A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Ta`limda ko`rgazmalilik tamoyiliga


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Ta`limda ko`rgazmalilik tamoyiliga amal qilish o`quv tarbiya jarayonining 
asosini tashkil etadi. Ta`lim va tarbiyada ko`rgazmalilikdan foydalaiish haqida Al-
Forobiy ko`pgina ibratli so`zlarni aytib qoldirgan. Farobiyning fikriga qaraganda 
talabalarni, shogirdlarni uch toifaga bo`lish mumkin. Birinchi toifasi (guruhning 3-
5 foizini tashkil etadi) o`quv materialini o`zlari mustaqil o`rgana olishadi. 
Uchinchi toifadagilarni (bular 8-10 foizni tashkil etadi) majburlab, zo`rlab o`qitish 
kerak, deydi. Va nihoyat ikkinchi toifa talabalarga (ular 85-90 foizni tashkil etadi) 
ta`lim berishda ko`rgazmalilikdan foydalanib, o`quv mehnatini jadallashtirish va 
birmuncha osonlashtirish imkoniyati tug`iladi.
Ta`limda tushunarlilik tamoyili. O`qituvchining tarbiyachi sifatidagi 
asosiy funksiyalaridan biri fan mavzulari bo`yicha darslik, dastur, o`quv 
qo`llanmalari, ilmiy-ommaviy va boshqa adabiyotlarda tarqalib yotgan axborotni 
to`plab, undan kerakli mazmunni tanlab olib, uni o`quv materialiga aylantirishdan 
iborat. 
Bizda ta`limning tashkiliy shakli sifatida asosan sinf-dars tizimidan 
foydalaniladi. Birinchi sinfga 6-7 yoshdan olingan o’quvchilarning psixik 
rivojlalnish ko`rsatkichlari turlicha bo`lishi aniq. O`qituvchi tomonidan 
berilayotgan bilim va ko`nikmalarni o`zlashtirishga talabalarda imkoniyat 
mavjudmi, o`quv materialini o`zlashtirishga ular tayyormilar? Talabalarga o`quv 
materialini alglatish uchun nima qilmoq kerak?
Ilg`or pedagogik tajribalarga asoslanib shuni aytish mumkinki, 
tushunarlilik tamoyilini darsni yaxshilashni tashkillashtirish, dars mazmuniga mos 
metodlardan foldalanish, talabalar aqliy faolligini rivojlantirish orqali amalga 
oshirish mumkin. Bu yerda talabalarda o`quv faoliyatini tashkil qilish 
ko`nikmalarini shakllantirish katta ahamiyatga ega. 
O`qituvchi o`quv materialini talabalar tushunishi oson bo`lgan oddiy 
faktlardan boshlashi va shu tariqa ularni birmuncha murakkab materialni 
o`zlashtirishga tayyorlashi lozim. Shu bilan birga juda oson yoki o`quvchilarga 


84 
yaxshi ma`lum bo`lgan material ularning e`tiborini susaytiradi. O’qituvchining 
vazifasi talabalar tushuna oladigan, lekin, shu bilan birga ularni o`ylashga, tasavvur 
qilishga hamda ma`lum darajada qiyinchiligini yengishga majbur qiladigan 
materialni tanlashdan iborat bo`lmog`i lozim. 
Ma`lumdan noma`lumga o`tish ham ta`limning tushunarli bo`lishini 
ta`minlaydl. Bu yerda har bir yangi dars materlali talabalar ilgari puxta o`zlashtirib 
olgan bilimlar asosida tushuntiriladi. O`qituvchi darsda o`quvchilarning 
o`zlashtirgan bilimlaridan hayotiy tajribalaridan foydalanadi, yangi materialni 
tushuntirishda ularga ma`lum bo`lgan misol va faktlarga asoslanadi. 
Talabalar bilim egallashlarini osonlashtirish uchun o`quv materialini 
osondan qiyinga o`tilishini ta`minlash kerak. Shunday sharoit yaratilganida 
talabalarning o`z kuchiga bo`lgan ishonchi ortadi. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling