A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

9. Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish. 
Samarali ta’limni tashkil etish jamiyat taraqqiyotini, milliy va xalqning porloq 
kelajagini ta’minlaydi. Shu bois, ta’limni tashkil etish nafaqat davlatning, balki, 
umumxalq ishidir. Ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ota-onalar qo’mitasi, 
o’quvchilar o’z-o’zini boshqarish organlarining kuchi va imkoniyatlaridan, 
Shuningdek, otaliq (homiy) tashkilotlarning moliyaviy, ma’naviy qo’llab-
quvvatlashlari evaziga ta’lim samaradorligini oshirish mumkin. Ushbu tamoyil 
mana shu g’oyani ochib berishga harakat qiladi. 
10. Ta’lim tizimi muayyan jamiyatda ijtimoiy-tarixiy jarayonda tarkib 
topgan ma’lum talablar asosida boshqariladigan hamda bir-biri bilan 
bog’langan barcha tipdagi o’quv-tarbiya muassasalarining yig’indisidan 
iborat ekanligi. Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo’lib, qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda faoliyat olib boradi.
Ta’lim tizimi ijtimoiy-tarixiy harakterga ega muayyan jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti darajasida hamda siyosati mazmuni bilan bog’liq 
holda tarkib topadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida 


89 
(1997 yil 29 avgust) qabul qilingan “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunda ko’rsatib 
o’tilganidek, respublika ta’lim tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
a) davlat ta’lim standartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi 
davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini; 
b) ta’lim tizimining faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun 
zarur bo’lgan ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik 
muassasalarni; 
c) ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari, Shuningdek, ularga qarashli 
korxonalar, muassasalarni va tashkilotlarni. 
O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo’lib, mazkur 
tizim doirasida faoliyat yurituvchi muassasalar ta’limni bosqichma-bosqich amalga 
oshirish uchun xizmat qiladilar. 

Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling