A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

Tayanch so‘z va iboralar:
Farmon, professional ta’lim, malakali va raqobatbardosh kadrlar, xalqaro 
tasniflagich, kasbga o‘qitish markazlari, tarmoq standarti, majburiy fanlar 
bloklari, kasbiy faoliyat, o‘quv rejasi, o‘quv dasturi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2017 yil 7 
fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017−2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishining beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va iqtisodiyotning turli 
sohalari uchun jahon andozalari talablariga javob beradigan malakali kadrlar 
tayyorlash tizimini shakllantirish hamda ta’lim muassasalarida o‘qitishning 
innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etish vazifalari belgilab berilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy 
o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5313-son farmoni va 2019 yil 6 sentabrdagi 
“Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5812-sonli farmonlari 2017 — 2021 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, mehnat bozori 
talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini baholashning 
xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq 
etishning samarali mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatda ta’lim tizimini isloh 
qilish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 
Shu bilan birga, professional ta’lim dasturlari YuNESKO tashkiloti 
tomonidan qabul qilingan ta’limning xalqaro standart tasniflagichi (MSKO) 
darajalari bilan uyg‘unlashmaganligi, o‘quv jarayoniga O‘zbekistonning Milliy 
kvalifikatsiya tizimi to‘laqonli joriy etilmaganligi tayyorlanayotgan kadrlarning 
mehnat bozorida munosib o‘rin egallashlariga to‘sqinlik qilmoqda. 
Professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, 
boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish 


93 
orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda 
mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish maqsadida: 
1. 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasida Ta’limning 
xalqaro standart tasniflagichi (keyingi o‘rinlarda — Xalqaro tasniflagich) darajalari 
bilan uyg‘unlashgan yangi boshlang‘ich, oliy va o‘rta maxsus professional ta’lim 
tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari 
tarmog‘i tashkil etiladi. 
2. Quyidagilar: 
Xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 
9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang‘ich 
professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari ro‘yxati 
1-ilovaga muvofiq; 
Xalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 
o‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’lim muassasalari 
ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq; 
Xalqaro tasniflagichning 5-darajasiga mos keluvchi ta’lim dasturlari asosida 
oliy ta’lim tizimi bilan integratsiyalashgan o‘rta maxsus professional ta’lim 
bosqichida kadrlar tayyorlaydigan, oliy ta’lim muassasalari huzurida faoliyat 
yuritadigan ta’lim muassasalari ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq; 
Kasbga o‘qitish markazlarini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimiga o‘tkaziladigan kasb-hunar 
kollejlari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq; 
Oliy ta’lim muassasalari quvvatlarini oshirish, istiqbolda xorijiy oliy ta’lim 
muassasalari va ularning filiallarini tashkil etish uchun beriladigan kasb-hunar 
kollejlari ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq; 
Oliy ta’lim muassasalarining ko‘p tarmoqli o‘quv markazlari va amaliyot 
poligonlarini tashkil etish uchun beriladigan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati 6-ilovaga 
muvofiq; 
Binolari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari sifatida foydalaniladigan kasb-
hunar kollejlari ro‘yxati 7-ilovaga muvofiq tasdiqlangan. 


94 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling