi. 
- S.Ya.Batishev kasb ta’limi mazmunini ishlab chiqarish va mehnat jarayoni 
rivojlanishi bilan uzviy bog‘langan holda tasavvur etish kerak deb hisoblaydi va 
ta’limning quyidagi tamoyillarini belgilaydi: ilmiylik, tizimlilik va joriylilik, 
amaliy ta’lim bilan ishlab chiqarish mehnatining birligi . 
- V.A. Skakun kasb ta’limi tamoyillarini quyidagicha talqin qiladi: ilmiylik 
va g‘oyaviylik, ta’lim, tarbiya va rivojlantirishning birligi, ilmiy-texnika 
taraqqiyotiga ta’limning bog‘liqligi, politexnizm, malakali ishchilarni tayyorlash, 
barcha tomonlarining bir-biriga aloqasi; ta’limning birligi va tabaqalanishi . 
- A.P.Belyaeva ta’limda haqchillilik, ilmiylik, politexnikaviylik, tizimlilik, 
muqobillilik, politexnik va kasbiy ta’limning birligi hamda o‘zaro aloqasi; 
fanlararo va majmuaviy o‘zaro aloqadorlik, kasbiy safarbarlik, ta’limning 
egiluvchanligi va turg‘unligi, mujassamlangan ham tabaqalashganligini ta’limning 
asosiy tamoyillari sifatida talqin etadi.
Bilim, bu – o‘quvchilar ongida muayyan tartibda mustahkamlangan, ularning 
shaxsiy mulkini tashkil etadigan va bundan ular zaruratga ko‘ra foydalana oladigan 
faktlar, ma’lumotlar, ilmiy nazariyalar, qonunlar, tushunchalardir. 
Bilim – borliqni bilish jarayonining amaliyotda tasdiqlangan natijasi va 
obyektiv reallikning inson ongida adekvat aks ettirilishi (tasavvur, tushuncha, 
mulohaza, nazariyalar)dir. U kundalik, ilmiy, empirik, nazariy bilimlarga ajraladi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling