A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi
Malaka – avtomatlashgan, o‘rganib qolingan, muayyan usul bilan bexato bajariladigan harakatdir. Malaka
Download 2.97 Mb. Pdf ko'rish
|
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF
Malaka – avtomatlashgan, o‘rganib qolingan, muayyan usul bilan bexato
bajariladigan harakatdir. Malaka, bu – shaxs harakatining amalga oshirilishi va boshqarilishining avtomatlashgan shaklidir. Shaxsning malakalari shu bilan harakterlanadiki, uning harakatlari oson, tez, go‘yo o‘z-o‘zidan bajarilayotgandek bo‘ladi. Shu tufayli ham bir hajmdagi ishni malakali va malakasiz turli muddat va turli sifat bilan bajaradi. Shaxsning malakalari uning faoliyatining barcha sohalari uchun xosdir. Faoliyatning biror sohasi uchun hosil qilingan malaka shaxsning faqat shu sohadagi mehnatini osonlashtirib qolmasdan, faoliyatning boshqa sohalaridagi harakatning tezligi va samarali bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Turli sohalarga nisbatan bo‘lgan malakalar shaxsda birdaniga, qisqa muddatda vujudga kelmaydi. Shaxs malaka orttirishi uchun muayyan sohani tizimli ravishda takrorlab turishi talab qilinadi. Bundan tashqari malaka muayyan mehnat faoliyatini bajarish uchun lozim bo‘lgan nazariy va amaliy umumta’lim va kasbiy bilim hamda ko‘nikmalar majmuasining mavjudligi asosida ham shakllanadi. 80 Malaka ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi hamdir. Malaka bir xatti-harakatning o‘zini bir xil sharoitlarning o‘zida ko‘p marta takrorlash natijasida hosil qilinadi. Malaka qanchalik puxta bo‘lsa, odam ishni shunchalik tez va to‘g‘ri bajaradi. Ko‘nikma va malakalarning umumiy hamda farq qiluvchi tomonlari bor. Umumiyligi shundaki, ko‘nikma va malakalar ta’lim oluvchilarning olgan bilimlari asosida faoliyat usullarini tashkil etadi. Farqi shundaki, ta’lim oluvchilarning faoliyati har xil harakterda bo‘ladi. Malaka – bilimlarga asoslanib mashq yordamida aylangan faoliyatning avtomatlashgan komponenti hisoblanadi. Malaka tez va aniq bajarish bilan bog`liq bo`lgan ko`nikmalarning avtomatlashgan elementlari sanaladi. Mehnat ko`nikmalarini shakllanish jarayonida talabalar ko`rish yoki eshitish orqali faqat harakatlarning qanday bajarilishi haqida tasavvurga ega bo`ladilar. Bu faqat namuna, bajarilishi kerak bo`lgan ish haqidagi kirish instruktati hisoblanadi. Ko`nikmaning shakllanishi uchun talaba bu harakatlarni o`zi bajarib ko`rishi shart. Talaba bu harakatlarni «totib» ko`rishi jarayonida boshqalarning tajribasi o`zining shaxsiy tajribasiga aylana boradi. harakatlar tartibga tusha boshlaydi. Talaba harakat strukturasi haqida amaliy tasavvurni egallandi. Oldiniga harakatlar ayrim, har bir keyingi harakat oldidan o`ylash, chamalash, solishtirish orqali sokin yuz beradi. Ta`limning turli bosqichlarida talabalar mehnat ko`nikmalarining darajasi har xil bo`ladi. Elementar ko`nikmalar asta-sekin murakkab ko`nikmalarga aylanadi, murakkab ko`nikmalar ko`p marta qaytarilishi, yoki mashq qilishi natijasida malakalar paydo bo`ladi. Kasbiy nuqtayi nazardan malaka bu xodimning kasbiy tayyorgarligi darajasi, undagi ma’lum ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning mavjudligi. U xodimning malakasini belgilovchi ko‘rsatkich bo‘lib, kategoriya yoki diplomning mavjudligi bilan belgilanadi. Albatta, talabalarni mutaxassislikka tayyorlashda ko `zda tutilgan va o`quv rejasida mo`ljallangan hamma ko`nikma va malakalarni yetarli darajada shakllantirishning ba`zi ob`yektiv sabablarga ko`ra (o`quv jihozlarning yetarli 81 emasligi, talabalarning tabiiy o `ziga xosligi va hokazolar) iloji bo`lmas. Shuning uchun ham talabalarda umumlashgan politexnik ko`nikma va malakalarning shakllangan bo`lishiga erishish lozim. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling